11-Mavzu: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni. Reja: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni Shaxs va jamiyat



Yüklə 33,26 Kb.
səhifə1/11
tarix12.10.2023
ölçüsü33,26 Kb.
#154419
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

11-Mavzu: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni.
Reja:
1. Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni
2. Shaxs va jamiyat
3. Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar
4. Madaniyat: tushunchasi, shakllari, turlari va funksiyalari. Madaniyat tushunchasi.
Tayanch tushunchalar
Odam, kishi, inson, shaxs, antropologiya, antropogenezis, hayot va o‘lim, bioetika, ong, ruh, jon, tana, erkinlik va mas’uliyat, fatalizm, determinizm, indeterminizm, gnoseologiya, jamiyat, qadriyat, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong, tarix, falsafa tarixi, tarix falsafasi,tarixiy taraqqiyot modellari, madaniyat, sivilizatsiya, ommaviy madaniyat, shaxs madaniyati,madaniyat turlari.


1. Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni. Falsafada hamma vaqtda ham qadriyatlar muammosiga katta e’tibor berilgan. «Haligida nima bor» va «Haligi qanday bo‘lishi kerak» o‘rtasida aniq chegara o‘tkazilgan buyuk nemis faylasufi I.Kantning ishidan keyin ularni jadal o‘rganish boshlandi. Kant izdoshlari asta-sekin falsafada yangi yo‘nalish – aksiologiyani (qadriyatlar tug‘risida falsafiy ta’limot) shakllantirdilar, keyinroq boshqa yevropa faylasuflari (Gusserel, Shiller, Kamyu, Sartr, Berdyaev va boshqalar) faol rivojlantirdilar.
Qadriyat nima? Bu qandaydir obyekt(hodisa)ning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati yoki roli. Falsafiy ma’noda «... qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo‘llanilmasdan,balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo‘lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar,holatlar, sifatlar, talab, tartiblar va boshqalarning qadrini, ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir»1. Shu bilan birga ko‘p qadriyatlar jamiyatdan tashqari o‘z ahamiyatini tez yo‘qotadi. Masalan, pul va tillo bezaklar odamsiz orolda kerak emas. Undan hech qanday amaliy foyda yo‘q. shunga ko‘ra ko‘p qadriyatlar faqat insoniyat jamiyatida tug‘iladi va yashaydi.
Qadriyatlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi nimada? U shundaki, odam va jamiyatga hayoti va faoliyatida aniq yo‘nalishlar beradi. Nimaga intilish kerakligi, uni qanday qilish lozimligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish vositalarini aniqlaydi. Ma’lumki bunday holatda qadriyatlar odamlar ijtimoiy hayotining tartibga soluvchisi sifatida yuzaga chiqadi. Jamiyat qanday bo‘lsa uning qadriyatlari ham shunday bo‘ladi. Qadriyatlar qanday bo‘lsa uning tartibga soluvchisi ham shunday bo‘ladi. Masalan, qonunga itoat qiluvchi, huquqiy jamiyatda oliy ijtimoiy qadriyatlardan biri qonun bo‘lib, u orqali barcha ijtimoiy hayot tartibga solinadi. O‘z boshimcha va qonunsiz jamiyatda obyektiv qadriyat va tartibga soluvchi, muqarrar ravishda kuch ishlatish hisoblanadi. Bunda qonun, huquq, axloqiy qadriyat hokimiyat tomonidan siqib chiqariladi. Kim kuchli bo‘lsa u to‘g‘ri, barcha qolganlar,garchand haqiqat ular tomonda bo‘lsa ham, zo‘rovonlar oldida juda himoyasiz bo‘lib qoladilar.
Qandaydir hodisaning jamiyat uchun qadrliligi nimada? Bu odamlarning ehtiyojlari va manfaatlarining rivojlanish darajasida. Radiaktiv uran va kompyuterning yovvoyi uchun qadrliligi katta emas. U undan qanday amaliy foyda olishni bilmaydi. Bu yerda ma’lumki, u yoki bu narsani ahamiyati va qadrliligi to`g‘risidagi qarashlarga odamning yetuklik darajasi ta’sir qiladi.
Odamlarning ehtiyojlar va manfaatlar murakkabroq, chunki ular nafaqat ob’yektiv, subyektiv sabablar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Uy-joy va oziq-ovqatga,kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyoj har bir jamiyatda ob’yektiv ravishda mavjud. Shu bilan birga moddiy boylik qadriyati har xil jamiyatda bir xil emas. Qayerdadir pul va oltin moddiy boylikning ekvivalenti sifatida ijtimoiy qadriyatlar darajasida birinchi o‘rinni egallaydi. Qayerdadir ularga kamtarona o‘rin beriladi.
Qanday qadriyatlar bor? Berilgan tasniflardan biri bo‘yicha ular quyidagicha bo‘ladi: moddiy (mehnat quroli, uy, pul, kiyim, ovqat, suv va boshqalar) va ma’naviy (axloq, bilim, go‘zallik, ma’naviy ta’limot, falsafa, din, fan, huquq, san’at va boshq.). Bu yerda shuni tushunish kerakki, moddiy qadriyatlar odam hayotida birdan-bir maqsad bo‘laolmaydi. Ular faqat ma’naviy maydonda joylashgan odam borlig‘ining asl maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita vazifasini o‘taydi.
Qadriyatlar tasnifining boshqa ikkita guruhi ham mavjud bo‘lib, sub’yektiv va ob’yektivga bo‘linishini taqozo qiladi, shuningdek quyidagilarga ham bo‘linadi: shaxsiy, korporotiv (guruhlar) va umuminsoniy.
Alohida sub’yektiv (odam yoki guruhlar) uchun ahamiyatli xodisa sub’yektiv qadriyat hisoblanadi. Millionlab odamlar konfetlarini yeb, qog‘ozlarini tashlaydilar, chunki konfet qog‘ozi ular uchun hech qanday qadriyat emas. Lekin, kolleksioner ularni teradi va saqlaydi, ular uning uchun katta qadriyat hisoblanadi. Mana suv, toza havo, ovqat har bir odam uchun ob’yektiv moddiy qadriyatdir, chunki ularsiz yerda hayot kechirishi mumkin emas.
Shaxsiy, korporotiv (guruhlar) va umuminsoniy qadriyatlar orasida oxirgisi katta ahamiyatga ega. Barcha insoniyat tarixining rivojlanishi – alohida siyosiy partiyalar, diniy birlashmalar, milliy yoki boshqa guruhlar qadriyatlaridan umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor ahamiyatini odamlarning anglash jarayonidir.
Bu jarayonlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi keng madaniyatlararo muloqotga, o‘zaro tushunishga, hamkorlik va yagona planetar hamjamiyatga birlashishda odamlar uchun katta istiqbol ochadi.
Falsafiy ta’limot muhabbat, insonparvarlik, burch, adolat, zo‘ravonlik qilmaslik, oliyjanoblik, diniy va siyosiy chidamlililik, bilish, madaniyat, maorif, erkinlik, ijtimoiy taraqqiyot, tenglik va boshqalar kabi umuminsoniy qadriyatlarning butun jamiyat, har bir odam uchun ahamiyatini asoslashga katta xissa qo`Shib keldi va kelmoqda.

Yüklə 33,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin