Saudiya arabistoni xavfsizlik masalalari va armiya


Mintaqaviy xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik bo’yicha



Yüklə 51,58 Kb.
səhifə2/5
tarix03.09.2023
ölçüsü51,58 Kb.
#141313
1   2   3   4   5
Saudiya arabistoni xavfsizlik masalalari va armiya

1.2. Mintaqaviy xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik bo’yicha
Saudiya-Eron raqobati
Jahon globallashayotgan bir sharoitda Fors ko’rfazi davlatlari jahon iqtisodiy va siyosiy tizimida o’zining muhim o’rnini egallab kelmoqda. Ayni paytda ularning ichida Eron, Saudiya Arabistoni alohida o’ringa ega. Ulkan strategik ahamiyatga, beqiyos yoqilg’i-energetika manbalariga ega bo’lgan Fors ko’rfazi davlatlari bugungi kunda eng yirik moliyaviy donor sifatidagi mavqei tufayli arab dunyosidagi alohida nufuziga ega.
Ko’plab tadqiqotchilar mazkur muammoga davlatlarning globallashayotgan jahondagi ma’rifatli o’zaro aloqalari nuqtai nazaridan razm solishga intilishadi. Ma’lumki, «islom birdamligi» ahamiyatini, ayniqsa bugungi islom omili faollashuvi bosqichida pasaytirib ko’rsatish mumkin emas. Ma’lum tarixiy omillar tufayli ko’plab arab xalqlari amalda hozirgi zamon taraqqiyot oqimining deyarli ortida qoldi. Musulmon dunyosidagi chuqur ildizga ega kelishmovchilik va hatto qarama-qarshiliklarni hisobga olgan holda, qaloqlikni bartaraf etish maqsadida konfessional asosda birlashish ijobiy ahamiyatga ega. Bunda faqat, I.Melixov so’zi bilan aytganda, «islom birdamligi» singari asosdagi birlashmalar «birdamlik»ni qarshi turish, dushmanlik, vayron qilish tomon burib yuborishga intilayotgan siyosiy va diniy ekstremistlarning quroliga aylanib qolmasligi kerak1.
Tadqiqotchining fikricha, hozirgi paytda Islom Konferentsiyasi Tashkiloti (IKT), Islom Olami Uyushmasi (IOU) kabi xalqaro tizimlarning faoliyati tufayli butunjahon musulmon davlatini tuzish g’oyasi yangi mazmun bilan boyidi, zero «yangi xalqaro islom tartibi», «yangi islom axborot tartibi», «yangi islom xalqaro iqtisodiy tartibi» kontseptsiyalari ishlab chiqildi. X.Gaysumova ishonch bildiradiki, «barcha qarama-qarshiliklarga qaramasdan «islom birdamligi» kontseptsiyasi jahondagi jarayonlarning globallashuvi hamda qaloq mintaqalarning zamonaviylashuvi holatida sermahsuldir. Bu doktorina nisbatan olganda betakrordir, unga o’xshashi boshqa birorta mafkurada yo’q. Islom birodarligi arablar va arab bo’lmaganlar, boylar va kambag’allar, osiyoliklar va afrikaliklar o’rtasidagi davlat chegaralarini yo’qqa chiqaradi. Bu doktorina printsiplari to’g’ri qo’llaganda musulmon mamlaktlari chindan ham dunyodagi salmoqli kuchga aylanishi mumkin».
Ayni paytda FKADHKga a’zo eng yirik mamlakat – Saudiya Arabistoni – Islom birdamligi harakatining etakchisi bo’lib, uning bu boradagi ahamiyatini munosib baholash zarur. Saudiya Arabistoni xalqaro musulmon tashkilotlarini tashkil qilish va moddiy qo’llab-quvvatlashda katta ahamiyat kasb etayotir. Bu albatta, yuqorida qayd qilinganidek, hozirgi Saudiya jamiyatida islomning ahamiyati ortgani natijasidir.
Ko’pgina siyosatshunoslar shu munosabat bilan Islom Konferentsiyasi Tashkiloti (IKT) va Islom Oliy Uyushmasi (IOU) faoliyatiga e’tiborni jalb qilyapti. Ayni shu tashkilotlar islom birligi haraktining siyosiy omili hisoblanadi. Bu harakatning kelgusi istiqboli, vesternatsiya jarayoniga qarama-qarshi turishda IKT va IOU faoliyatining samaraliligi, mazkur harakat nazariy negizining tashkilotga a’zo mamlakatlar ichki va tashqi siyosati bilan uyg’unligi ko’zdan kechirilmoqda. Tadqiqotlarda bu jarayon, Saudiya Arabistonining ahamiyati va uning hozirgi tashqi siyosatiga oid asosiy faoliyat yo’nalishlari Saudiya Arabistoni Podshohligiga musulmon olamida berilgan maqomni u qanchalik oqlashi masalasiga asosiy e’tibor qaratilayotir1.
Mazkur tashkilotlarning «islom tartibi» va «islomiy birdamlik» g’oyalarini ko’zdan kechirar ekan, aksariyat kuzatuvchilar, «musulmonlarning birligi va birodarligi» g’oyalarini zo’r berib targ’ib qilayotgan ayni shu tashkilotlar va ularning ayrim a’zolari qator muhim hamda dolzarb masalalar yuzasidan yakdil emas, deb tan olishmoqda. Xususan, Falastin muammosiga yondoshuvda bir xil mavqening o’zi yo’q, bu tashkilotlarga a’zo davlatlarning ko’pchiligi birdamlik va hamjihatlik g’oyalari bir chetda qolib, aksariyat o’z siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga amal qilyapti.
Biroq xalqaro islom tashkilotlarida tashqi siyosat va faoliyatni g’oyaviy asoslash arab hukmdorlari uchun o’ta muhim. Saudiyalik tadqiqotchi A.X.As-Suveg’ o’z davlatining tashqi siyosiy faoliyati qoidalarini bayon qilib yozadi: «Siyosiy doiralar amal qilayotgan qadriyatlarning, boshqacha aytganda, tashqi siyosat miqyoslarini belgilovchi g’oyaviy qadriyatlarga ayni shu doiralarning sodiqligi darajasi davlatning tashqi siyosatiga ta’sir ko’rsatadi. Bu qadriyatlar hukmron siyosiy doiralar uchun xalqaro maydondagi faoliyatni legitimatsiyalash manbai bo’lib xizmat qiladi. Siyosiy doiralar bu qadriyatlarga qancha sodiq bo’lsa, ular tashqi siyosatda shu darajada erkin aks etadi. Bunga birinchi jahon urushi tugaganidan keyin liberal qadriyatlar tizimiga tayanib ish tutgan Amerika tashqi siyosati, shuningdek, markscha-lenincha g’oyaviy qadriyatlarga amal qilgan sobiq Sovet tashqi siyosati misol bo’la oladi. Saudiya tashqi siyosatining tahlili esa bu borada islomiy qadriyatlardan kelib chiqilayotganini ko’rsatadi»2. Shunday qilib, bu islomning qadriyatlar asosi sifatidagi muhim ahamiyatini ta’kidlaydi. Saudiya Arabistoni tashqi siyosat borasida asosan shu qadriyatlarga tayanadi. Ayni shu ta’rifda, «Realniy golos» axborot portalida jamoaviy ishlanmasini joylashtirgan rossiyalik mualliflarning fikricha, muhim jihat mavjud – «Saudiya Arabistonining tashqi siyosiy yo’lining negizini tashkil qiluvchi islomiy qadriyatlar Amerika liberalizmi yoxud sovet kommunizmi qadriyatlari bilan aynan o’xshashdir»1. Boshqacha aytganda, davlatning hukmron doiralari va jamoatchilik sodiq bo’lgan qadriyatlar (bu o’rinda - islomiy) tizimidan foydalanish omillariga diqqat - e’tibor jalb qilinadi. Saudiyalik muallif o’z mamlakatining g’oyaviy-mafkuraviy qadriyatlari negizini liberal demokratik va sobiq Ittifoqning markscha-lenincha mafkurasi bilan bir vaqtning o’zida qiyoslar ekan, rossiyalik tahlilchilarning e’tiroficha, bizlarni mazkur asoslarni qayta ko’rib chiqishga va mamlakatning hukmron doiralari ichki va tashqi siyosiy vazifalarni hal etishda amal qilayotgan qadriyatlar tizimiga o’zgartirishlar kiritishiga e’tibor qaratishga undaydi. «Gap mazkur qadriyatlardan voz kechish haqida emas (bunday yondoshuv, avvalo, ayni davlat qurilishi uchun halokatli bo’lardi), balki qadriyatlar yo’nalishlari tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish yoki ularning tamomila qayta talqin qilinishi haqida borayotir. Ular hamisha qotib qolgan holatda bo’lmaydi, lekin har gal o’zgarayotgan dunyoga va shunday dunyoda davlatning roli o’zgaruviga moslashadi»2. Bizningcha, Saudiya davlati siyosatini belgilovchi qadriyatlar tizimini «tamomila qayta talqin qilish» g’oyasi (SAP qadriyatlarini g’arb demokratiyasi va kommunistik totalitar tuzum qadriyatlari bilan o’xshatish ham) ishonarli emas. Saudiya mustabid hokimiyatining diniy legitimatsiyasiga, ustiga ustak diniy aqidasiga biron bir o’zgartish kiritish yoki uni taftish qilishni hozir tasavvur qilish qiyin. Bunday urinish kutilmagan oqibatlar keltirib chiqarishi hech gap emas. Bu borada, bizningcha, hukmron doiralarning o’zlari amal qilayotgan qadriyatlarga munosabatini faqat qayta ko’rib chiqishlari, ularning hozirgi zamon voqeligi va xalqaro rivojlanishning yangicha shart-sharoitlariga ichki hamda tashqi siyosatni muvofiqlashtirish talablariga mos ravishda shunday qadriyatlarning xususiyatlarini, ularni joriy qilish darajasini o’zgartirish yoki davlatning tashqi siyosiy mezonlariga kiritish haqidagina gap bo’lishi mumkin.
Saudiya Arabistoni musulmon davlatlarining etakchisi bo’lishga da’vogar ekan, tashqi siyosati shunga mos ravishda islomiy aqidalarga mos bo’lishi kerak, degan fikrni ko’plab ekspertlar ma’qullayaptilar. Uning hududida islom olamining eng muhim qadamjolari joylashgan bo’lib, jahon musulmonlari imkoniyatlari darajasida bu joylarga haj safari bilan boradilar, ziyorat qiladilar. Rossiyalik muallif A.Yakovlevning fikricha, «Mana shuning o’zi podsholik tashqi siyosatida etakchi xususiyatlardan biri sifatida «islom omili»ni ajratib ko’rsatish uchun kifoya», chunki, «mamlakat hukmronlari haj safaridan nafaqat islom olamidagi ta’sirini mustahkamlash, balki tom ma’noda tashqi siyosiy manfaatlari yo’lida ham foydalanadi”1. Feodal- mustabid tuzumlar va ularning mafkurachilari musulmonlar birligi, panislomizm va panarabizm g’oyalarini davlatlararo munosabatlar nuqtai nazaridan hamisha yoqlab kelganligi, ustiga ustak islom olamini rivojlantirish borasida xalifalikning «oltin davri» va uni kelgusida qayta tiklash g’oyasi ilgari surib kelingani ta’kidlanadi. «Panislomizm yoki panarabizm harakatining tashabbuskori bo’lgan davlatning poytaxti bunday xalifalikning markazi bo’lishi kerakligi esa shubhasiz»2. Ayni paytda hozir shu islom davlatlari musulmon jamoalarining milliy va diniy kontseptsiyalari o’rtasidagi tabiiy ziddiyatlarni ularni birlashtirish maqsadini qo’ygan holda hal qilishni mo’ljallayapti. Xususan, Saudiya Arabistoni TIV Islom ishlari departamenti direktori M.ash-Sharifning so’zlariga ko’ra, «Islomiy birdamlikka da’vat islom va arab davlatlarini birmuncha keng ko’lamli birlashuvga yo’naltirish bo’lib, musulmonlarni zamonaviy jamiyatlar doirasida islom bayrog’i ostida jipslashtirish va shu asno islom mamlakatlari o’rtasida yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish, ziddiyat va kelishmovchiliklarni islom ta’limotiga muvofiq bartaraf etish, imkon boricha tinch vositalar bilan hal qilish, jahon jamoatchiligi, ayniqsa insoniyatni yadro urushi va qirg’in - barotlardan saqlab qolish borasidagi hamkorlikni ta’minlash, butun insoniyat farovonligi yo’lida ma’rifiy jamiyat barpo etishga hissa qo’shishdan iborat»1.
Aksariyat tadqiqotchilar Saudiya Arabistoni hukmron tabaqalariga xos ikkiyuzlamachilikka e’tiborni jalb qiladilar, ayni shu holat ular yuritayotgan tashqi siyosatning hamisha ziddiyotli bo’lishini ta’minlab kelayotir. Bir tomondan, «Amerika imperializmining ittifoqchisi va mijozi sifatida» Saudiya Arabistoni uning tashqi siyosiy chora-tadbirlarini qo’llab-quvvatlashi kerak. Boshqa tomondan, musulmon olamining etakchisi tariqasida Saudiya podsholigi sionizmga va Isroilning tashqi siyosiy qadamlariga qarshi chiqib, Falastin va Sharqiy Quddus masalasida aniq mavqega ega bo’lishi zarur. Ayni shu nuqtada ham islomiy birdamlikni amalga oshirishda sustkashlik ko’zga tashlanadi.
