Saudiya arabistoni xavfsizlik masalalari va armiya



Yüklə 51,58 Kb.
səhifə1/5
tarix03.09.2023
ölçüsü51,58 Kb.
#141313
  1   2   3   4   5
Saudiya arabistoni xavfsizlik masalalari va armiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

SAUDIYA ARABISTONI XAVFSIZLIK MASALALARI VA ARMIYA”


mavzuidagi


KURS ISHI


Bajardi: Jahon siyosati fors-ingliz guruhi 3-kurs
talabasi Nuritdinova Mahliyo
Ilmiy rahbar:


Toshkent-2022


MUNDARIJA



KIRISH 3
I BOB. SAUDIYA ARABISTONI QIROLLIGI XAVFSIZLIK MUAMMOSINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY- USLUBIY JIHATLARI 4
1.1. Saudiya Arabiston Qirolligi mintaqasining o’rni 4
II BOB. SAUDIYA ARABISTONI QUROLLI KUCHLARI VA ARMIYASI 15
2.1 Quruqlik kuchlari va Saudiya Arabistoni milliy gvardiyasi 16
2.2 Saudiya qirolining strategik raketa, havo va suv floti kuchlari 21
XULOSA 25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 27

KIRISH
Saudiya Arabistoni va arab mamlakatlaridagi keskin vaziyatlar bugungi kunda jahonning barcha mintaqalarida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalasi dolzarb ekanligini yana bir bor isbotladi. “Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o’z xususiyatlari, o’z tahdid manbaalari va xavfsizlikni saqlash omillari bor”, - deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov1. Albatta, Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashning o’ziga xos tamoyillari mavjud bo’lib, bu avvalo Arab-Isroil mojarosi o’z echimini topishi zarur.
Uchinchi dunyoning ko’plab mamlakatlari, birinchi navbatda, arab va musulmon davlatlari, ular o’rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarga qaramasdan Falastin manfaatlarini qo’llab-quvvatlashda hamjihatlar. Ushbu fikr oxirgi yillar BMTda Falastin muammosi hamda Yaqin Sharqda siyosiy va harbiy inqiroz bo’yicha ovoz berish jarayonida o’z isbotini topdi. Mazkur kurs ishida arab mamlakatlari va musulmon dunyosida yetakchi davlatlardan hisoblangan Saudiya Arabistoni xavfsizlik masalalari va armiyasi haqidagi ma’lumotlarni yoritib berishga bag’ishlangan. Albatta, bu davlatlarning ichki va tashqi siyosatini hamda o’zaro munosabatlarining rivojlanish bosqichlarini o’rganish, bundan tashqari ikki mamlakatning Yaqin Sharq va Fors ko’rfazida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosatini tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.

I BOB. SAUDIYA ARABISTONI QIROLLIGI XAVFSIZLIK MUAMMOSINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY- USLUBIY JIHATLARI


1.1. Saudiya Arabiston Qirolligi mintaqasining o’rni
Saudiya Arabistoni, (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Saudiya Arabistoni Podshohligi (AlMamlaka alArabiya asSaudiya) — Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. BMT aʼzosi Arabiston yarim orolning taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Maydoni 2,25 million km². Aholisi 23,5 mln. kishi (2002). Bulardan 5,3 mln. kishi mamlakat fukarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Er-Riyod shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi. Saudiya Arabistoni— mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaqtda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992 yil 1 martda podshoh farmoni bilan 4 yillik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997 yilda Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi. Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan. Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. S.A.da 200—800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina Saudiya Arabistoni dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Ar-Riyod, Jidda, Makka, Madina. Saudiya Arabistoni hududida qadimdan (mil. av. 2ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-asrda Arabiston yarim orolning gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo boʻlib, poytaxti Madina shahri boʻlgan ilk musulmon teokratik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-asrlarda S.A. hududining koʻp kismi Umaviylar, 8-asr 2-yarmi — 9-asrlarda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-astlarda Arabiston yarim orolning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-asrning oʻrtalari — 16-astning boshlarida mamluklarta qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saklab qolishga urinishgan. 16-asr boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-asr ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xrkimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745 yil Arabistonni vahxrbiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-asrning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat — birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 yillarda Arabiston yarim orolning koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843 yil Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. ArRiyod shahri poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiilarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840 yildan soʻng ham Hijoz turklar qoʻlida qolaverdi. 19-asrning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902 yil amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902 yildan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915 yil dekabrda Angliya — Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916 yil Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918 yil Husayn "arablar podshosi" degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. Birinchi jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920 yil u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930 yil boʻysundirildi). 1921 yil Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xohlamagan Buyuk Britaniya 1922 yil oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922 yil Uqayrada Iroq bilan Kuvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 yillarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926 yil yanvarda u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va boshqa qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927 yil Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932 yildan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934 yil S.A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45)da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S.A.da AQSH taʼsiri kuchaya boshladi. 1943 yil AQSH Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va S.A. ga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning ARAM KO neft kompaniyasi 1972 yilga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962 yil Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964 yil 2 noyabrda esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻddi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va hokazo), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960 yillarning 2-yarmidan S.A. tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil agressiyasiga duchor boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973 yilgi Yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S.A. oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974 yil oktabr oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida S.A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975 yil 25 martda podshox. Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982 yil iyunda PodshohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. S.A. — 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil fev,da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23 sentabr — Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932). Mustaqil davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi istiqbolli loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishiga bog’liq. Chunki hozirgi milliy manfaatlarning globallashuvi sharoitida har bir davlat o’z geosiyosiy strategiyalarini amalga oshirishi va xalqaro maydonda o’z o’rniga ega bo’lishga harakat qilishni taqozo etadi. Aks holda boshqa davlatlarning siyosiy ambitsiyalari ta’siriga tushib qolishi hech gap emas. Bugungi kunda ko’pchilik davlatlar tashqi siyosiy strategiyalarida energetik resurslar xavfsizligi, energetika infrastrukturasini rivojlantirish va umumiy energetika tizimini shakllantirish masalalari asosiy geosiyosiy omillar sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, Saudiya Arabistoni xavfsizligida energetik xavfsizlikka nisbatan yangicha yondashuvlarning yuzaga kelishi natijasida mintaqa davlatlari siyosatida an’anaviy ustuvorlikka ega bo’lgan neft-gaz siyosatiga nisbatan munosabat yanada markazlashtirilmoqda. Jahon mamlakatlari ichida eng katta neft eksportchilaridan hisoblangan mintaqa davlatlari xususan, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirligi (BAA), Iroq davlatlarida bugungi kunda dunyo miqyosidagi jami neft zahiralarining uchdan ikki qismi mavjud. Mintaqada jahon neft zahiralarining 63 % va gaz zahiralarining 40 % joylashgan1.

Yüklə 51,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin