Namangan davlat universiteti
Biotexnologiya fakulteti
ZOI-AU-21-gurux talabasi
Isoqova Zaynapxonning
O’zbekistoning eng yangi tarixi
fanidan yozgan
Referati
Topshirdi:
Isoqova Z
Qabul qildi:
Maxmudov M
O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi.
Reja:
1. O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
2. Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam
huquqiy bog’lanishining ahamiyati
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha
tarmoqlarini demokratlashtirish yo’liga o’tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki,
shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va amalda
ta’minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning
boy ma’naviy salohiyati, uning tasarrufida bo’lmish ulkan tabiiy boyliklar va
texnikaviy imkoniyatlar, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik
rivojlanish hamda inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni
bosqichma-bosqich yaratish imkonini bermoqda.
O’zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948
yilda qabul qilingan “ Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ifodasini topgan
qoidalarni
yahlit
mushtaraklikda
mujassamlashtirib
olgan.
O’zbekiston
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’I
nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi
hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo’lishi shart.
Inson huquqlari jahonda yetakchi maqomga ega. Har qanday rivojlangan demokratik
fuqarolik jamiyatini barpo etishda inson huquqlari roliga yetarli baho bermaslik
mumkin emas. Asosiy huquq va erkinliklarning rag’batlantirilishi hamda
himoyalanishi yanada muhimrog’i,k jamiyatda har bir inson huquqlari
kafolatlarining amaldagi tizimining tashkil etilishi huquqiy davlat qurishning bosh
sharti hisoblanadi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq
qoidalariga, Birlashgan millatlar tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson
huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning ko‘pgina taraqqiy etgan va
rivojlanayotgan mamlakatlarining konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu
bilan birga boy tarixdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik
an’analari ham chuqur o‘rganildi. Yangi mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida 0
‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O’zbekiston
mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tishning
shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson
huquqining ustuvorligi o‘z ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan
masalalami birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har
bir bolimini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil
etildi. O’zbekiston Respublikasi o’zining ichki va tashqi siyosatida BMT ning
ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan “ Inson huquq va
erkinliklarining universalligi” talablariga qat’iy rioya etib, ular himoyasi barcha
davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi
haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar
huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning
aksariyatini BMT ning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi.
Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta’minlash va
himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakillantirmoqda. Bugungi kunda
Evropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini ta’minlashning
ko’proq rivojlangan tizimi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hozir inson huquq
va erkinliklarini himoyalash sohasidagi 60 dan ortiq xalqaro-huquqiy hujjatlarga
qo’shilgan.
Inson huquqlari-inson shaxsi va turmushining tarkibiy qismi. Odatda, inson
huquqlarining uch bo’g’ini bir-biridan farqlanadi: fuqarolik va siyosiy huquqlari;
yashash huquqi, qiynoqqa solishning, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning
daxlsizligi huquqi, fikr va so’z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va
boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish
huquqi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish
va uchinchi bo’g’in huquqi, deb ataluvchilar (tinchlikda bo’lgan huquq,
rivojlanishga bo’lgan huquq va h. k).
Mazkur qoidaq O’zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab
qo’yilgan. Unga ko’ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari-nafaqa oluvchilar,
nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnatfaxriylariga qonunga binoan biror-bir
imtiyozlar berilishi mumkin. Belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat va qonun oldida
tenglik prinsiplariga asoslanishi darkor.
Jamiyatda shaxsning tutgan o’rni, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda
burchlari konstitutsiyaviy huquq normalarida o’z ifodasini topqdi. Inson va jamiyat,
shaxs va davlat munosabatlaridagi qator muammolar yechimini topishda,
avvalambor huququy holatiga qanchalik yondashilganligi katta ahamiyatga ega.
Shaxsning huquqiy holatining asoslari, uning tarkibiy qismlari har bir taraqqiy etgan
mamlakatlar konstitutsiyalari,
konstitutsiyaviy
qonunlari
va qonunlarida
mustahkamlab qo’yilgan.
Har bir shaxs jamiyat a’zosi sifatida namoyon bo’lar ekan, shu jamiyat va uning
a’zolari oldida ma’lum mas’uliyatlarni o’z bo’yniga oladi. Chunki shu jamiyat a’zosi
sifatidagina u ma’lum mavqeiga ega ekan, shu sababli jamiyatning faol a’zosiga
aylanishi lozim.
Jamiyat o’z navbatida davlat bilan ham ma’lum munosabatlar o’rnatadiki, bunday
munosabatlarning eng yuqori ko’rinishi, o’zining har bir a’zosining huquq va
erkinliklari davlat tomonidan himoya qilinishi, himoya qilinishining muammosini
qanchalik darajada hal qilinganligi bilan ifodalanadi. Davlat jamiyat hayotidagi
barcha ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy munosabatlari tartibga solib borish vazifasini
amalgam oshirishda huquqiy vositalardan qanchalik mohirona foydalana olsa,
jamiyat hayoti ham shunchalik erkin muhitga ega bo’ladi. Shaxsning huquqiy holati
asosan ikki mezon asosida belgilanadi. Birinchidan, shaxsning jamiyat a’zosi
sifatidagi munosabatlarida, ikkinchidan, shaxsning muayyan davlat bilan yuzaga
keladigan munosabatlar asosida.
Shaxs huquqiy holatini belgilovchi, ya’ni shaxsning tartibga solinishi jamiyatda
amalda bo’lgan ijtimoiy normalar ta’sirida yuzaga keladi. Bunda urf-odat, odob-
axloq normalarining, jamiyatda mavjud va shakllanayotgan an’analarning alohida
o’rni mavjud. Shunga qaramay, ijtimoiy normalar shaxsning huquqiy holatiga
salmoqli ta’sir o’tkazmaydi.
Shaxs bilan davlat o’tasidagi munosabatlar hujjatlar bilan tartibga solinadi. Davlat
mavjud bo’lgan barcha huquq sohalarining vazifasim ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishga qaratilgan bo’lsada, eng asosiy tomoni-konstitutsiyaviy huquq
sohasi asosida shaxsning huquqiy holatiga ma’lum baho berish mumkin.
Shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi qator omillar mavjudki, ular bevosita
shaxsning jamiyat va davlat bilan bo’lgan munosabatlarida ko’rinadi.
Avvalambor shaxsning muayyan davlat bilan uzviy huquqiy munosabatda bo’lishi,
ya’ni shu davlat fuqaroligiga ega bo’lishlikning o’zi alohida huquqiy holatni
belgilab beradi. Fuqaroligi bo’lmagan, ya’ni hech bir davlat fuqaroligini olmagan
shaxslarning huquqiy holati muayyan davlat alohida holatda bo’ladi.
Ikki fuqarolikka yoki ko’p fuqarolikka ega bo’lgan shaxslarning huquqiy holati ham
ma’lum munosabatlarda o’zgacha holat kasb etadi. Demak, fuqarolik, fuqarolikka
ega bo’lmaslik, ko’p fuqarolik masalalari shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi
omildir. Ikkinchidan, shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri,
shaxsning ma’lum yoshga to’lishi va natijada muomala layoqatiga ega bo’lishi
hisoblanadi.
Huquqiy layoqatga ega bo’lish ham alohida ahamiyat kasb etadi, ya’ni o’z hatti-
harakatiga ongli ravishda yondasha olishlik lozim. O’zbekiston qonunlari bilan
inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan qonuniy cheklashlarga qo’yiladigan
aniq talablar quyidagicha belgilangan:
1. faqat qonunga asoslanish;
2. boshqalarning huquq va erkinliklarini xurmatlash, axloq talablarini,
demokratik jamiyatda jamoat tartibi va ijtimoiy farovonlik talablarini
qondirish maqsadlarida amalgam oshirish.
Shu bilan birga huquq va erkinliklarni cheklashga favqulotda hollardagina yo’l
qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: |