Islom dunyosi doirasidagi xalqaro aloqalarda Saudiya Arabistoni salmoqli o’ringa ega ekanidan qat’i nazar Saudiya Arabistoni Podshohligini mazkur mamlakat xalqaro siyosatining asosini tashkil qiluvchi islomiy qadriyatlarning bosh targ’ibotchi-tashviqotchisi, musulmon mamlakatlarining shubhasiz etakchisi va rahbari sifatida qaror toptirish vazifasi oson ish emas. Jumladan, ADL Saudiya Arabistonini «Ollohning nazari tushgan o’lka» sifatida ta’riflaydi, biroq «haqiqiy islom davlati» maqomiga Pokiston ham da’vogarlik qilayotir. Bu borada uni Islom Olami Kongressi (IOK) qo’llamoqda. Islom harakatining etakchisi sifatida Misr ham ko’rsatilmoqda. Bunga bir qator asoslar bor, Misrning al-Azhar tashkiloti obro’-e’tibori juda yuksak ekani ham shu jumlaga kiradi2.
Ayni paytda Saudiyaning arab-musulmon olamidagi yuksak mavqeini qaror toptirish uchun ar-Riyodning qudratli vositasi bor – bu rivojlanayotgan mamlakatlarga, avvalo Afrika-Osiyo mintaqasidagi davlatlarga iqtisodiy yordam bo’lib, bu yo’l Saudiya tashqi siyosiy yo’lining jiddiy yo’nalishi tusini olgan. SAP tashqi siyosatining strategik vazifalari ro’yxatida «iqtisodiy yordam ko’rsatish» to’rtinchi o’rinda. Dastlabki o’rinlarni tashqi xavfsizlikni ta’minlash, arab va islom dunyosi mamlakatlari bilan birdamlikni rivojlantirish, va nihoyat, xalqaro barqarorlik va tinchlikni ta’minlash masalalari egallagan. Rossiyalik tahlilchilarning uqtirishicha, Saudiya hukmron doiralari bunday yordamni, aslida, xalqaro aloqalar sohasidagi boshqa vazifalarini hal qilishning eng qulay usullaridan biri sifatida qaraydi.
XX asrning 90-yillariga qadar ikki davlat hukumatlari, diniy rahbarlari va islomiy harakatlarining arab va islom dunyosida va hatto xalqaro miqyosda kechayotgan ko’plab siyosiy jarayonlarga nisbatan munosabatlari deyarli bir xil edi. Biroq, eronlik va saudiyalik diniy ulamolar, 90-yilda Iroqning Quvaytga qilgan tajovuzini qoralab chiqqan bo’lsalarda, ammo, Saudiya Arabistoni erlariga xorijiy davlatlarning qo’shinlari kiritilishini qattiq tanqid ostiga oldilar.
SAP hududlariga xorijiy qo’shinlar kiritilgandan boshlab Saudiya Arabistonidagi radikal islomchilari Podshohlikda AQSh kuchlarining mavjud bo’lishiga qarshi urush e’lon qilib, Podshohlikning Xobar va Dahron shaharlaridagi AQSh harbiy bazalarida bir necha teraktlar sodir etdilar.
Vashingtonning 2003 yilda Irokqa qilgan harbiy operatsiyalari bir qator arab mamlakatlaridagi kabi Saudiya Arabistoni va Eronlik ko’plab diniy rahbarlar va muxolif partiyalar orasida qattiq noroziliklarni keltirib chiqardi.
RANDning yaqindagi xabariga ko‘ra, mazhablar o‘rtasidagi farq Saudiya va Eron o‘rtasidagi aloqalarning yomonlashuviga olib keluvchi eng asosiy sabab emasligi keltirib o‘tilgan. 2011-yilda Arab inqiloblari boshlangunga qadar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar siyosiy doiradan ancha olislab ketgan edi1.
Saudiya – Eron ziddyatlarini mintaqadan tashqarida ham ko‘rish mumkin. Bu ikki mamlakatning Yaqin Sharqdagi muammolar bo‘yicha pozitsiyasi har xil. Uzoq davr hukmronlik qilgan diktatorlarning Tunis, Misr va Liviyada ag’darilishi AQSh tomonidan Saddam Husaynning olib tashlangandagi holati kabi mintaqadagi kuchlar muvozanatiga ta’sir qildi. Shunga qaramay, 2011-yildagi inqiloblar, 2003-yildagi Iroqdagi ozodlikdan farqli o‘laroq, siyosiy islohotlarni kutishdan charchagan mahalliy aholi tomonidan amalga oshirildi. Bu inqiloblar har qanday ko‘rinishdagi qirolliklarni ag’darishni o‘zining bosh maqsadi qilib olgan siyosiy namoyishchilarni al-Saud oilasi uchun eng katta xavfga aylantirdi. Foreign Affairs jurnalida Maykl Doran tasvirlaganidek “Bugungi kun inqiloblari ish va siyosiy vakillikni o‘zida birlashtirgan mahalliy talablar orqali amalga oshirilmoqda.”. Saudiya va Eron ham bu kabi mahalliy muammolardan holi emas va shuning uchun ular o‘z fuqarolariga har tomonlama qoniqtiruvchi sharoitlar yaratib berishi lozim.
Xususan, Suriya masalasida ikki davlat qarama-qarshili shunday: Suriyada Hozirda davom etayotgan B.Assad boshqaruvidagi hukumat va siyosiy-harbiy oppozitsiya o‘rtasidagi kurash bugunga kelib haqiqiy ma’noda mintaqaviy mojaroga aylandi. Chunki, bu Suriyaning o‘zidagi ichki nizogina emas, balki mintaqadagi yirik kuchlar bevosita yoki bilvosita ikki tarafdan birini qo‘llash orqali ushbu nizoga aralashib qolganligi bilan xarakterlanadi. Saudiya Arabistoni va Eron misolida oladigan bo‘lsak, SAP anti-Assad muholifatiga yon bosuvchi mintaqaviy kuchlardan biri hisoblansa, Eron esa Assad hukumatini saqlab qolishga intiladi. 2009-yil oktabrda. SAP Suriya bilan munosabatlarning yaxshilanishida Damashqning mintaqadagi muhim rolini e’tirof etdi, ham B.Assad rejimi va Eron o‘rtasidagi munosabatlarining pasayishiga harakat qildi1.
II BOB. SAUDIYA ARABISTONI QUROLLI KUCHLARI VA ARMIYASI
2.1 Quruqlik kuchlari va Saudiya Arabistoni milliy gvardiyasi
Saudiya Arabistoni nafaqat arablarning, balki butun islom dunyosining eng ta'sirli davlatidir, chunki uning hududida Islom dunyoga kelgan va bu erda asosiy islomiy ziyoratgohlar - Makka va Madina joylashgan. Saudiya Arabistonining ta'siri neft va gazning ulkan zaxiralari va shunga mos ravishda ulkan moliyaviy resurslarning mavjudligi tufayli sezilarli darajada kuchaymoqda.
Saudiya Arabistoni dunyoda sunniy islomning vahhobiy (salafiy) bo'limi rasmiy din bo'lgan davlatdir, u hukumat shakli (mutlaq monarxiya) bilan birga uni dunyodagi eng totalitar davlatga aylantiradi. Shu bilan birga, u dunyodagi barcha islomiy sunniy terrorizmining asosiy tashkilotchisi va homiysi. Bu uning butun G'arb va xususan AQShning eng muhim strategik ittifoqchisi, deb hisoblanishiga to'sqinlik qilmaydi. Biroq, so'nggi yillarda Riyodning yaqinda Vashingtonni Saudiya neftining asosiy xaridoriga almashtirgan Pekin bilan aloqalari tezda mustahkamlanmoqda.
Katta moliyaviy resurslar tufayli Saudiya Arabistoni rasmiy ravishda juda kuchli qurolli kuchlarni (AF) yaratdi, garchi ularning haqiqiy jangovar samaradorligi ba'zi shubhalarni keltirib chiqarmoqda (arab mentaliteti, yollangan yollash printsipi va qirollik fuqarolarining umumiy yuqori turmush darajasi kurashish istagiga yordam bermaydi). Saudiya kuchlari beshta turga ega (SSSR Qurolli kuchlari tarkibini to'liq nusxalash - Strategik raketa kuchlari, quruqlikdagi kuchlar, havo kuchlari, havo mudofaasi, dengiz floti), Milliy gvardiyani hisobga olmaganda.
Strategik raketa kuchlariga mamlakatning janubi-g'arbiy qismida joylashgan uchta raketa bazasi (Al-Vata, Al-Sulayyul, Al-Jufayr) kiradi. Ular Xitoyning o'rta masofaga mo'ljallangan ballistik raketalari (BRRS) DF-3A (raketalarning umumiy soni 120 taga yetishi mumkin) 10-12 silosli uchirish moslamalari bilan qurollangan. DF-3A ning parvoz masofasi taxminan 2.8 ming km ni tashkil etadi, ya'ni ular Rossiyaning Shimoliy Kavkazi va Quyi Volgaga etib borishlari mumkin. Rasmiy ravishda bu piyoda piyoda askarlariga qarshi kurash tizimlari odatiy jangovar kallak (jangovar kallak) olib yuradi deb ishoniladi, ammo dastlab ular yadroviy kallak ostida yaratilgan. Saudiya Arabistoni yadroviy qurolni Xitoyda ham, Pokistonda ham sotib olishi mumkin. Saudiya qirollik qurolli kuchlari Saudiya Arabistoni Qirolligi Arabiston yarim orolidagi eng katta davlatning ozodligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun mo'ljallangan qo'shinlarining yig'indisidir. Saudiya Qurolli kuchlari tarkibiga Saudiya Arabistoni armiyasi, Saudiya qirollik havo kuchlari, Saudiya qirollik dengiz kuchlari, Saudiya qirolligining havo mudofaasi, qirollik strategik raketa kuchlari va milliy gvardiya kiradi. Harbiy xarajatlar darajasiga ko'ra, 2014 yilda Saudiya Arabistoni dunyoda 4-o'rinda, Rossiya Federatsiyasidan ozgina orqada - 80,8 milliard AQSh dollariga teng (Stokgolm tinchlik tadqiqot instituti ma'lumotlari). Harbiy xarajatlar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10 foizidan ortig'ini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni davlat boshqaruv shakli mutlaq monarxiya bo'lgan mamlakatdir. Mamlakatni birinchi shoh Abdel Azizning o'g'illari va nabiralari boshqaradi. Nazariy jihatdan, bu mamlakatda shohning kuchi faqat shariat tomonidan cheklangan. Saudiya Arabistoni dunyodagi uchta mamlakatdan biri bo'lib, mamlakatda hukmron sulola sharafiga berilgan (Saudiya). Hozirda mamlakat qurolli kuchlari Mudofaa vazirligiga bo'ysunmoqda. 2011 yil noyabr oyida valiahd shahzoda Sulton ibn Abdulaziz as-Saud vafotidan keyin yangi mudofaa vaziri shahzoda Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud bo'ldi. Saudiya Arabistoni - 1932 yilda Arabiston yarim orolining knyazliklarini birlashtirish orqali mavjud chegaralar ichida tashkil etilgan nisbatan yosh davlat. Hozirgi vaqtda ushbu mamlakat musulmon va ayniqsa arab mamlakatlari orasida etakchi rol o'ynashga intilmoqda. Buning uchun Saudiya Arabistonida shart-sharoit va imkoniyatlar mavjud. Aynan shu davlat hududida Islom dunyoga keldi va Islom dunyosining ikki asosiy ziyoratgohlari - Makka va Madina joylashgan. Bundan tashqari, mamlakat ulkan neft zaxiralariga ega va buning natijasida katta moliyaviy imkoniyatlarga ega. Ushbu mamlakat OPEKning asosiy a'zosi bo'lib, neft qazib olish hajmi bo'yicha dunyoda Rossiyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Saudiya Arabistoni eksportining 95 foizi va hukumat daromadlarining 75 foizi neftga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda Saudiya Arabistoni sunniy Islomning vahhobiy (salafiy) bo'limi rasmiy din bo'lgan yagona davlat bo'lib, u hukumat shakli (mutlaq monarxiya) bilan bir qatorda Saudiya Arabistonini dunyodagi eng totalitar davlatlardan biriga aylantiradi. Bundan tashqari, ushbu davlat dunyodagi barcha islomiy sunniy terrorizmining norasmiy homiysi bo'lib, bu uning G'arb va ayniqsa AQShning strategik ittifoqchilaridan biri bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi. Yaqinda AQSh Saudiya neftining asosiy xaridoriga aylantirilgan Saudiya Arabistonida ham o'z manfaatlariga ega. Mamlakat qurolli kuchlari, shu jumladan milliy gvardiya va harbiy qismlarning soni 220 ming kishidan oshadi. Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari faqat ixtiyoriy ravishda boshqariladi. Armiyada 18 yoshga to'lgan qirollik xizmatchilari xizmat qilishlari mumkin. Mamlakat aholisi 31,5 million kishidan oshadi, safarbarlik zaxiralari - 6 millionga yaqin. Har yili taxminan 250 ming kishi yoshga to'ladi. Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining o'ziga xos xususiyati ularning katta byudjeti bo'lib, bu Fors ko'rfazi mamlakatlari ichida eng yuqori ko'rsatkichdir. Shu bilan birga, mamlakat qurolli kuchlari doimiy ravishda ko'payib bormoqda. 1990 yilda ularda atigi 90 ming kishi bo'lgan, hozir 200 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar xizmat qilmoqda. Asosiy etkazib beruvchiSaudiya Arabistoni uchun qurol-aslahalar an'anaviy ravishda Amerika Qo'shma Shtatlaridir, AQSh ushbu mamlakatdagi barcha qurollarning 85 foizini tashkil qiladi, ammo Evropa (asosan frantsuz) va xitoylik qurol-aslahalar mavjud. Qirollik qurolli kuchlarining yana bir o'ziga xos xususiyati ularning tarkibida strategik raketa kuchlarining mavjudligi. Gap shundaki, bu operatsion-taktik raketalarni ishga tushirish uchun emas, balki Xitoyda ishlab chiqarilgan o'rta masofaga mo'ljallangan ballistik raketalar haqida. Ushbu raketalarning masofasi 2800 kilometrni tashkil etadi, bu Saudiya Arabistoni qurolli kuchlaridan o'z mamlakatlari chegaralaridan tashqarida foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Saudiya Arabistonining shunchaki ulkan moliyaviy imkoniyatlari tufayli tezda etarli darajada kuchli qurolli kuchlarni yaratish imkoniyati paydo bo'ldi. Garchi amalda ularning jangovar samaradorligi ma'lum bir shubhalarni keltirib chiqarmoqda (arab mentaliteti, qurolli kuchlarni shakllantirishning yollangan printsipi va mamlakatda fuqarolarning umumiy turmush darajasi kurashga ko'proq istak qo'shmaydi). Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari unchalik muvaffaqiyatli ishlamayotgan Yamandagi amaliyot ham buni tasdiqlaydi. Saudiya Arabistonining quruqlikdagi kuchlarida 80 mingga yaqin kishi xizmat qiladi. Ular qirollikning Milliy gvardiyasi bilan birgalikda son jihatdan eng ko'p qurollangan guruhlardir. Shu bilan birga, qirollikda quruqlik kuchlari aslida Milliy gvardiya tomonidan to'ldirilgan bo'lib, u shaxsan qirolning qo'riqchisi hisoblanadi va eng sodiq hukmron monarxiya urug'lari va qabilalarining vakillaridan jalb qilinadi. 75 ming kishiga xizmat ko'rsatadigan quruqlikdagi kuchlar va milliy gvardiya tarkibida 21 ta brigadalar mavjud: quruqlikdagi kuchlarning uchta tank brigadasi; 9 mexanizatsiyalashgan brigadalar (5 - quruqlikdagi kuchlar, 4 - Milliy gvardiya); 8 engil piyoda brigadasi (3 - quruqlikdagi kuchlar, 5 - Milliy gvardiya); bittadan quruqlikdagi havo kuchlari brigadasi, ikkita aviatsiya brigadasi va qirollik gvardiyasi brigadasi (quruqlikdagi kuchlar). Shu bilan birga, Milliy gvardiya armiya uchun kadrlar va zamonaviy qurol-aslaha bilan ta'minlashda, shuningdek jangovar tayyorgarlik darajasida ustuvor ahamiyatga ega. Gvardiya tashqi tahdidlarga qarshi qalqon vazifasini o'tab, ichki tahdidlarga qarshi kurashni ta'minlash uchun ishlab chiqilgan xavfsizlik kuchlarining rolini o'ynaydi. Milliy gvardiyaning vazifalari qirol saroyini himoya qilish, mamlakatni harbiy to'ntarishlardan himoya qilish, qirollikning strategik muhim ob'ektlari va manbalarini himoya qilish, Madina va Makkani himoya qilishdir. Xodimlar, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, faqat hukmron qirolga va uning oilasi a'zolariga (asosan, Necd viloyatidan) sodiq bo'lgan klan va qabilalardan olinadi. Milliy gvardiya kuchlarini har doim hukmron qirol oilasining katta a'zosi boshqaradi.Shuningdek, Milliy gvardiya qo'shimcha ravishda 25 ming kishigacha bo'lgan qabilaviy militsiyalarni o'z ichiga oladi. Saudiya Arabistonida 1100 dan ortiq tanklar mavjud, Milliy gvardiyada tanklar yo'q. Shu bilan birga, mamlakatning tank floti zamonaviy Amerika M1A2SEP va M1A2 (bu transport vositalarining 340 tagacha) va eskirgan tanklar - Frantsiyaning AMX-30S (320 ga yaqin transport vositasi) va Amerikaning M60A3 (500 ga yaqin tanklari) bilan jihozlangan. Mavjud barcha Abramlarni M1A2SEP versiyasiga yangilash rejalashtirilmoqda. Saudiya Arabistoni ilgari Germaniyada 600-800 gacha Leopard 2A7 + tanklarini sotib olishni rejalashtirgan edi, ammo 2014 yilda Germaniya ushbu kelishuvni rasman bajarishdan bosh tortdi, garchi ajoyib narxga qaramay, Saudiya vakillari tanklar uchun 18 milliard evro to'lashga tayyor edi. Germaniya hukumati avtokratik rejimga tanklarni sotishdan bosh tortdi. Bundan tashqari, Germaniya hukumatining ushbu qarori o'nlab yillar davomida izchil amalga oshirilib kelinmoqda.Chiqish yo'li AQShda M1A2SEP tanklarining qo'shimcha partiyasini sotib olish bo'lishi mumkin. Qo'shinlarda jami 700 ta zamonaviy MBT bo'lishi rejalashtirilgan bo'lib, ular eskirgan AMX-30S va M60A3-larni xizmatdan olib tashlaydi. Shuningdek, 1000 ga yaqin piyoda jangovar transport vositalari, asosan, amerikaliklar va frantsuzlardir. Masalan, 400 M2A2 Bradley piyoda jangovar transport vositalari (A3 versiyasiga yangilanishi rejalashtirilgan) va 600 tagacha frantsuzcha AMX-10Ps mavjud. Bularga qo'shimcha ravishda, qo'shinlar 5 mingdan ortiq turli xil zirhli transport vositalaridir. Shulardan 1650 tasi Amerikaning zirhli M113 zirhli transport vositalariga va ularning ACV versiyasiga turk loyihasi bo'yicha modernizatsiya qilingan yuk tushadi, kelajakda barcha M113-ni ACVga ko'tarish rejalashtirilgan. Shuningdek, taxminan 150 ta eskirgan frantsuzlarning 4x4 g'ildirakli M-3 Panhard transport vositasi va 155 tagacha yangi LAV-II g'ildirakli zirhli transport vositalariga buyurtma berildi. Milliy gvardiyada 1100 dan ortiq Kanada ishlab chiqargan LAV (Piranha) zirhli jangovar mashinalari mavjud. Ushbu mashinalarning nomenklaturasi juda xilma-xildir - odatiy LAV-25 dan tortib to 90 mm (LAV-90) avtomatlari, tankga qarshi sistemalari, 120 mm minomyotlari, tibbiy evakuatsiya va boshqalar.
2.2 Saudiya qirolining strategik raketa, havo va suv floti kuchlari
Strategik raketa kuchlarida mingdan 2,5 minggacha odam xizmat qiladi. Strategik raketa kuchlarining asosiy quroli Xitoy tomonidan ishlab chiqarilgan DF-3A (Dunfeng-3) suyuq ballistik raketalar bo'lib, ular XXR 1987-1988 yillarda Saudiya Arabistoniga sotilgan. Ushbu o'rta masofaga mo'ljallangan ballistik raketalar 2800 kilometrgacha masofani bosib o'tishga qodir, Shimoliy Kavkaz va Quyi Volgaga ucha oladi. Raketa Saudiya Arabistoniga eksport qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan va strategik yadro qurolini saqlamaydigan vositadir. Ulardagi yadro qurolining o'rnini yuqori darajadagi (2150 kg) portlovchi jangovar qurol egalladi. Umuman olganda, Saudiya Arabistonida ushbu raketalarning 9-12 tagacha va "Dunfeng-3" ning 120 tagacha raketalari bor. Shuningdek, qirollik Xitoyda yanada rivojlangan DF-21 qattiq yonilg'i ballistik raketalarini sotib olgani yoki sotib olganligi to'g'risida ma'lumotlar tarqalmoqda.
DF-3A raketalari
Saudiya qirollik strategik raketa kuchlari sir bo'lib, xodimlarning aniq soni, bazalari yoki umumiy byudjeti to'g'risida ochiq ma'lumot yo'q. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni ushbu raketalar uchun allaqachon yadroviy raketalarni sotib olgan yoki har qanday vaqtda, masalan, Pokistonda, yadro dasturini bir vaqtning o'zida moliyalashtirgan Pokistonda ham qo'rquvlar mavjud. Saudiya Arabistonining o'zi ham yadroviy qurol ishlab chiqarishi mumkinligi ehtimoli bor, chunki rejalar 2030 yilgacha mamlakatda 16 ta reaktorni yaratishni o'z ichiga oladi.


Yüklə 51,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin