Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u
Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlari. Yordamchi so’zlar shakliy хususiyatariga ko’ra:
a) qo’shimchasimon yordamchi so’zlar;
b) sof yordamchi so’zlar;
v) nisbiy yordamchi so’zlar.
Qo’shimchasimon yordamchi so’zlar har uchala yordamchi so’zlar tarkibida uchraydi. Ko’makchilar orasida -dek/-day,-cha, bog’lovchilar orasida –ki/-kim; -u, -yu,-da affikssimon yuklama - bog’lovchilar, yuklamalar orasida -mi, -chi, -a, -ya, -ku,-o q (-yo q), -da, -gina kabi qo’shimchaga o’xshash yordamchi so’zlarni uchratish mumkin. Qo’shimchasimon yordamchi so’zlar shaklan qo’shimchaga o’xshaydi, ammo yordamchi so’zlarning vazifasini bajaradi. Chunonchi, 1.Po’latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo’ladi. (O.Muх.)2.Shu payt o’g’ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog’iga otildi. (Oyb.)3.Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm) Sof ko’makchilar sirasiga avvaldan ma’lum uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali so’zlari; sof bog’lovchilar sirasiga va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoxud, go’yo, agar, basharti kabilar; sof yuklamalar qatoriga xuddi, faqat, axir, hatto, naq, atigi so’zlari kiradi.
Nisbiy yordamchi so’zlar atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo’lgan so’zning yordamchi vazifasida qo’llanilishi (old, orqa, avval, bo’ylab, boshlab…) yoki tabiatida “shakldoshlik” mavjud bo’lgan birliklar tushuniladi. Masalan, “yolg’iz” sifat turkumiga oid so’z yuklama o’rnida (YOlg’iz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomg’ir yog’adi, vaqtida qor gapida vaqtida so’zining vazifasi bog’lovchilarga yaqindir. Bunga o’xshash misollar nutqimizda ko’p uchraydi. Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlarini quyidagi jadvalda umumlashtirish mumkin:
Jadvaldan ko’rinib turganidek, yordamchi so’zlar salmog’i mustaqil so’zlar hisobidan ortib boradi. Yordamchi so’zlarning boyishida yana bir yo’l ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o’tishidir, aniqr-og’i, “oraliq hodisa” xususiyatiga ega bo’lgan ko’makchi-bog’lovchi, bog’lovchi-yuklamalarning mavjudligi. Masalan, bilan, deb, deya kabilar ko’makchi-bog’lovchilardir. Ushbu ko’makchilarning bog’lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisadir. Ammo lekin bu ishni paysalga solish yaramaydi gapida bog’lovchi-yuklama qo’llanilgan, ya’ni ammo bog’lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan.
Bugungi kunda yordamchi so’zlarni har tomonlama o’rganish, ularni lisoniy tahlil qilish ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda.
Yordamchi so`zlar: ko`makchilar, asl ko`makchilar haqida fikringizni to`liq bayon eting hamda badiiy adabiyotlardan 20 ta misol yozing va tahlil qiling