Sodda hukmlar va ularning turlari” Mavzusidan tayyorlangan slayd



Yüklə 0,5 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#43602
Sodda hukmlar slayd

"Sodda hukmlar va ularning turlari”

Mavzusidan tayyorlangan slayd

TAYYORLADI: AHROROVA SHAHRIZODA


Bizning har bir chin (yoki xato) fikrimiz voqelikdagi narsa va xodisalarning xossalari, o’zaro munosabatlari borligi yoki yo’qligi hamda bu voqelik elementlarining xossalari, ular orasidagi munosabatning doimiyligi, zaruriy yoki tasodifiyligi xaqida borsa, unda bizning fikrimiz hukm shaklida ifodalanadi. Tasdiq yoki inkor har bir hukmning xarakterli belgisidir. Shuning uchun, agar hukm o’ziga xos bo’lgan tasdiq yoki inkor belgisiga ega bo’lmasa, u hukm bo’la olmaydi. Demak, hukm narsa va xodisalar, ularning turli belgilari, xususiyati va munosabatlari haqidagi tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir.

Chin hukmda buyum belgisi va munosabati xaqidagi fikr voqe'likda buyum belgisi va munosabati qanday bo’lsa, xuddi shunday olinadi. Masalan, Antarktida okeandir – chin hukm. Agar voqe'likdagi buyumlarga xos xususiyat va munosabat xos emas deb, xos emas xossa va munosabat xos deb olinsa, unda hukm albatta xato bo’ladi. Masalan, Antarktida okean emas va Antarktida dengizdir – xato hukmlar hisoblanadi.

So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq - ritorik) gaplar hukmni ifodalaydi. Masalan, “Onani kim sevmaydi?” so’roq gapi “Onani hamma sevadi” ma'nosidagi darak gap o’rnida ham kelishi mumkin. So’roq gaplarning asosiy maqsadi javob olishdir. Shuning uchun so’roq gaplar bir qator hukmlar yordami bilan ma'lum xabarni yetkazish usulidir. So’roq gapdagi «nima bo’ldi:?» so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. Bunday holat bo’lmaganda edi, so’roq ham ma'nosiz fikrga aylanar edi. Shuning uchun har bir so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida boshlang’ich xabar «nimadir bo’lganligi» va ikkinchisida aynan “qaysi hodisa bo’lganligi” haqidagi savol spetsifikasini tashkil etuvchi muaammo mavjud

Oddiy hukmlar xususiyatiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.

a) Hukmning sifat jihatidan bo’linishi. Mantiqda sifat jihatidan hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo’linadi. Agar hukm buyumga xos bo’lgan biror belgi va munosabatni qayd etuvchi bo’lsa, u tasdiq hukm bo’ladi. Masalan, “Bugun mantiq darsi bo’ldi”. Ba'zan agar hukm predikati inkor etuvchi va undagi bog’lovchi tadiqlovchi bo’lsa, hukm albatta tasdiqlovchi bo’ladi. Masalan, “Bu qaror asossiz hisoblanadi”. Inkor hukm esa tasdiq etilgan buyum belgilarini rad etishdan iborat. Masalan, “Terak mevali daraxt emas”.

Tasdiq va inkor hukmlar o’rtasida hamma vaqt o’zaro bog’lanish mavjud. Bunday holatning bir munosabatdagi tasdiq hukmning ikkinchi munosabatda inkor ham bo’lishida ko’rish mumkin. hamma vaqt bir belgini tasdiqlash, unga zid bo’lgan boshqa bir belgini inkor etishdir. Mantiqda tasdiq hukm S – P dir, inkor hukm esa S – P emas formulasi bilan ifodalanadi

Hukmlarning son va sifat jihatidan birlashgan klassifikatsiyasi. hukmlar son va sifat jihatidan umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz'iy tasdiq va juz'iy inkor hukmlarga bo’linadi. Yakka tasdiq va yakka hukmlar bunda alohida guruhga ajratilmaydi va umumiy hukmlar bilan tenglashtiriladi.

Murakkab hukmlar va ularning turlari.

Biz shu vaqtga qadar, sodda hukmlar, ya'ni bir sub'ekt va predikatdan iborat bo’lgan hukmlar ustida fikr yuritdik. Agar hukm tarkibida birdan ortiq sub'ekt va predikat bo’lsa, u murakkab hukm xisoblanadi. Mantiqiiy munosabatiga qarab murakkab hukmlar uch asosiy qismga, ya'ni qo’shuvchi (kon'yunktiv), ayiruvchi (diz'yunktiv), shartli (implikativ), va ekvivalentlik hukmlarga ajraladi.

Shartli (implikativ) hukmlar asos va natija bog’lanishini shartli ravishda ifodalaydi. Bunday hukmlar o’z tarkibida bir necha sub'ekt va predikatga ega bo’lib, ma'lum bir buyumni tasdiq yoki inkor etadi.

Ayiruvchi (diz'yunktiv) hukmlar. Bunday hukmlarning sub'ekti yoki predikati bir necha narsalar, xodisalarni yoki ularning belgilarini ifodalashi mumkin. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi: pvq. Ayiruvchi hukmlar formulasi qo’yidagi shakllarda ifodalanadi:

«S yoki R yoki R1 yoki R2 dir»



Yoki «S yoki S1 yoki S2 – R dir».

E'tiboringiz uchun raxmat!!!!


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin