Mavzu: “Xitoy va o‘zbek tillarida bog‘lovchilarning qo‘llanilishi”
Bajaruvchi: Хitoy filologiya yo‘nalishi kechki ta’lim shaklining
4-kurs talabasi :Tojiboyeva Sh
Ilmiy rahbar: ToshDSHU Xitoy filologiyasi kafedrasi kata o‘qituvchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Akimov Т
Тошкент-2023
MUNDARIJA: I Bob. Xitoy tilida bog‘lovchilar haqida umumiy ma’lumot 1.1.Xitoy tilida bog‘lovchilarning turlarga bo‘linishi
1.2. Xitoy tilida bog‘lovchilarning qo‘llanilishi
II Bob.O‘zbek tilida bog‘lovchilar haqida umumiy ma’lumot 2.1. O‘zbek tilida bog‘lovchilarning turlarga bo‘linishi
2.2. O‘zbek tilida bog‘lovchilarning qo‘llanilishi
UMUMIY XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, yurtimizda demokratik jamiyatga asos solina boshlandi. Bu tuzum jarayonlari mazmun va mohiyatiga ko‘ra avvalgi jarayonlardan tubdan farq qilib, ijtimoiy hayotimizning har bir sohasida o‘z aksini topmoqda. Sodir bo‘layotgan ushbu jarayonlar ijtimoiygumanitar va tabiiy fanlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, ularda ushbu jarayonlarni ifodalaydigan ma’no va tushunchalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ushbu o‘zaro munosabat natijalari har qaysi fanda o‘ziga xos tarzda ifodalanib bormoqda. Chunonchi, jamiyat bilan tilshunoslik o‘rtasidagi munosabat bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”1 Mustaqilligimiz tobora mustahkamlanib, o‘zining ijobiy samaralarini bera boshlagan bugungi kunda xalqimiz oldida hayotning moddiy va ma’naviy asoslaridan kelib chiqadigan yangidan-yangi ulkan vazifalar turibdiki, ularni amalga oshirishda adabiyot va san’at, umuman ma’naviyatning ahamiyati, shubhasiz, benihoya kattadir.
Zero, davlatning kuch-quvvatini, istiqboli porloq bo‘lishini, jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni va mavqeini odamlarning intelektual salohiyati, aqliy jihatdan yetuk va barkamolligi belgilaydi.
Millat ma’naviyatini bir-biri bilan uzviy aloqadorligi va aks ta’sir jarayonlari uzoq tarixiy an’anaga ega. Boshqa xalqlar bilan do‘stona munosabat qilish va ilg‘or tomonlarini o‘rganish o‘zbek xalqi ma’naviyatiga xos bo‘lgan xususiyatdir.
O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishi O‘zbekistonga o‘zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda yuritish, jahon hamjamiyatiga a’zo bo‘lishining o‘z strategiyasini ishlab chiqish, davlatlararo munosabatlarning yo‘nalishlari va ustuvorligini belgilash imkonini berdi.
3
Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan 1992-yilning 2-yanvaridan bugungi kungacha hamkorlik munosabatlari samarali rivojlanib kelmoqda. Ushbu do‘stona munosabatlar tufayli savdo va iqtisodiy sohalarda bitimlar imzolandi. Zarur resurslarni, xalq iste’moli mollarini yetkazib berishdan tortib, mehmonxonalar qurish, sog‘liqni saqlash, doridarmonlar ishlab chiqarish, noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilishgacha keng ko‘lamdagi siyosiy, diplomatik va madaniyat sohalarida ham jiddiy o‘zaro manfaatlarning mavjudligi, shu munosabatlarni chuqurlashtirishga ko‘maklashmoqda. Hozirgi kunda ana shu omillar xitoy tilini O‘zbekiston hududida keng ko‘lamda o‘rganilishni taqozo qilmoqda. Boshqa chet tillari kabi xitoy tilini yanada chuqur o‘rganishda leksikoloya sohasi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o‘rganilayotgan tilning leksikasidagi o‘zgarishlar va yangiliklarni tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etish o‘quvchining bilim saviyasini yanada oshiradi. Shu sababli bizning bitiruv malakaviy ishimiz aynan xitoy tiling marfologiya bo‘limiga asoslangan. Bunda biz xitoy tilida tahliliga bag‘ishlangan.