PH qiymatini standart bufer eritmalar yoki ularning shkalasi yordamida aniqlanadi



Yüklə 13,08 Kb.
tarix08.04.2023
ölçüsü13,08 Kb.
#94910
2 5192696030155510130


5-сорау
pH qiymatini standart bufer eritmalar yoki ularning shkalasi yordamida aniqlanadi.
Standart bufer eritmalar nisbatan yuqori bufer hajmga ega bo’lishi, ma’lum vaqt oralig’ida o’zgarishga uchramasligi va iloji boricha kichik pH harorat koeffitsientiga ega bo’lishi talab etiladi.
1 litr bufer eritmaning pH ini 1,0 qiymatga o’zgartirish uchun qo’shish lozim bo’lgan kuchli asosning gramm ekvivalent miqdori eritmaning bufer hajmi deyilib,
b-belgisi bilan belgilanadi.

Kolorimetrik usul yordamida dori moddasini pH ni aniqlash


Glukozaning 5%, 10%, 25% va 40% li in’yeksiya eritmalarida pH 3,0—4,0 oralig’ida bo’lishi kerak. Indikatorlarning rang o’zgartirish oralig’i jadvalidan, ko’rsatilgan pH ga mos indikator tanlab olinadi. Aniqlanuvchi eritma pH markazi 3,5.
Metil oranj rang o’zgartirish oralig’i pH 3,0—4,4, pH markazi 3,7.
6 ta bir xil o’lchamli probirka olib, ularga 2,5 ml dan kaliy gidroftalatning 0,2 mol/l eritmasi solinib, 0,2 mol/l xlorid kislotasi eritmasidan 1,2,3,4—probirkalarga 0,73; 0,48; 0,30; 0,13 ml dan, 5-6 probirkalarga esa 0,2 mol/l natriy gidroksid eritmasidan 0,02; 0,18 ml dan solib, probirkalardagi suyuqlik hajmi suv bilan 10 ml ga yetkaziladi. Tayyorlangan bufer eritmalarning pHi 3,2; 3,4; 3,6; 3,8; 4,0; 4,2 kattaligida bo’ladi. 7-probirkaga 10 ml glukozani in’yeksion eritmasi solinib, barcha probirkalarga 2 tomchidan metil oranj indikatori tomizib, chayqatiladi. Eritmalarning rangi solishtiriladi va tekshiriluvchi eritmaning vodorod ko’rsatkichi aniqlanadi.
Potensiometrik usul

pH ni aniqlashning potensiometrik usuli ikki elektroddan iborat elementning elektr yuritish kuchini o’lchashga asoslangan.


Elektrodlardan biri potensiali aniqlanuvchi muhit vodorod ionlari faolligiga bog’liq bo’lgan indikator elektrod, ikkinchisi esa potensiali aniq kattalikdan iborat bo’lgan standart elektrod bo’lib, u solishtiriluvchi elektrod deyiladi.
Solishtiriluvchi elektrod sifatida kalomel va kumush xlorid elektrodlaridan foydalaniladi.
Indikator elektrod sifatida esa vodorod, xingidron va shisha elektrodlardan foydalaniladi. pH ni aniqlash uchun tuzilishi turlicha bo’lgan pH-metrlar qo’llanilib, ularda to’g’ridan-to’g’ri aniqlanayotgan pH qiymatini o’lchash mumkin. pH -metmi va elektrodlar tizimini ishlash uchun tayyorlash uskunadan foydalanish ko’rsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
Uskunani sozlash uchun standart bufer eritmalardan foydalanilib, bunda muhit sharoiti aniqlanuvchi pH ga yaqin bo’lgan bufer eritmani olish tavsiya etiladi.
Qaysi bufer eritma olinganligidan qat’iy nazar potensiometrik usul bilan aniqlangan pH xatoligi 0,04 dan oshmasligi lozim. Tekshiriluvchi eritmalarning pHi aniqlanganda, uskunaning ko’rsatkichi turg’un holatga kelguniga qadar ko’tarilib, bu vaqt eritmaning bufer xossalariga va haroratga bog’liq bo’lgan holda 2 minutdan ko’p bo’lmaydi.
Kuchli kislota va kuchli ishqor eritmalarining pHi 00Cga yaqin bo’lgan haroratda aniqlanganda yoki bufer hajmi kam bo’lgan eritmalarning pHi aniqlanganda (masalan, tozalangan suv) aniqlash vaqti 2 minutdan ko’p bo’lishi ham mumkin.
Odatda eritmaning pHi 3-5 marta o’lchanib, aniqlangan ko’rsatkichlarning o’rtacha qiymati olinadi.
Yüklə 13,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin