Islom inson ma’naviy madaniyatini tarbiyalash omillari haqida Annotatsiya



Yüklə 75,66 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü75,66 Kb.
#189746
10-seminar


Islom inson ma’naviy madaniyatini tarbiyalash omillari haqida
Annotatsiya: Mazkur maqolada islom dini jamiyat hayotiga kirib kelgan
davrning insonlar madaniy-manaviy hayotiga ta’siri va ta’lim-tarbiya borasidagi o‘zgarishlar haqida so`z yurtiladi. Shunigdek islomda ota-onaga bo`lgan hurmat, e’tibor masalallari hamda islom odobiga ko`ra farzand tarbiyasi xususidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Movarounnahr, masjidlar, islom, tarbiya, idlom odobi, hadis, kamolot, tenglik, tinchlik.

Kirish


VII asr birinchi yarmida Islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarimoroli, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qancha mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi. Arablarning Movarounnahrga bo‘lgan birinchi yurishi 651-yili Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676-yili esa, Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Samarqand, Kesh hamda Nasaf kabi shaharlar bosib olindi.Ikkinchi yurish esa, 705- yili Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim boshchiligida sodir bo‘ldi. Arablar VIII asrning o‘rtalariga kelib Movarounnahrni to‘la zabt etishga erishdilar1. Arablar tomonidan bosib olingan yerlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilarining Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilish jarayoni qiyin kechgan va bu jarayon bir necha yillar davomida amalga oshirilgan. Chunki Movarounnahr yurti arab istilosiga qadar ham ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan taraqqiy etgan bo‘lib, bu mamlakatda yashovchi xalqlar turmush tarziga ko‘ra ham arablarga nisbatan bir qadar ustunlikka ega edilar. Zero, mazkur hududda



1 O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi “I” harfi 2000.

112


yashovchi xalqlarning aksariyati o‘troq xalqlar bo‘lib, turg‘un holda dehqonchilik bilan shug‘ullanar edilar. Shu bois ular tezda arab istilochilariga bo‘ysuna qolmadilar. Movarounnahrda Islom ta'limoti g‘oyalari yoyilgunga qadar bu erda yashovchi xalqlar ko‘psonli xudolarga, quyoshga, ko‘k din(shaman)ga hamda o‘zlari muqaddas deb bilgan narsalarga sig‘inishar edi.2 Shunga ko‘ra, o‘lkada yagona bir g‘oyaviy e'tiqod tarkib topmagan bolib, bu holat aksariyat vaziyatlarda turli elatlar o‘rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarar va o‘zaro janjallarga sabab bo‘lar edi. Movarounnahrda Islom talimoti g‘oyalarining yoyilishi, kishilar tomonidan shariat qoidalari, Islom dini aqidalariga bo‘ysunish, yagona va qudratli Allohga sig‘inish, Allohning yerdagi rasuli (elchisi) bo‘lgan Muhammad alayhis-salom ko‘rsatmalariga rioya etish xalqning ongiga chuqur singib, ular tomonidan mazkur din asoslarining qabul qilinishiga zamin hozirladi. Natijada Movarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa boshladi.Ulkan hududni qamrab olgan Arab xalifaligi davlatining hukmronligi davrida ijtimoiy hayot, turmush tarzi, ilmu-fan va madaniyat yanada rivojlandi. Ushbu davrlarda qadimgi yunon va Rim madaniy merosi negizida bir qancha fanlar yangi tushuncha va bilimlar bilan boyidi. Masjidlar va ular huzuridagi maktablarda ta’lim-tarbiya. Savod chiqarish uslubiyoti. “Chor kitob” va “Xaftiyak” - dastlabki savod darsliklari. Hadis ilmining paydo bo‘lishi, Imom Ismoil al-Buxoriy, at- Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari islom olamida ta’lim va tarbiyaning yuksalaishida beqiyos kuch bo‘lgan. «Qur'on»ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta hurmatga sazovor edilar. Bora-bora o‘qimishli kishilar, ya'ni domlalar alohida ajralib, o‘z xonadonlarida ham maktablar ocha boshladilar. Talabalar maktabdor domlalar maktabida husnixat, og‘zaki hisobni o‘rganar, asta-sekin fors-tojik va turkiy tildagi kitoblarni, qo‘lyozmalar ham o‘qitilar, o‘rgatilar edi.Husnixat va arifmetika bilan yana xususiy muallimda shug‘ullanar edilar. Movarounnahrda arab bo‘lmagan bolalar uchun «Xaftiyak» VIII asrda tuzilgan bo‘lib, «Qur'on» suralaridan ettidan biri tanlab olingan darslik sifatida o‘rganilgan.X—XII asrlarda islom dini rukunlari fors tilida she'r va nasr bilan bayon qilingan, «Chor kitob» o‘qitila boshlandi. XII asrdan boshlab Ahmad Yassaviy, uning turkiy tilda yozilgan she'r va boshqa asarlari vositasida islom dini rukunlari turkiy tilda o‘rganila boshlandi. Maktablarda faqat o‘g‘il bolalar o‘qir, qizlar esa otinoyilar



2 Falsafa qomusiy lug`at
113
uyida o‘qitilar, ular yozuvni emas, faqat o‘qishni o‘rganar edilar. X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo‘la boshlaydi. «Madrasa» so‘zi «dars o‘qitiladigan joy»,
«ma'ruza tinglaydigan joy» ma'nosini anglatadi. Malumki, madrasalarda musulmon diniy oqimlari arab tili grammatikasi va qoidachilik, ilohiyot, mantiq, notiqlik mahorati, kalom o‘rgatilgan. Asta-sekin madrasalarda astronomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o‘qitila boshlandi. Madrasalarda 15-20, 30-40 va 100-150 tacha talaba o‘qigan. Madrasani bitirib chiqqanlar imom-xatib, qozixonalar va boshqa ma'muriy ishlarda ish olib borar edi.«Qur'on»g‘oyalarining ma'-naviy- axloqiy xususiyatlari xususida so‘z yuritilar ekan, uning insonning ma'naviy kamolga etishishida qay darajada muhim o‘ringa ega ekanligiga amin bo‘lamizQur'oni Karim kishilarni tinch-totuv yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik va bir-biriga mehr- muhabbat ko‘rsatishga undaydi. «Qur'on»ning axloqiy qimmati insonning ma'naviy kamolotga erishishida rioya etishi lozim bo‘lgan talablarni bir butun holda mujassam eta olganligi bilan belgilanadi. Shu bois u necha asrlardan buyon insoniyatning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri sifatida e'zozlanib kelinmoqda.Aslini olganda, islomda ilohiy va dunyoviy hodisalar alohida-alohida olib qaralmaydi. Islom ta'limotida insonning ruhiy va jismoniy kamolotiga ham birdek e'tibor beriladi.Islomiy g‘oyalar odamlarni yaxshilikka davat etadi, ularni yomonlikdan qaytaradi. Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma'naviy poklik, mehnat qilish hamda er yuzini obod va go‘zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ‘ib etadi3.uni biz
«Qur'on»ning inson kamolotga erishishidagi ahamiyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati mazmunidan ham bilsak bo‘ladi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan musulmon olami, xususan, islom diniga e'tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, ma'naviyati va ma'rifatiga oid qarashlar axloqiy me'yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, inson kamoloti avvalo uning bilim va tafakkur darajasi bilan belgilanadi. Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga undab kelgan. Ilm-fan, ma'rifat taraqqiy etgan jamiyatgina ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. «Qur'on»ning «Zumar» surasi 9-oyatida kishilarni ilm



3 Milliy istiqlol g'oyasi, asosiy tushuncha va tamoyillar. Darslik 2000-y.


114
o‘rganishga davat etuvchi shunday fikrlar bayon etiladi: «Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand- nasihat qila olurlar».Islomda insonning aqliy kamoloti va tafakkurini rivojlantirishga katta e'tibor beriladi: bular ilm va haqiqatni dalillar yordamida isbotlash, so‘zlaganda va amaliy harakatni tashkil etganda aniqlikka e'tibor berish, fikr yuritishda va muayyan faoliyatni yo‘lga qo‘yishda o‘zgalarga taqlid qilishdan saqlanish maqsadga muvofiq ekanligi qayta-qayta uqtiriladi.Ko‘rinib turibdiki, islom dini ta'limotiga ko‘ra, bilim va aqliy kamolot inson yetukligining asosiy mezoni sanalgan.Ilm-fan taraqqiyoti insonning axloqiy kamolga etishida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bois «Qur'on»da xulq-odob qoidalari majmuining yaratilishiga asosiy e'tibor qaratiladi. Muayyan shaxs, jamiyatning ravnaq topishida axloqning o‘ziga xos o‘rni tavsiflanadi. Zero, o‘zi yashab turgan jamiyat a'zosi bo‘lgan har bir kishining axloqsizligi jamiyatga sezilarli darajada zarar etkazsa, axloqli kishilar uning gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shadilar.«Qur'on»da har bir mo‘min-musulmon bajarishi zarur bo‘lgan yaxshi amallar inson kamolotini belgilovchi omillardir, deb tushuntiriladi. Zero, Islom dini g‘oyalarining asl mohiyati ham kishilarga yomonlikning oqibatlarini ko‘rsatish, ularni doimo to‘g‘riyo‘lda yurishga da’vat etish va yomonlikning oldini olishdan iboratdir.Ota-onalar Qur’oni Karim g‘oyalariga ko‘ra engbirinchi navbatda ehson ko‘rsatilishga loyiq kishilar sifatida qayd etilgani holda ularning haqlari belgilab beriladi. Ota-onaning farzand oldidagi haqqi quyidagilardan iboratdir:farzandga ota-ona xatti-harakatlarining malol kelmasligi;ota- ona bilan gaplashganda ularning dillariga og‘ir botadigan so‘z aytmaslik; ota-onaga ehtirom bajo keltirish;ota-onaga rahm-shafqat ko‘rsatish;ota-onaning haqlariga duo qilish.«Qur'on»da faqat ota-ona emas, oilaning boshqa a'zolariga, qarindoshlar, yetimlar, kambag‘allar, qo‘ni-qo‘shnilarga ham yaxshilik qilish ta'kidlangan. «Niso» surasining 36-oyatida «Ota-onangizga ham qarin-dosh-urug‘, etim va miskinlarga, qarindosh, qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga yaxshilik qilingiz!»4 deya, kishilarni bir-biriga yaxshilik qilishga undaydi.Bu oyat katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega. Chunki har bir oilaning mustahkamligi jamiyatni mustahkamlashga, har bir etimga g‘amxo‘rlik esa jamiyatning taqdiri uchun harakat qiladigan ma'naviy yuk-sak insonni kamolga etkazishga olib keladi. Qo‘ni- qo‘shnilar bilan totuv-lik esa mahalla hayotining tinch-totuv bo‘lishini ta'minlaydi, bu



4 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Qur’oni Karim ma’nolar tarjimasi” Hilol nashr 2022
115
esa o‘z navbatida jamiyatning barqarorligiga olib keladi. Demak, yuqoridagi sura oila va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam aloqa mohiyatini ham ifoda etadi.«Qur'on»da sabr- qanoatga ham yuksak axloqiy fazilat sifatida katta e'tibor beriladi. Shuning uchun ham sabr «Qur'on»da eng ko‘p zikr etiladigan xislat bo‘lib, quyidagi xislatlarni kamol toptiradi. Shu o‘rinda shijoat qiyinchlliklarga, halimlik esa jahlga sabr qilishning mezoni sifatida talqin etiladi.«Qur'on»ning bir qancha oyatlarida shirinsuxanlik, to‘g‘ri so‘z va muomala madaniyati borasida so‘z yuritiladi. Muomala madaniyatiga rioya qilish qonun-qoidalari Islom dini g‘oyalari yaratilgunga qadar ham shakllangan bo‘lsada, biroq Islom talimotigina uning asl mohiyati, inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini to‘la ravishda ochib berdi. Kishilarida shirinso‘zlilik, madaniy muomala ko‘nikmalari taraqqiy etgan mamlakatlardagina ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy taraqqiyot ro‘y beradi. Shirinso‘zlilik insonning muomala madaniyatiga ega ekanligi ko‘rsatadi, uning obro‘sini oshiradi, elning hurmatiga sazovor qiladi. Shu bois
«Qur'on»da har bir insonning shirinso‘z bo‘lishi ham o‘zi uchun, ham jamiyat uchun foydali ekanligiga alohida ta'kidlanadi. Boshqa oyatda esa, Alloh kishilarni so‘zlashganda past ovoz bilan so‘zlashga undaydi: «Kishilarga chiroyli so‘zlar so‘zlangiz» («Baqara» surasi, 53-oyat).So‘zlashganda ochiq yuzli bo‘lish, qo‘pollik qilmaslik, xushmuomala bo‘lish odoblari hayotda tinchlik va baxt-saodatga eltuvchi yorug‘ yo‘1 sifatida talqin etiladi. Haqiqatan ham so‘zlashish madaniyati har bir inson uchun eng zarur, unga baxt-saodat, jamiyatga esa ravnaq keltiradigan muhim fazilatdir. Keltirilgan misollardan ayon bolmoqdaki, muomala madaniyati barcha davrlarda ham insoniylikning eng ulug‘ sifati tarzida talqin etilgan. Zero, xalqaro maydonda davlatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni o‘rnatishda ham muayyan davlatning rasmiy vakili sanalgan elchilarning so‘zlashuv madaniyati qoidalarining mohiyatidan nechog‘li xabardor bo‘lishlari hamda ularga qafiy amal qila olishlari nihoyatda muhimdir.«Qur'on»da yaxshi fazilatlarga ega kishilar bilan hamsuhbat bo‘lish insonning kamolotga erishuvini ta'minlovchi omillardan biri ekanligi hara alohida ta'kidlanadi. Bu yaxshilar bilan do‘st bo‘lish imkoniyatini yaratadi, do‘stni dushmandan ajrata olish layoqatining shakllanishiga imkon tug‘diradi, o‘ziga nisbatan hamkor- do‘st tanlashga yordam beradi.«Qur'on»da yana insonni axloqiy kamolga yetkazishga zid xususiyatlar: manmanlik, aroqxo‘rlik, qimorbozlik, yolg‘onchilik, boshqalarni kamsitish, badgumonlik, josuslik, g‘iybatchilik, maishiy buzuqlik, g‘azabnoklik, hasadgo‘ylik, ochko‘zlik kabilar xususida ham muhim fikrlar
116
bildirilgan.Manmanlik - o‘z aybini tan olmaslik, takabburlik sanaladi. Manmanlik illati kishilarni sog‘lom fikr yuritishdan, o‘zini takomillashtirib borishdan mahrum etadi. Natijada jaholat illati paydo bo‘ladi.Xulosa qilib aytganda, Islom va uning asosiy talimoti mujassamlash-gan Qur'oni Karim insonda aqliy, axloqiy hamda jismoniy xislatlarni shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, komil insonni tarbiyalashda muhim manba bolib xizmat qiladi.Har bir inson qilgan ezgu amallari va odob-axloqi bilan yaxshi nom qoldiradi. Mazkur holat hadislar mazmunida shunday talqin etiladi: «Mo‘min kishiga vafotidan keyin savobi tegib etib turadigan amali solihlar quyidagilardir:. Tarqatgan ilmi.. Qoldirgan solih farzandi.. Meros qoldirgan Qur'oni.4. Qurgan masjidi.5. Yo‘lovchilar uchun qurgan mehmonxonasi.6. Qazigan arig‘i.7. Tirikligida va sog‘lomligida sadaqa - ehson uchun ajratgan moli».5Haqiqatan ham inson hayotdan o‘tadi, lekin u ilm-ma'rifat, ziyo tarqatishda, xalq farovonligi yo‘lida qilgan ishlari bilan xalq orasida abadiy qoladi. Ana shunday xislatlardan eng muhimi saxovatdir.Bir qancha hadislar mazmunan insonni saxovatli bolishga undaydi. Saxovatli inson jamiyat taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shadi, uning ravnaqi yo‘lida mehnat qiladi, atrofdagilarni o‘zi ega bolgan ne'matlardan bahramand etadi.Shu bilan birga, hadislarda yana kishilarni baxillik va mol-mulkka hirs qo‘yishdan saqlanish kerakligi, kelajakka nisbatan ishonch bilan yashash xususidagi fikrlar ham o‘rin olgan. Chunonchi, «Birortangiz ekish uchun qolingizda biror ko‘chatni ushlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bolib qolsa-yu, qiyomat qoyim bo‘lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko‘zingiz etsa, albatta, ekib qo‘ying», - degan fikrlar hayotga bo‘lgan umid, kelajakka bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasidir.Xulq-odob haqidagi hadislarda ezgu insoniy xislatlar ulug‘lanib, gunoh sanalgan illatlar qoralanadi.
Bundan tashqari, sha'riy udum va urf-odatlarga amal qilish, ularni o‘tkazishga oid xulq-odob qoidalari ham bayon etiladi. Turli marosimlarni o‘tkazish tartibi, safar qoidalari, salomatlikni saqlash, salomlashish, muomala madaniyati, beraor kisbi holini so‘rash odobi, kiyinish qoidalari, emoq-ichmoq, so‘zlashish odobi va hokazolar haqida turli tavsiyalar beriladiki, ular bevosita keyingi davrlarda yaratilgan odob-axloq qoidalari borasidagi risolalarning mazmunini yoritishda asos bolib xizmat qiladi. Hadislarda jamiyat ravnaqi, insoniyat taraqqiyotining ta'minlanishiga ta'sir etuvchi



5 O`zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy sahifasi.


117
muammolarga ham jiddiy e'tibor berilgan. Ularning orasida ekologik muammolarga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, necha asrlardan buyon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ana shunday muammolar mohiyatini o‘z mazmunida aks ettirgan hadislarda ekin hamda ko‘chatlarni o‘tqazish, ularni himoya etish, ariq-zovurlar qazish va ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish, suv chiqarish kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga undovchi fikrlar mujassamlangan. Masalan, tirik jonivorlarni o‘ldirmaslik (shariatdan o‘ldirishga buyurilgan ilon va chayondan bo‘lak), jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularga ozor bermaslik, inson yashaydigan joyni unga ozor beradigan narsalardan tozalash (227-va 446-hadislar), kishilarga soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, hovli sahnlarini toza tutish haqidagi hadislar shular jumlasidan. Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki islom ta’limoti va islom odobi dunyo dinlari orasidagi eng to`g`ri din va eng mukammal din sifatida tan olinadi.
Yüklə 75,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin