Gimnastika to’garaklarida mashqlarga o’rgatish usullari va ularni mustahkamlash



Yüklə 212,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.08.2023
ölçüsü212,86 Kb.
#140190
  1   2   3
gimnastika-to-garaklarida-mashqlarga-o-rgatish-usullari-va-ularni-mustahkamlash (1)



Gimnastika to’garaklarida mashqlarga o’rgatish usullari va 
ularni mustahkamlash 
 
Shuxratbek To’lqinovich Muqumjonov 
Andijon davlat universiteti pedagogika instituti 
Jaloliddin Oribovich Axmedov 
Andijon davlat universiteti 
 
Annotatsiya
: Maqolada gimnastika to’garaklarida bolalarni mashqlarga 
o’rgatish usullari va ularni mustahkamlash bo’yicha malumotlar keltirilgan. 
Kalit so’zlar:
gimnastika, o’rgatish usullari,mashq, umbaloq oshish, jismoniy 
yuklama, gimnastika jihozlari 
Ways to teach and strengthen exercises in gymnastics clubs 
Shukhratbek Tolqinovich Mukumjanov 
Andijan State University Pedagogical Institute 
Jaloliddin Oribovich Akhmedov 
Andijan State University 
Abstract: 
The article provides information on how to teach children to exercise 
in gymnastics clubs and how to strengthen them.
 
Keywords: 
gymnastics, training methods, exercises, squats, exercise, 
gymnastics equipment 
 
Kirish: 
Turkiston hududida XVII-XIX asrda jismoniy tarbiya va sportning, shu 
jumladan, gimnastikaning mazkur mintaqada rivojlanishi va taraqqiy etishi 
Rossiyadagi jismoniy tarbiya va sport tarixiga bevosita bog’liq bo’lganini inkor qilib 
bo’lmaydi. 
Ayni 
paytda 
O’zbekistonda 
jismoniy 
tarbiya 
va 
sportning 
vositametodologiyasining yagona tizimi yaratilgan. Mazkur vositalarning eng 
ommaviylaridan biri bo’lgan gimnastika bu tizimda haqli ravishda muhim o’rin 
egalladi. Gimnastika mashg’ulotlarining eng muhim vazifasi yosh avlodni bolalik 
chog’idan boshlab, jismoniy va aqliy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash, ulardagi 
jismoniy va ma’naviy kuchlarni garmonik tarzda rivojlantirishdan iborat. 
«Gimnastika» yunoncha «
gimnos
» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «yalang’och» 
ma’nosini bildiradi. Shuningdek, yunoncha 
gymnotike
(gymmazo -
murabbiy, mashq 
qildiraman so’zidan olingan) odam salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama 
jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlari - jismoniy sifatlari: kuchi, chaqqonligi, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
802


tezkorligi, chidamliligi va boshqa jismoniy sifatlarini tarbiyalash, takomillashtirish 
uchun ishlatiladigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar uslubiyatlar tarmog’idir.
To’garak mashg’ulotlarlarda bolalarni gimnastika mashqlarga o’rgatish, ertalabki 
mustaqil gigiyenik gimnastika mashg’ulotlari va shuningdek, sog’lomlashtirish-
jismoniy tarbiya tadbirlari bilan birga qo’shib olib borishlari kerak. Mashqlar 
mazmuni shunchalik turli-tuman bo’lishi va jismoniy yuklamani ham shunchalik 
sekin oshirib borish lozim. 
Mashg’ulotning tayyorgarlik qismiga tananing barcha qismlari uchun (xarakteri, 
ko’lami, sur’ati bo’yicha) turli-tuman mashqlar kiritish lozim. Mashqiarning tos ichi 
va tos tubi mushaklariga ta’sir ko’rsatishini hisobga olish lozim. Ularga oyoqlarni 
oldinga bukish, orqaga uzatish, yon tomonga ko’tarish, oyoqlar bilan doiraviy 
harakat qilish, sonni ichkariga va tashqariga burish, shuningdek, gavdani burish, 
oldinga va yon tomonga engashish mashqlari bevosita ta’sir ko’rsatadi. To’g’ri 
qomatni shakllantirish mashqlariga alohida e’tibor berish kerak. Dinamik 
xarakterdagi va bo’shashish mashqlarini ko’proq qo’llash lozim. Egiluvchanlikni 
rivojlantirish va gavda qismlar mushaklarini mustahkamlash mashqlarini parallel 
qo’llashni tavsiya qilamiz. Orqaga engashishdan («ko’prik»cha, umbaloq oshishdan) 
keyin, bachadonning orqaga siljishining oldini olish uchun oldinga engashish 
mashqlarini bajarish kerak. 
Shuningdek, oyoq mushaklarining kuchini va egiluvchanligini rivojlantiradigan 
mashqlarni ham unutmaslik lozim. Shu maqsadda mashg’ulotning tayyorgarlik va 
yakunlovchi qismlariga o’tirish, sakrash va raqs mashqlarini qo’shmoq zarur. 
Harakat xususiyatiga ko’ra, ayollar bir tekis xarakterdagi mashqlar (turli raqslar, 
mayin harakatlar va boshq.)ni bajarishga moyil bo’lishadi. Bu ixlosni har tomonlama 
qo’llab-quvvatlash lozim. 
Tananing ayrim qismlarida aniq harakatlar bajarish bilan birga, qo’llar uchun 
mayin, egiluvchan harakatlar qo’llash zarur. Qo’llaniladigan mashqiarning mazmuni 
va ularning maromini o’zgartirish orqali jismoniy yuklamani asta-sekin oshirib 
borishga erishiladi. 

Yüklə 212,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin