O’rin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi:
-da\da’ jarangli undosh va unli bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Qayg’uda za'if boldi' (Rabg’).
-ta\ta’ jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga q’shiladi. Bu ishta ixti'yari'm yoq turur (Atoiy). Tani'maqta magar yani’lmi’sh-sen (Nav.SS).
O’rin-payt kelishigining –ta\ta' affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da\da’ affiksi qo’shila bergan.
Chiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud:
-di'n\din unli va jarangli undosh bilan tugagan so'zlarga qo’shiladi: Charx qasri'di'n quyash har kun tushar alamara (Nav.SS).
-ti'n\tin jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Sen bashti'n ayaq jan-sen (MN). Lekin jarangsiz undoshlar bilan tugagan so’z negizlariga ham -di'n\din affiksi qo’shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga ham –tin\ti'n affiksining qo’shilishi qayd qilinadi: Xojandti'n Axsi'g’a kelur (BN).
-dan\da’n\tan\ta’n. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakultativ xarakterdadir: Uch kundin so’n zindandan chiqardi'lar (Rabg’.).
Chiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid so’zning –dun\du’n\tun\tu’n affikslari so’zning oxirgi bo’g’inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qo'shiladi. Bu affikslar faqat «O’g’uznoma»da uchraydi: Qirq kundun so’n,ko’p to’qushg’udun so’n, anun ko’zu ko’ktun ko'krak yerdi.
Ko`makchi otlar haqida fikringizni bayon eting
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun hizmat qiJuvchi so'zlar ko'makchi sanaladi. Ko'makchilar xuddi kelishiklar kabi tobe so'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiladi, o'zidan oldingi so'z bilan bitta so'roqqa javob bo'ladi: siz bilan xamsuhbat bo 'Imasdan avval boshqacha xayolda edim.
Ko'makchilar o'zgarmaydi, turlanmaydi yoki yasalmaydi, ma'noli qismlarga ajralmaydi, vosita sabab, maqsad, yo'nalish, qiyos kabi ma'nolarni hosil qiladi.
Ko'makchilar qaysi turkumdan o'sib chiqishiga ko'ra sof ko'makchi vavazifadosh ko'makchilarga ajraladi. Sof ko'makchilarga uchun, kabi,sarin, sayin, qadar, uzra, singari, tufayli, haqida kabi ko'makchilar kiradi. Atash ma'nosini tamoman yo'qotib faqat o'zi birikkan so'zni boshqa so'zga tobelantirib bog'lash uchun hizmat qiladigan ko'makchilar sof ko'makchilar deyiladi: Temur tig'i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. Qishloq uzra qorong'ilik cho'kkan.
Sof ko'makchilar urg'u olmaydi, urg'u ko'makchi bilan birga kelgan mustaqil so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. Shuning uchun ko'makchi ohang tomonidan o'zidan oldingi so'z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko'makchi doimo ajratib yoziladi: Buyuk kishilar doim insoniyat uchun qayg'uradi. Bu hoi kun sayin takrorlanib turardi.
Ba'zan bilan, uchun, ko'makchilari badiiy uslubda —la, -chun shaklida qo'llaniladi, chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Qalam-la men to'qiyman qo'shiq. Tinchgina yashash-chun tug'ilmaganman.
Vazifadosh ko'makchilar ot, ravish yoki fe'ldan o'sib chiqqan so'zlardir. Ularga ost, yon, ust, old, orqa, ro'para, oldin, avval, keyin, so 'zng tomosh, qosh, bo yiab, qaraganda, yarasha, ko 'ra, deya, deb, atab, tortib kabi so'zlar kiradi. Bunday so'zlar ko'makchi vazifasida kelganda atash ma'nosini yo'qotadi ma'lum so'roqqa javob bo'lmaydi. O'zi qo'shilgan so'z bilan birgalikda bir so'roqqa javob bo'ladi va bitta gap bo'lagi vazifasida keladi: Go'ro'g'lining G'irko'k degan oti bor. Bir haftadan keyin ishga tushib ketdi. Dehqonlar to'dasi qishloqqa qarab yugurdi. Anvarotin yostiq ostiga qo'l yugurtirdi.
Ko'makchilar yetakchi so'zga bog'lanib unga turli qo'shimcha ma'nolar yuklaydi:
sababli, tufayli, uchun ko'makchilari maqsad ma'nosini: Qalamni Salima uchun oldim.
tomon, qarab, sari, bo'ylab ko'makchilari yo'nalish ma'nosini;
haqida, to'g'risida fikr mavzusi ma'nosini;
kabi, singari ko'makchilari o'xshatish ma'nosini qadar ko'makchisi o'xshatish ma'nosini bildiradi.
Ko'makchilar uch xil kelishik shaklidagi so'zlarni boshqarib keladi:
bosh va qaratqich kelishigidan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar;
jo'nalish kelishigidan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar; 3) chiqish kelishigidan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar.
Bosh va qaratqich kelishigidan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, yanglig', sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog'li, osha, bo'ylab, bo'yicha, uzra, ichra, degan, bo'yi, chamasi, haqida, to'g'risida, ho/da ko'makchilari kiradi: Uyi doim do'stlar bilan gavjum.e-avjum. Buvasi eshitsin uchun qattiq yig'ladi. Bu hoi kun sayin takrorlanadi. Ko'l osha uzoqlarga tikildi. Qish bo'yi qiynalishdi.
Jo'nalish kelishigidagi so'zlardan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar: tomon, qadar, ko'ra, qarab, qaraganda, qaramay, qaramasdan, yarasha,doir, binoan, muvofiq, qarata: kechga tomon mirzolar tarqalishdi. lltimosiga ko 'ra bo 'shatishdi. Odatiga qarshi kech qaytdi. Ishlaganiga qarab haq oladi. Eski bo'lishiga qaramay yaxshi ishlaydi. Tarbiyaga doirgaplarni yozib qo 'ydi. Ko 'pchilikka qarata gapirdi.
Chiqish kelishigidagi so'zlar bilan qo'llagiladigan ko'makchilar: so 'ng, keyin, boshqa, tashqari, bo'lak, o'zga, beri, buyon, burun, ilgari, bosh lab, tortib: Bir oylab kechiqqandan so'ng Otabek qaytib keldi. Diniy ilmlardan tashqari dunyoviy ilmlarni ham biladi. Ko 'p yillardan beri shu yerda ishlaydi. To'ydan ilgari Marg'ilonga borishdi. Eng katta shaharlardan tortib kichik qishloqlargacha aylanib chiqdi.
Vazifadosh ko'makchilar bir o'rinda mustaqil so'z, bir o'rinda ko'makchi bo'lib kelishi mumkin shunga ko'ra ular quyidagicha ifodalanadi:
Kitobga qarab o'qidi (qay holda?)ravish. Ishiga qarab haq oladi (qanday?) ko'makchi.
Eski bo 'lishiga qaramay yaxshi ishlaydi. Menga qaramay o 'tib ketdi.
Do 'konda qalamdan tortib hamma narsa bor. Karim Rustamni qo 'lidan tortib turg'azdi.
Dostları ilə paylaş: |