Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə10/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

Osha, bo‘ylab, uzra ko‘makchisi: 1.Ish-harakatning boshqaril-gan so‘zdan anglashilgan vaqt davomida sodir bo‘lishini ifodalaydi: Yillar osha gurkiraydi jonajon Vatan. 2.Ish-harakatning boshqarilgan so‘zdan anglashilgan o‘rin bo‘ylab sodir bo‘lishini anglatadi: Oltin vodiylar osha(uzra) yangrasin qo‘shiq. Jahon bo‘ylab(uzra) yangrar bir ovoz.
Bo‘yicha//bo’yincha ko‘makchisi: 1) moslk, mutanosiblik ma’no-sini ifodalaydi: Darslar o‘quv jadvali bo‘yicha olib boriladi.2) chegara-lash ma’nosini bildiradi: Rektorning xo‘jalik shilari bo‘yicha o‘rin-bosari.
2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi-lar: qadar, dovur, ko‘ra, qarab, qaraganda, yarasha, tomon, qarshi, doir, binoan, qarata kabilar. Bu ko‘makchilar yo‘nalish, chegara, o‘lchov, sabab, maqsad munosabatlarini ifodalaydi.
Tomon ko‘makchisi makon va payt munosabatini ifodalaydi va quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1) yo‘nalish bildiradi: U yo’lakka tomon yurib keldi. 2) payt bildiruvchi so’zlar bilan birga kelib, taxminiy vaqtni bildiradi: Kechga tomon talabalar tarqalishdi.
Qadar ko‘makchisi ish-harakatning o‘rin va vaqt jihatidan chegarasini ifodlaydi:kechga qadar, peshinga qadar, maktabga qadar.
Ko‘ra ko‘makchisi sabab, ayirib, ta’kidlab ko‘rsatish ma’nosini ifodalaydi: Uning mo‘ljaliga ko‘ra Siddiqjon yana qasam ichiish, yur deb qistashi kerak edi. (A. Q.)
Bu ko‘makchi chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan birga kelganda qiyoslash, solishtirish ma’nosi anglashiladi: O‘rtadan ko‘ra pastroq.
Qarshi ko‘makchisi zidlik ma’nosini bildiradi: Baxtga qarshi bugun eng orqaga o‘tirdim.
Qarab ko‘makchisi quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1) harakat yo‘nalgan tomon ma’nosini: Nega kimsasiz sohilga qarab ketayotganini o‘zi bilmas edi. Bu ma’noda qarab ko‘makchisiga tomon ko‘makchisi sinonim bo‘lishi mumkin: qishloqqa qarab ketdi - qishloqa tomon ketdi. 2) asos, miqdor, o‘lchov ma’nosini: Ishlaganiga qarab haq oladi. Bu ma’noda qarab ko‘makchisi o‘rnida yarasha ko‘makchisi qo‘llanishi
mumkin: mehnatiga qarab- mehnatiga yarasha.
Bulardan tashqari, qaraganda ko’makchisi ayirib ko‘rsatish, ta’kidlash, qiyos, solishtirish ma’nosini; qaramasdan, qaramay ko‘mak-chisi to‘siqsizlik ma’nosini; yarasha ko‘makchi teng, mos, loyiq, monand ma’nolarini; doir ko‘makchisi aloqadorlik, bog‘liqlik ma’no-sini, asosan, binoan; muvofiq ko‘makchisi biror ish-harakatning sodir bo‘lishida asos, tayanch, manba bo‘lgan obyekt ma’nosini, qarata ko‘makchisi ish-harakat yo‘nalgan narsa, shaxs, joy, tomon ma’nosini bildiradi.

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin