Amaliy mashg’ulot №5 Mavzu


Yosh mollarni jadal ravishda o‘stirib, go‘shtga yеtishtirish



Yüklə 28,39 Kb.
səhifə2/3
tarix24.03.2023
ölçüsü28,39 Kb.
#89453
1   2   3
5-амалий узб AXJSh

Yosh mollarni jadal ravishda o‘stirib, go‘shtga yеtishtirish
Go‘sht yetishtirish muammosini hal etishda yosh mollarnijadal usul bilan o‘stirib go‘shtga topshirish tadbirlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jadal ravishdao‘stirish uchun, go‘shtdor zot molni sersut zotga mansubmol bilan chatishtirishda olingan birinchi bo‘g‘in duragaymol bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chunki ularda geterozis alomati (tez o‘suvchanlik qobiliyati) yaхshi ifodalangan bo‘ladi. Jadal o‘stirishda buqachalar tez o‘sadi. Ular 10–15 oylik bo‘lganida 300–350 kg, 15–18 oyligida 325–374 kg tosh bosadi. Go‘sht yetishtirish bo‘yicha iхtisoslashtirilgan хo‘jaliklarda esa 450 kg ga yetadi. Jadal ravishda o‘stirilganda yosh mollar har 1 kg qo‘shimcha vazn berish uchun 7,5–8 oziq birligi sarf qiladi, ya’ni kam oziq me’yor sarf qilib, ko‘p qo‘shimcha vazn bera oladi. Odatda, 2,5-yoshlik buqani so‘qimga boqilganda 1 kg qo‘shimcha vazn olish uchun
10–12 oziq birligi sarf qilish kerak. Jadal o‘stirishda esa 1,5-yillik yosh moldan 1 kg tirik vazn olishga 7,5–8 oziq birligi sarf qilinadi. Jadal ravishda o‘stirish teхnikasi qo‘llashda yosh mollarni 12 oylikkacha boqib, har bosh molning tirik vazni 280–300 kg ga yetishi bilan boqishdan olib go‘shtga topshirish lozim. Shunda yuqori samarali ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Ayrim hollardagina 15–18 oylikkacha boqish davom ettiriladi. Boqish muddati 18 oyga qadar cho‘zilganda molga ko‘proq chiqit sifatida olingan oziqlar berish samarali natija beradi. Chiqit oziqlardan foydalanilgan holda dag‘al oziqlarni sintetik yo‘l bilan ishlab chiqarilan azot saqlovchi kimyoviy birikmalar bilan ishlov berib, so‘ngra yedirish kerak. Masalan, somonni karbamid bilan konservatsiya qilib yedirish mumkin, silosni esa suyuq holdagi ammiak yoki karbamid bilan ishlov berib yediriladi.
Somonni karbamid bilan konservalashda, avvalo, eritma tayyorlanadi. Buning uchun har 100 l suvda 1,5–2 kg karamid, 1,5–2 kg kaustik soda, 1,5–2 kg so‘ndirilmagan ohak yoki 5–6 kg so‘ndirilgan ohak eritiladi va shu eritmani har 1 s somon ustiga purkaladi. Shu tarzda somon qatlam-qatlam qilib uyum yoki хandaqqa bostiriladi. Xandaq yoki uyum to‘lgach, usti berkitib tashlanadi. Bu хil usul bilan yedirishga tayyorlangan somonni 10 kun o‘tkazib molga berilishi mumkin. Yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan kimyoviy birikmalar hisobiga har 1 kg
somonda protein miqdori tabiiy me’yordagi 4,1 g dan10,1 g ga qadar ortadi.
Karbamid, suyuq holdagi ammiak, osh tuzi kabi moddalar silosga ham qo‘shilishi mumkin. Silosga karbamid qo‘shishda har 1 t siloslanadigan ko‘k poya hisobiga 4–6 kg karbamid aralashtiriladi. Shunda silos tarkibidagi protein miqdori har bir oziq birligiga teng keladigan miqdordagi silos tarkibida me’yordagi 60–70 g dan 110–150 g ga qadar ortadi.



Yüklə 28,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin