Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə1/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u


Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari

  1. Yordamchi so`zlarning grammatik xususiyatlari haqida fikringizni to`liq bayon eting

Rеjа:

  1. Leksemalarning ma’noviy tasnifidagi “ma’noviy nomustaqillik” belgisi tushunchasi.

  2. Yordamchi so’zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi.

  3. Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlаri.

  4. Ko’makchi.

  5. Bog’lovchi.

  6. Yuklama.

Leksemalarning ma’noviy tasnifidagi “ma’noviy nomustaqillik” tushunchasi. Barchaga ma’lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo’linadi: mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar. Bular orasidagi zidlanishni ma’noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko’ra yordamchi so’zlar belgili, mustaqil so’zlar esa belgisiz a’zo mavqeini egallaydi. Yordamchi so’zlar hech qachon mustaqil qo’llanmaydi, bog’liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so’zlar esa mustaqil qo’llanilish va ma’no ifodalash qobiliyatiga egadir.
Leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqich belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, “ma’noviy nomustaqillik” bo’lishining sababi mustaqil leksemalarning bu belgiga nisbatan betarafligidir. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda mustaqil ma’noning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so’zlarda “ma’noviy mustaqillik” belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunos-likda boshqacha, biologiyada esa tamoman o’zgacha talqin etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o’xshash hodisalarni sifat, fe’l, ravishlar ichida ham ko’plab uchratish mumkin. Bularning barchasi “ma’noviy mustaqillik” belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko’rsatadi. Mana shuning uchun leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, balki “ma’noviy nomustaqillik” bo’la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar kuchli (belgili) a’zoni tashkil etadi. Sof ko’makchi, sof bog’lovchi, sof yuklamalar hech qachon mustaqil ma’noli so’zlar xususiyatiga ega bo’la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o’ta olmaydi.

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin