Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə35/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

3. Kesim va uning ifodalanishi.
Ega xaqida tasdiq yoki inkorni, so'roqni bildirgan gap bo'lagi kesim deyiladi. Kesim egaga tobe, o'ziga bog'lanib kelgan so'zlarga nisbatan xokimdir. Kesim turli so'z turkumlari bilan ifoda qilinadi. Tuslangan fellar ikki sastavli gaplarning kesimi uchun tipik formadir. Odatda, gap bir so'z orqali ham ma'lum intonasiya yordamida ifodalanishi mumkin. Bir sastavli gapda predikativli struktura jihatidan ko'pincha kesim orqali ro'yobga chiqadi. Demak, kesim egasi maxsus so'z orqali ifodalanmagan gapda ham mavjud bo'ladi.
Gapda predikativligini anglatish har vaqt egani izohlashga asoslana bermaydi. Ifodaning musbiy tugalligini yuzaga keltirishda kesim asosiy rol o'ynaydi. Kesim so'z yoki so'zlar birikuvi bilan ifodalanadi. Bunday kesimli gaplar ikki xil konstruksiyada bo'ladi. Birinchi xil konstruksiya ikki sastavli gap bo'lib, ularda keisim ma'lum ega to'g'risidagi xukumni ifodalaydi. Demak, ikki sastavli gaplardagi kesim egani izohlab, unga tobe bo'lib keladi. Kesimni bir tarkibli gaplarda kesim yolg'iz ifodalanib, egaga bog'lanmaydi, chunki eganing o'zi ifodalanmaydi. Bunga gaplarda kesimdan anglashilgan bo'lishli yoki bo'lishsiz ish-harakat, xolat yoki biror belgi maxsus bir predmetga-egaga bog'liq bo'lmaydi. Shaxsi noma'lum, shaxsi umumlashgan gaplarda esa kesim ma'lum biror konkret shaxs bilan bog'lanmaydi.
Kesimning nuqtadagi funksiyasi gapni shaklantirishdangina iborat bo'lmay, balki gapdagi sintaktik va semantik hususiyatlar asosida bir yoki bir necha bo'laklarning o'ziga ergashtirib, fikrni to'la ifodalash imkoniyatini ham yaratadi. Kesimlar fel'dan tashqari, ot, sifat, son olmosh, ravish, shunigdek, ravishdosh, harakat nomi bilan ham ifodalanadi. Qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanishiga qarab, kesimlar ikki gruppaga bo'linadi:
1. Fe'l kesim
2. Ot kesim
Fe`l kesim.
Felning tuslangan formalari, ba'zan ravishdosh formasi gapda fe'l kesim bo'lib keladi.
Masalan:
1. Uning qo'l ostida.. yigirmadan ziyod odam ishlaydi. (P.K)
2. Ona rozi bo'lgach, suyunib ketdi. (M.G)
3. Quyosh ko'tarilib, atrofni yorita boshladi.
Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin