Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Xitoy va o‘zbek tillari bog‘lovchilarini o‘rganishda bir qancha kitoblar izlandi. Undan tashqari rus olimlari Gorelov V.I ‘‘практическая грамматика китайского языка’’,Solnsev V.M ‘‘очерки по современному китайскому языку’’ Xitoy morfologiyasi haqida,O‘zbek tili morfologiyasini prof.A.G‘ulomov va akad. A.N.Kononovlar chuqur o‘rganishgan.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari:Kurs ishining maqsadi va vazifalari quydagilardan iborat.
Xitoy tilida bog‘lovchilarni guruxlarga bo‘linishini aniqlash va ushbu guruhlarni tashkil qiluvchi bog‘lovchilarni ko‘rsatib berish;
Xitoy va O‘zbek tilidagi bog‘lovchilar haqida umumiy ma’lumot berish;
Xitoy va O‘zbek tilida bog‘lovchilarni guruxlarga bo‘linishini aniqlash va ushbu guruhlarni tashkil qiluvchi bog‘lovchilarni ko‘rsatib berish;
Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obekti Xitoy va O‘zbek tilidagi bog‘lovchilardir. Tadqiqot predmeti Xitoy va O‘zbek tilidagi bog‘lovchilar tahlilidir.
Ishning ilmiy yangiligi: Xitoy tilida bog‘lovchilarning grammatik xususiyatlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi va ularni guruhlarga bo‘lib o‘rganildi.
Ishning amaliy ahamiyati va tavsiyalar.Mazkur kurs ishining natijalari O‘zbekistonda xitoy tilini o‘rganayotgan talabalar va izlanuvchilar uchun xitoy tilini chuqurroq tadqiq etishlarida o‘quv va tadqiqot manbai bo‘la oladi.
Ishning tuzilishi: Kurs ishi mundarija, kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Umumiy hajmi 31bet.