Mavzu: Ijtumoiy tadqiqot metadologiyasi tuwunchasi



Yüklə 14,59 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü14,59 Kb.
#177408
  1   2   3
Reja Metodologiya tushunchasi-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Chunki

Reja: Metodologiya tushunchasi

Mavzu: Ijtumoiy tadqiqot metadologiyasi tuwunchasi


Reja:
Metodologiya tushunchasi.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlar metodologiyasi.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolarining tashkil etuvchi jabhalari.
Xozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o’ziga xoski, ularda metodologik muammolar ancha yuqoridir.
Buning sababi juda ko’p bo’lib, fan texnika taraqqiyoti bilan fan maqsadlarining uyg’unlashuvi, amaliyotining fanlar oldiga qo’yayotgan talablari darajasining ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va boshqa bir qancha omillardan yaqqol namoyon bo’layotganligidir.
Ijtimoiy psixologiya to’g’risida gapiradigan bo’lsak, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo’yayotgan talablari o’ziga xos bo’lib, bu talablarga javob berish uchun uni tekshirish usullari u darajada mukammal emasligidir. Shu davrgacha ijtimoiy psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo’ldiki, bu yerda nazariy ishlar tarkibiy ishlardan ancha ko’p. Shuning uchun ijtimoiy psixologiyada metodologik muammolarni xal qilish xozirgi kundagi asosiy vazifamiz hisoblanadi.
«Metologiya» tushunchasining ilmiy mohiyati nimadan?
Bu tushuncha turlicha talqin etilardi: Masalan, Amerikalik psixologlar metodologiya deganda tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar.
Lekin «Metodologiya» tushunchasi asli uslublar yig’indisidan kengroq tushunchadir. Xozirgi zamon yevropa olimlari xususan rus psixologlari fandagi metodologiya deganda: ushbu fanning falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. YA’ni «Metodologiya» tushunchasi «Konkret metodlar» yoki texnik usullar tushunchasidan kengroq.
Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi.
Birinchidan; emperik ma’lumotlar muommosi, ya’ni qay turdagi ma’lumotlarni ijtimoiy psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin.
Chunki Bxiaviarstlar ko’z bilan ko’rib qayd qilinadigan xulq atvor ishlarini, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo’lgan belgilarni tushunadilar. Demak, tadqiqotchilar ish boshlamay turib, nimani emperik birlik qilib olishni aniq tasavvur qilish lozim.
Ikkinchidan u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy tahminlar qilish muammosi, lekin shu tahminlarning anq chiqishi o’sha muammo bo’yicha pishiq puxta nazariyaning bor yo’qligiga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham ko’pgina fan sohasiga endigina qadam qo’ygan yosh olim yoki tadqiqotchi gipotezalar-tahminlar bayon etishga qiynaladi.
Uchinchi muammo – bu ijtimoiy psixologik ma’lumotlarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir.
Kuzatish metodi, u ijtimoiy psixologiyadan o’ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvolo nimani kuzataman, qay yo’l bilan kuzatuv birligi deb nimani olaman kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan savolga javob topib keyin tadqiqotni boshlaydi.
Kuzatuvchi tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko’ra kuzatish turli xil bo’ladi, misol: ba’zi xollarda kuzatuvchi kuzatish ob’ekti bo’lmish odamlar guruxi bilan birga yashab, ularga qo’shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to’playdi. Bu kuzatish turi «Birgalikdagi kuzatuv» deb ataladi. Boshqa xollarda esa kuzatuvchi o’z ob’ektini chetdan kuzatadi. Shuning uchun ham bunday kuzatuv turi «chetdan kuzatuv» yoki «ob’ektiv kuzatish» deb ataladi.
Ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida xar bir shaxsning xulq atvori kuzatish muhim ma’lumotlar to’plashga yordam beradi, chunki bunday kuzatish metodiga xos bo’lgan eng qimmatli narsa sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi.
Xujjatlarni o’rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning maxsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarni ishonchliligiga, matematik qayta ishlash imkoniyatini borligi bilan ajralib turadi.
Xujjat deganda og’zaki (so’zlagan nutq matnlari, suxbatlarning yozib olingan qismlari, bevosita muloqat) yoki yozma (rasmiy xujatlar, gazetalar, jurnallar) xolda tavsiya etilgan ma’lumot nazarda tutiladi. Ana shu materialni ma’naviy jixatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilish usuli ijtimoiy psixologiyada kontent analiz deyiladi.
Kontent – analizni qo’llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruvchi birliklari-kotegoriyalarini aniqlashdir.
Xujjatlarni o’rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning maxsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarni ishonchliligiga, matematik qayta ishlash imkoniyatini borligi bilan ajralib turadi.
Xujjat deganda og’zaki (so’zlagan nutq matnlari, suxbatlarning yozib olingan qismlari, bevosita muloqat) yoki yozma (rasmiy xujatlar, gazetalar, jurnallar) xolda tavsiya etilgan ma’lumot nazarda tutiladi. Ana shu materialni ma’naviy jixatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilish usuli ijtimoiy psixologiyada kontent analiz deyiladi.
Kontent – analizni qo’llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruvchi birliklari-kotegoriyalarini aniqlashdir.
So’roq metodi. So’roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. Ayniqsa, anketa so’rovi va intervpyu metodlari.
Ijtimoiy psixologik eksperiment. Eksperiment – bu ijtimoiy xodisalarni o’rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o’rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqatdir. Bunday muloqatning bo’lishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to’playdi. Bu eksperiment ham tabiiy va laborotoriya eksperimentiga bo’linadi. Tabiiy eksperiment tabiiy sharoitda o’tkaziladi.
Laborotoriya eksperimenti odatdan maxsus sharoitlarda maxsus xonalarda, kerakli asbob uskunalar yordamida o’tkaziladi. Birinchi marta laborotoriya sharoitida ijtimoiy psixologik tadqiqotni rus olimi Bexterov o’tkazgan edi.
Buning bir qancha sabablari mavjud bo`lib, ular avvalo jamiyatda ro’y berayotgan keskin o`zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti maqsadlari bilan fan maqsadalarining uyg’unlashuvi, amaliyotning fan oldiga qo’yayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nihoyat har bir fanda ro’y berayotgan o`z tadqiqot printsiplari va tekshirish usullarning qayta ko’rib chiqishga intilishning yaqqol namoyon bo`layotganligidir.
Sotsial psixologiya to’g’risida gapiriladigan bo`lsa, shuni aloxida ta`kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo’yayotgan talablari o`ziga xos bo`lib, bu talablarga javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha sotsial psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo`ldiki, bu yerda nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko`pdir. Shuning uchun ham, G.M.Andreeva sotsial psixologiyaning metodologik muammolariga to’xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko`pligini ta`kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, deb yozadi u, sotsial psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir.
Metodologiya" tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan. Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin "metodologiya" tushunchasi aslida uslublar yigindisidan kengroq tushunchadir. Hozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda, ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar.
Ya`ni, "metodologiya" tushunchasi "konkret metodlar" yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir.
Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi: Birinchidan, empirik ma`lumotlar muammosi, ya`ni ko’p turdagi ma`lumotlarni sotsial psixologik ma`lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma`lumotlar sifatida ko`z bilan ko’rib qayd qiladiganlar xulq-atvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo`lgan belgilarini tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi kerak. Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir.
Lekin asosiy tadqiqot o’tkazilgandan so’ng tekshiruvchi to’plagan ma`lumotlarning asosligi (validlilik), ya`ni tanlangan uslubining aynan shu sifatlarini tekshirishga qaratilganligini, ularning turg’unligini, ya`ni har qanday sharoitda ham shu metod yordamida va shu sharoitda ayni shu xildagi ma`lumot to’plashini va ma`lumotlarning aniqligini, ya`ni tanlangan uslub maqsadga muvofiqligini isbotlab berishi kerak.
Nihoyat, ma`lumotlarning sifati tadqiqotchining o`z ishlari bo’yicha tuzgan hisobotiga ham bog’liq. Sotsial psixologik tadqiqot haqidagi hisobot quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:

Yüklə 14,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin