11-Mavzu: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni. Reja: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni Shaxs va jamiyat


Tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari



Yüklə 33,26 Kb.
səhifə7/11
tarix12.10.2023
ölçüsü33,26 Kb.
#154419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari. Insoniyat tarixida tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari muammolarining mohiyati, nimalarga bog‘liq? - degan savol tug‘iladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, gap tarixiy determinizm, qandaydir tarixiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida ketadi. Faylasuflarning ko‘pchiligi bunday o‘zaro bog‘liqlik mavjud – jamiyat tarixiga ta’sir qiluvchi ma’lum omillar va kuchlar bor deb faraz qildilar. Ammo, bu kuch va omillarni tushunish har xildir.
Masalan, Hind veda falsafasida tarixda muhim rol, vaqti, vaqti bilan odamlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan diniy islohotlar, ma’naviy qiyofadagi murabbiylar, Xudo timsoli bo‘lgan (avatarlar)ga berilgan. O‘rta asr nasroniylik falsafasida tarixni harakatga keltiruvchi asosiy kuch – Xudo. Yangi davr ko‘p Yevropa faylasuflari tarix yo‘li diniy, falsafiy, ilmiy yoki siyosiy g‘oyalar (g‘oyalar dunyoni boshqaradi) bilan bog‘liq dedilar.
Ba’zi mutaffakkirlar jamiyat tarixiy rivojlanishi uchun tabiiy omillarning ahamiyatini ko‘rsatdilar, masalan, fransuz tadqiqotchisi Monteske va Kuzen bunday omil deb tabiiy klimatik sharoitlarni hisoblaydi, rus tabiat tadqiqotchisi Mechnikov u yoki bu hududning suv sohasini (daryo,ko‘l, dengiz) inobatga olish kerak deydi. Nemis faylasufi Gegel tarixning asosiy kuchini insoniyat tarixi orqali o‘z maqsadlari – erkinlik va o‘zini bilishga erishish, mutlaq Ruhning rivojlanishida deb biladi. Boshqa nemis faylasufi – Marks, aksincha, ma’naviy omillar ahamiyatini inkor qilib, moddiy omillar – (moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli, odamlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari, mulkka egalik qilish) ning hal qiluvchi rolini alohida ta’qidlaydi. XX asr G‘arb sientientlari insoniyat tarixi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fan va texnikaning rivojlanishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadilar.
Lekin, tarixiy determinizm bo‘yicha ko‘p qarashlar bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi falsafada ko‘p omilli tarixiy determinizm konsepsiyasi mustahkamlanmoqda. Uning asosiy g‘oyasi shundaki, tarixning rivojlanishiga ma’naviy va moddiy kabi har xil omillar ta’sir qiladi. Shu bilan birga ma’lum omillarning konkret davrda, konkret millatlar tarixiga ta’sir jadalligi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, VII-IX asrlarda Arabiston Yarim oroli qabilalarining tarixiy rivojloanishida yangi din – islom muhim rol o‘ynadi. Qadimgi slavyanlar hayotida bu davrda diniy omil bunday ahamiyatga ega bo‘lmadi. Geografik, moddiy va siyosiy omillar ohang berdilar.
Umuman, ko‘p omilli konsepsiyalar variantlaridan biriga binoan, tarixning harakatlantiruvchi kuchlarini quyidagi sxemada ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 33,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin