11-Mavzu: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni. Reja: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni Shaxs va jamiyat


Madaniyatning shakllari va turlari



Yüklə 33,26 Kb.
səhifə9/11
tarix12.10.2023
ölçüsü33,26 Kb.
#154419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Madaniyatning shakllari va turlari. Madaniyatni umumiy tarzda ikki asosiy shaklga: ma’naviy va moddiyga ajratadi. Bu bo‘linishni shartli ravishda qabul qilish kerak, chunki ma’naviy madaniyat hodisasi, odatda moddiy madaniyatning ma’lum shakllarida mavjud. Masalan, muqaddas yozuvlar, ibodatxona devorlaridagi rasm, toshlarda chizilgan rasm, manuskrit (qo‘lyozma), kitob ko‘rinishida mavjud. Ilmiy yutuqlar ma’lum monografiyalar, priborlar, apparatlar, narsalar va qo‘shilmalar, karta, atlaslar, qog‘ozda yozilgan formulalar yoki kompyuter xotirasi kabi shakllarida ham mavjud.
Ma’naviy madaniyat shakllariga – ma’naviy ta’limot, axloq, mifologiya, din, falsafa, fan, huquq, maorif, san’at va boshqalar kiradi. Moddiy madaniyat shakllariga esa kitoblar, san’at va ibodat predmetlari, me’morlik, priborlar, mashinalar, mexanizmlar, bezak va boshqalar daxl bo‘ladi.
Inson va jamiyatga nisbatan madaniyatning ikki turi – shaxs madaniyati va ijtimoiy madaniyat tushunchasi ishlatiladi. Unisi ham bunisi ham madaniyatning ko‘p jihatlarini o‘z ichiga oladi. Ulardan eng muhimlari: axloqiy madaniyat, diniy madaniyat, ilmiy – falsafiy madaniyat, siyosiy madaniyat, huquqiy madaniyat, iqtisodiy madaniyat, ekologik madaniyat, estetik madaniyat, turmush madaniyati, mehnat madaniyati, jismoniy madaniyat, ovqatlanish madaniyati.
Madaniyatning ana shu jihatlari asosida inson va jamiyatning ma’naviy, ijtimoiy –siyosiy va boshqa rivojlanish darajasini aniq baholash mumkin.
Madaniyatning funksiyalari. Madaniyat jamiyatda qator muhim funksiyalarni bajaradi, shunga ko‘ra aqlli mavjudotlar birlashmasi sifatida yashab va progressiv rivojlanadi. Quyidagi funksiyalari muhim ahamiyatga ega.
Inson ruhining har xil ijodiy yutuqlarida ob’yektiv voqelikni aks ettirish. Madaniyat inson dunyosini o‘zlashtirishning alohida uslubi bo‘lib, unda uning har xil shakllari (din, falsafa, fan, huquq, san’at va boshqalar) insoniyat tajribalarini tizimlashtirish va dunyoni tushunishning (ratsional, sezgi, irratsional, an’anaviy) vositalari hisoblanadi.
Ilmiy bilimlar, g‘oyaviy va siyosiy farmoyishlar, yuridik qonunlar, ijtimoiy tarz va diniy an’analar, axloq me’yorlari yordamida odamlar hayotini tashkil qilish va tartibga solish. Har xil jamiyatlarda ko‘rsatilgan regulyatorlardan biri katta, boshqasi kichik ta’sirga ega. Ular amal qilmaydigan jamiyat yo‘q.
Yangi avlodlarni ijtimoiylashtirish va to‘plangan tarixiy tajribalarni yetkazish. Boshqacha aytganda, madaniyat insoniyat barcha yutuqlarining to‘plangan saqlanadigan joyi. U yangi avlodlarni ajdodlar yutuqlari va tajribasi dunyosiga kiritadi, uni qabul qilish va o‘zlashtirishga imkon beradi. Masalan, har yuz yilda g‘ildirakni yangidan ixtiro qilishga, yozuvni yaratishga va butun dunyo tortishish qonuni ochishga zaruriyat yo‘q.
Inson va jamiyatni takomillashtirish. Asrlar tajribasini yig‘ib, madaniyat, san’at va ma’naviy yasamalik, bilim va amaliyot, axloq va huquq yutuqlarining tarixiy ahamiyatini ko‘rish va baho berishda odamga imkon beradi. Shu bilan birga odam o‘zining shaxsiy va umuminsoniy tajribasi asosida o‘rganadi. U o‘zining ma’naviy va amaliy faoliyatida uni yaxshiroq bilishga va foydalanishga qodir.

Yüklə 33,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin