Reja: O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari



Yüklə 100 Kb.
səhifə1/3
tarix20.12.2022
ölçüsü100 Kb.
#76688
  1   2   3
Reja O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari


8-MA’RUZA.
O‘lchash vositalarini qiyoslash.

Reja:

  1. O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari.


  2. O‘lchash vositalarini qiyoslash xodimlari.

  3. Qiyoslash sxemalari va ularning turlari.



Tayanch so’z va iboralar: o‘lchash vositalar, qiyoslash, qiyoslovchi, ekspluatatsiyada turgan, davlat qiyoslash.

1. O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari.


O'z RH 51-120:2002 - ushbu hujjatda quyidagi atamalar va ularga muvofiq ta’riflari qo‘lanilgan:


1. O‘lchash vositalarini qiyoslash (qiyoslash) - davlat metrologik xizmati idoralarining (boshqa shu uchun to‘la huquqiga ega idoralarining, tashkilotlarning) o‘lchash vositalarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar to‘plami.
2. O‘lchash vositalarini qiyoslovchisi (qiyoslovchi) - o‘lchash vositalarini qiyoslash huquqi uchun akkreditlangan ushbu hujjat talablariga muvofiq qiyoslovchi maqomi berilib attestsiyadan o‘tgan hamda o‘lchash vositalarini qiyoslashni bevosita amalga oshiruvchi davlat metrologik xizmatining yoki boshqa Yuridik shaxsning rasmiy xodimi.
3. O‘lchash vositalarini qiyoslovchilarini attestlash - qiyoslovchini maqomiga muvofiqligini aniqlash maqsadida xodimning malaka darajasini, kasbiy, ishchanlik va shaxsiy qobiliyatlarini baholash.
Qiyoslashdan maqsad – o‘lchov vositasining me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan sharoitlarda ishlatilishi va o‘lchash natijasining qo‘yilgan talablarga muvofiqligini aniqlash.
Davlat tekshiruvi va nazorati sohasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim bo‘lgan O‘Vning ro‘yxati O‘zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik xizmati idoralari o‘tkazadi, lekin O‘V ni qiyoslash huquqi Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlariga ham topshirilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda bajarilgan O‘V ni qiyoslash natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi.
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’minlangan va import bo‘yicha sotib olinadigan O‘V ni qiyoslashni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha asosiy nizomlar O’z DSt 8.003:2005 “O‘z O‘DT. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar” da bayon etilgan.
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’minlangan va import bo‘yicha sotib olinadigan barcha O‘V davlat qiyoslashidan o‘tishi lozim.
O‘Vlarni qiyoslash turlari quyidagilardan iborat: birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashdan o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqqan va import bo‘yicha keltiriladigan O‘V birlamchi qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘V ning har bir nushasi birlamchi qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o‘tkazish tartibi bu O‘V ni qiyoslash metodikasida ko‘rsatiladi.
Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O‘V qiyoslashlararo oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o‘tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti o‘lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta’minlashni hisobga olgan holda aniqlanadi va belgilanadi.
Davriy qiyoslashlar o‘rtasidagi vaqt davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o‘lchash vositasiga davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan belgilanadi.
Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O‘V ni qiyoslash grafiklari (shartnomalari)da belgilangan kalendar muddatlarda o‘tkaziladi.
Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayotgan O‘V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
– qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o‘tgandan keyin o‘lchash vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda;
– qiyoslash tamg‘asi, plombasi, shikastlanganda yoki O‘V ning birlamchi yoki davriy qiyoslashdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qolganda;
– agar qiyoslash tamg‘asining yoki o‘lchash vositasining qo‘llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo‘lsa, saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda;
– qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan O‘V ni tayyorlovchi korxona iste’molchiga etkazib berishda.
O‘lchash vositasining holati va qo‘llanilishini davlat nazoratidan va mahkama tekshiruvidan o‘tkazishda O‘V ning qo‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun inspeksion qiyoslash o‘tkaziladi. O‘V ni inspeksion qiyoslash natijalari davlat yoki mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o‘tkaziladigan vositalar:
a) davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub’yektlarining namunaviy o‘lchash vositalari;
b) o‘zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O‘V sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan O‘V;
v) nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo‘lgan O‘V;
g) priborlarni ta’mirlovchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari chiqargan, ta’mirdan keyin boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga berish uchun mo‘ljallangan O‘V;
d) milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog‘liq o‘lchash vositalari;
e) davlat arbitraj idoralari tomonidan ekspertiza o‘tkazishda, shuningdek bojxona tekshiruvida o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan O‘V;
k) o‘lchash uchun ishchi O‘V sifatida qo‘llaniladigan, o‘lchash natijalari:
tabiatni muhofazalash;
sog‘liqni saqlash;
mehnat xavfsizligini ta’minlash;
barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta’minlash;
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash; aloqa tizimlarini ta’minlash;
xo‘jaliklararo o‘zaro hisoblashlar; savdoning barcha turlari;
aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo‘llaniladigan O‘V.



Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin