A
im.Uz
Ona tili fanidan
Mavzu:
Unli tovushlar va harflar
Darsning texnologik xaritasi
O‘quv materiali: Unli tovushlar va harflar
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: tovush, harf, unli tovushlar,
ovoz va shovqin
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut
Mavzuning qisqacha ta’rifi: o
‘quvchilar dars yakunida tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra 2 turga bo‘linishi, unli
tovushlarning belgilari, to‘siqqa
uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va ovozdan hosil bo‘lishi,
unli tovushlar
so‘z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: yangi bilim ko‘nikma va malakani shakllantiruvchi dars.
Metod: suhbat, analiz-sintez, tushuntirish, ta’limiy o‘yin
Jihoz: darslik, mavzu
asosida tayyorlangan slayd, rag‘batlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos
rasmlar, multimediya ilovalar.
Nazorat: og‘zaki nazorat,
savol-javob, o‘zini-o‘zi nazorat qilish.
Baholash: o‘quvchilar dars yakunida baholanadilar.
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta’limiy maqsad: tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra 2 turga bo‘linishi, unli
tovushlarning belgilari: to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va ovozdan hosil bo‘lishi, unli tovushlar
so‘z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: mashqdagi matn orqali o‘quvchilarni, poytaxt shahar bilan tanishtirish,
vatanga mehr uyg‘otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilar lug‘atini tinchlik qo‘rg‘oni, ozodlik kuyi, mehrning
o‘chog‘i so‘zlari bilan boyitish, mashqlarni ifodali o‘qish ko‘nikmasini rivojlantirish
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o‘quvchilar
unli va undosh tovushlar, unli tovushlarning belgilari, to‘siqqa
uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va ovozdan hosil bo‘lishi, unli tovushlar so‘z ma’nosini farqlashga xizmat
qilishi haqida bilimlarga ega bo‘ladilar.