Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u
Orqali ko'makchisi harakatning biror vosita bilan bajarilishini bildiradi: Anvar оz istiqbolini yolg 'iz muhabbat orqali ko'rar edi. (A.Qod.) Bilan va orqali ko'makchilari vosita ma'nosini anglatishlariga ko'ra ma'nodoshlik hosil qiladi. Ammo bu ma'nodoshlik ma'lum kontekstlardagina voqealanadi. O'rin ma'nosini ifodalagan otlar bilan birikkanda bilan va orqali ko'makchilari sinonim bo'ladi: Katta yo'l orqali yurib borib chapga burildik - Katta yo 7 bilan yurib borib chapga burildik. Agar ko'makchi boshqarayotgan ot o'rin ma'nosini ifodalamasa, bu ko'makchilar ma'nodoshlik kasb etmaydi. Chunonchi,... Yigitga deraza orqali to'yib - to'yib qarashga zor bo'lsa - Sari ko'makchisi harakatning yo'naltirilgan o'rni, payti ma'nosini anglatadi: Hirot sariyurdik. (Oyb.) Ko'krak og'rig'im borgan sari battar bo'lyapti. (Oyb.) Sari ko'makchisi o'rin, tomon, payt ma'nosini bildirganda sayin ko'makchilari bilan ma'nodosh bo'ladi. Gapda payt holi, o'rin holi, to'ldiruvchi vazifalarida keladi.
Ma'lumki, sistem tahlil jarayonida har bir narsaning mohiyati shu narsaning o'ziga o'xshash, ayni vaqtda undan farqli va unga zid boshqa narsalar bilan bo'lgan munosabati orqali ochiladi. Jumladan, o'zbek tilining lug'aviy tizimi mustaqil va yordamchi leksemalarga bo'linadi. O'z navbatida mustaqil leksemalar atash/nomlash vazifasini bajaruvchi atovchi leksemalarga va ishora ma'noli leksemalarga (olmoshlarga), yordamchilar esa ko'makchi, bog'lovchi, yuklamalarga, bularning har bin, o'z navbatida, yana boshqa guruhlarga pog'onali ravishda bo'linib ketaveradi. Tilimizning yordamchi so'zlar, mustaqil so'zlar va morfemalar tizimi izchil pog'onaviy (ierarxik) tuzilishga ega bo'lib, nisbiy va quyi pog'onalar o'zaro gipo-giperonimik (tur-jins) munosabatlari bilan bog'lanadi - har bir yuqori bosqich quyi pog'ona uchun giperonim mavqeida, quyi bosqich yuqori bosqichga nisbatan giponim mavqeida bo'ladi. Demak, so'z yoki morfema ma'lum bir pog'onalardan o'tib lisoniy birlik darajasiga
etadi va kishi ongida tayyor, majmui sifot sifatida yashaydi. Quyida ayrim yordamchi so'z (ko'makchi)larning ULM (umumlisoniy ma'no) sini berishga harakat qilamiz:
Bilan- leksik sath birligi-ma'noviy nomustaqil - umum-lashgan grammatik ma'noli - shaklan morfologik o'zgarmas -leksoid va affiksoid ko'rimshli-yakka qo'llanishli-sintaktik bog'-lash vazifasida kela oladigan lisomy birlik.
Kabi- leksik sath birligi-ma'noviy nomustaqil-umum-lashgan grammatik ma'noli-shaklan morfologik o'zgarmas-lek-soid ko'rinishli-yakka qo'llanishli-sintaktik bog'lash vazifasida kela oladigan hsoniy birlik.
Boshqa ko'makchilarga ham ta'rif berish mumkin.