O'zbeksitonda inson huquqlari va erkaklari kafolatlanishi: gender tengligi, vijdon erkinligining kafolatlanishi



Yüklə 26,46 Kb.
səhifə1/2
tarix24.10.2022
ölçüsü26,46 Kb.
#66003
  1   2

O'zbeksitonda inson huquqlari va erkaklari kafolatlanishi:gender tengligi, vijdon erkinligining kafolatlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining e’tiborga molik, ijobiy jihatlaridan biri unda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari mustahkamlangan.
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir
Millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan «Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat» g‘oyasini amalga oshirish ezgu maqsadimiz sifatida belgilandi. Ayniqsa, Konstitutsiyamizni takomillashtirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlar olib borilayotganligi ushbu islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Joriy yilning 25 iyun kuni matbuotda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Unda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini yanada kengaytirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
Qayd etish joizki, hozirda ushbu loyiha yuzasidan keng miqyosli umumxalq muhokamasi amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda to‘xtalib o‘tmoqchi edikki, inson huquq va erkinliklarining kafolatlari o‘zida nimani aks ettiradi?
Kafolat kafillik qilish ma’nosini anglatadi. «Kafil» tushunchasiga ko‘ra, kafil biror narsaga yoki biror kimsa haqida boshqalarni ishontirib, mas’uliyatni, javobgarlikni o‘z ustiga oluvchi, kafolat beruvchi shaxs ma’nosini bildiradi.
«Kafolat» esa kafil bo‘luvchi narsa, shaxs ma’nolarida qo‘llaniladi. Umuman olganda kafolat bu – mas’uliyatni, javobgarlikni o‘z ustiga olgan holda ishontirish, ta’minlash degan ma’noni anglatadi.
Demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko‘rsatuvchi shartlardan biri – insonning huquq va erkinliklarini qonunlarda belgilanishi hamda ularning ta’minlanishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday degan edi: «Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq». Zero, davlatning insonparvarligi va madaniy darajasi, u o‘tkazayotgan ijtimoiy siyosatning mazmuniga qarab baholanadi. Shuning uchun ham islohotlar davrida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning tub mohiyati aholining huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan maqsadli ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishdan, ayniqsa, ijtimoiy adolat qoidalarini yanada mustahkamlash, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari mavqeini oshirishdan iborat.
Davlat jamiyat hayotidagi barcha, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, munosabatlarni tartibga solib borish vazifasini amalga oshirishda huquqiy vositalardan qanchalik mohirona foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin va tartibli muhitga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, inson huquqlarining va erkinliklarining kafolati, bu – umumxalq tomonidan qabul qilingan, davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki tasdiqlangan, shaxslar va fuqarolarga belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalda ta’minlashga yordam beradigan huquqiy vositalar, yuridik usullar va shart-sharoitlar majmuidir.
Kafolatlashning asosiy maqsadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan to‘siqlarni bartaraf etish bilan bog‘liq. 
Siyosiy kafolatlar sifatida huquq va erkinliklarning davlat tomonidan ta’minlanishi hamda tegishli maxsus vakolatli tuzilmalarining tuzilishi hamda faoliyat ko‘rsatishini tushunish mumkin. Shu nuqtai nazardan yondashganda bir qator organlar: parlament, prezident, hukumat, sudlar, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat tashkilotlari kabilarning faoliyat ko‘rsatishi qonuniylik va inson huquqlarini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Masalan, jamiyat hayotining turli sohalarida parlament va mahalliy kengashlar nazorati, jamoatchilik nazoratining mavjud ekanligi tegishli sohalarda qonuniylikni ta’minlashga yordam ko‘rsatadi.
Yana bitta misol, uchta hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va muvozanatda bo‘lish tamoyilining mavjudligi inson huquqlarini ta’minlashning yaqqol siyosiy kafolatidir.
Inson huquq va erkinliklari ta’minlanishining muhim sharti, bu huquqiy kafolatlarнинг yaratilganligi hisoblanadi. Ya’ni, bu – fuqarolar huquq va erkinliklarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga oshirishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi.
Ijtimoiy munosabatlarda huquqiy bo‘shliqlarning mavjud ekanligi uni himoya qilish imkoniyatini bermaydi. Shu bois, vakolatli davlat organlari tomonidan faol norma ijodkorligi siyosati amalga oshirilmoqda.
Huquqiy kafolatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin bo‘lgan harakatlarni taqiqlash va chegaralashning yuridik me’yorlarini mustahkamlash;
fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini hech qanday to‘siqsiz amalga oshirishlarida davlat idoralari va mansabdor shaxslar mas’ulligini belgilash;
tajovuzdan himoya etilishni, mustahkamlashni ta’minlovchi maxsus me’yorlar (shikoyat qilish huquqi, sudga murojaat qilish huquqi) mavjudligi;
huquqni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi (mulkiy, intizomiy, ma’muriy, jinoiy).
Yana bir muhim kafolat, bu – ҳuқuқ va erkinliklarning iqtisodiy va ijtimoiy kafolatlar tizimidir. 
Agar davlatda yetarli iqtisodiy, moddiy, moliyaviy manbalar, imkoniyatlar bo‘lmasa, huquqlarni amalga oshirish uchun sharoit bo‘lmaydi. Davlat iqtisodiy tomondan qanchalik kuchli bo‘lsa, huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyati ham shuncha kuchayib boradi.
Hozirda keng muhokama etilayotgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida fuqarolarning huquq va erkinliklariga oid normalar ham kengaytirilmoqda. 
Ma’lumki, amaldagi Konstitutsiyamizda davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishi, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanligi kafolatlangan.
Taklif etilgan loyihada fuqarolar huquq va erkinliklarining bir qator kafolatlari yanada kuchaytirilmoqda. 

Yüklə 26,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin