Ko‘payishi. Hasharotlar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Suvaraklar birdaniga 16 ta tuxum qo‘yadi, ular о ‘z tuxumlarini maxsus qopchiqka joylab birmuncha vaqt sudrab olib yuradi. Uy pashshasi birdaniga 150 tagacha, hayoti davomida 600 ga yaqin tuxum qo‘yadi. Asalarining malikasi bir kunda 1000 tagacha, hayoti davomida esa 10000 mln ga yaqin tuxum qo‘yadi. Ко‘pchilik hasharotlaming tuxumhujayrasi urugiangandan so‘ng rivojlana boshlaydi. Shuning bilan birga hasharotlar orasida partenogenez hodisasi ham keng tarqalgan. Jamoa boiib yashaydigan hasharotlar partenogenez orqali faqat erkaklarini hosil qiladi. Asalarilarning urg‘ochisi bir vaqtning o'zida urugiangan va-urugianmagan tuxumlar qo‘yadi. Bu hodisa tuxum qo‘yiladigan kataklarning tuzilishiga bog‘liq bo’ladi. Ishchi arilar tayyorlagan kataklarning bir qismi boshqalariga qaraganda chuqurroq va boshqacharoq tuzilgan. Malikasi tuxumini katakcha tubiga quyish uchun qorin qismini siqib, tuxum qo‘yg‘ichini cho‘zadi. Shu tufayli urug‘ qabul qilgichning teshigi bekiladi va jinsiy yoilardan chiqayotgan tuxumlar urugianmasdan qoladi. Bunday kataklarga qo‘yilgan urugianmagan tuxumlardan faqat erkak arilar chiqadi. Boshqacharoq tuzilgan kataklarga qo‘yilgan urugiangan tuxumlardan esa oziqning moi-ko‘lligi va xiliga qarab urg‘ochisi (malikasi) yoki ishchi arilar yetishib chiqadi.
Ba’zan hasharotlar geterogoniya (ikki jinslik va partenogenetik nasllarning gallanishi) y o ii bilan ham ko‘payadi. Bu hodisa odatda urg‘ochisi qanotsiz boigan hasharotlar orasida uchraydi. Masalan, yoz davomida shira bitlarining partenogenetik y o i bilan tirik lichinka tug‘adigan urg‘ochilari rivojlanadi. Bu lichinkalardan faqat urg‘ochilari rivojlanadi. Partenogenetik urg'ochi hasharotlaming oxirgi bo‘ginining naslidan esa urg‘ochi va erkak hasharotlar rivojlanib chiqadi. Urugiangan urg‘ochi hasharotlar qo‘ygan tuxumlar qishlab qoladi va bahorda ulardan yana urg‘ochilari chiqadi. Ayrim cho‘psimonlar, yong‘oqyasarlar va o ‘simlik bitlarining erkaklari umuman nomaium; ular faqat partenogenez usulda ko'payadi.
Ayrim hasharotlar (asosan, ikki qanotlilar) lichinka davrida ham ko‘payish xususiyatiga ega. Bu hodisa pedagenez deyiladi. Masalan, Miastor pashshalarining lichinkalari birin-ketin pedagenez yo’li bilan lichinkalarning bir necha yangi naslini hosil qiladi. Keyingi nasi lichinkalari rivojlanib, erkak va urg‘ochi hasharotlarga aylanadi. Urugiangan tuxumlardan yana pedagenetik lichinkalar rivojlanadi. Ba’zi hasharotlar, masalan, yaydoqchilaming ko‘payishida poliembrioniya hodisasini kuzatish mumkin. Bu hodisa tuxum hujayrasini maydalanish davrida bir qancha mustaqil rivojlanish xususiyatiga ega boigan guruhlarga ajralishi va har bir guruhdan alohida lichinkalar rivojlanib chiqishidan iborat. Shu usul bilan bitta tuxumdan 100 tagacha, ba’zan undan ham ko‘proq embrion hosil boiishi mumkin. Poliembrioniyaning biologik mohiyati parazit individlari sonini keskin oshirishdan iborat. Hasharotlaming rivojlanishi embrional va postembrional davrlarga ajratiladi.
Embrional rivojlanish.
Embrional rivojlanish. Ко‘pchilik hasharotlamnng tuxumi sariq moddaga juda boy, sentroletsiral tipda tuzilgan. Bunday tuxumda, sariq moddasi ko‘p bo‘lib hujayra yadrosi atrofida to‘plangan. Sentroletsital tipdagi tuxumlarda yadro bir necha marta maydalangandan so‘ng sitoplazma sirtiga ko‘chadi. Maydalanish davom etishi natijasida sitoplazma sirtida bir qavat hujayralardan iborat blastoderma hosil bo‘ladi. Blastodermada bo‘lajak embrionning qorin tomoniga mos keladigan qismi qalin tortib sariqlikka botib kirgan murtak chizig 'ini hosil qiladi. Keyinroq murtak chizig‘I hujayralari tez bo‘linishi va uning o ‘rta qismi sariqlikka botib kirishi bilan mezoderma varaqlari bo‘linib ketishi tufayli qator selomik xaltalar paydo bo‘ladi. Sariq moddadan yoki murtak chizig‘ining oldingi va keyingi qismlaridagi alohida hujayralar hisobidan endoderma hosil boiadi. Blastoderma esa ektodermaga aylanadi.
Murtak varaqlari hosil boiishining dastlabki davrlaridayoq murtak qobigining shakllanishi hamma hasharotlar uchun xos boigan xususiyatdir. Bu jarayon odatda quyidagicha sodir boiadi. Dastlab murtak chizig‘I bilan sariqlik chegarasida pushtacha paydo boiadi; keyinroq shu joyda ikki qavat burmalar hosil boiadi. Burmalar asta-sekin o ‘sib murtak chizig‘ini qoplab olishi natijasida ikki qavatli murtak qobigi shakllanadi. Tashqi qobiq seroz, ichkisi amnion deb ataladi. Amnion bilan murtak oralig‘ida suyuqlik toidirilgan amnion bo ‘shlig ‘i paydo boiadi. Shunday qilib, bu davrda murtakni tashqi muhitdin tuxum qobigi - xorion, ikki qavatli murtak qobigi va amnion bo‘shlig‘i ajratib turadi. Shundan keyin murtak chizig‘i oldingi tomondan boshlab bo‘g ‘imlarga ajrala boshlaydi. Bosh bo‘limi va undagi ko‘z hamda mo‘ylov boiaklariga xos bo’lgan qismlar keyinroq yo‘qolib ketadigan interkalyar (oraliq) bo‘g ‘in, uchta ко‘krak va oxirgi navbatda 11 ta qorin bo‘g ‘imlari hosil boiishi bilan embrion shakllanadi. Ichakning oldingi va o ‘rta qismi ikkita ektoderma burmalari hisobidan hosil boiadi.