Reja: O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari


O‘lchash vositalarini qiyoslash xodimlari



Yüklə 100 Kb.
səhifə2/3
tarix20.12.2022
ölçüsü100 Kb.
#76688
1   2   3
Reja O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari

2. O‘lchash vositalarini qiyoslash xodimlari.

O‘lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilganligi to‘g‘risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi.


Metrologik xizmat xodimi o‘lchashlarning bir yoki ko‘proq sohasiga taalluqli o‘lchash vositalarini aniq turlarini qiyoslovchisi sifatida yoki o‘lchashlarning aniq sohasiga taalluqli o‘lchash vositalarini qiyoslovchisi sifatida attestatlanadi.
Davlat metrologik xizmati idorasini xodimi o‘lchashlarning aniq sohasida o‘lchash vositalarini qiyoslovchisi sifatida yoki ikkita yondosh sohalarda qiyoslash uchun xodimga davlat qiyoslovchisi maqomi beriladigan turi ko‘rsatilgan o‘lchash vositalarini qiyoslovchisi sifatida attestatlanishi mumkin.
O‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha ish staji 10 yildan kam bo‘lmagan davlat metrologik xizmat xodimi attestatlash komissiyasining qorori bo‘yicha qiyoslash uchun davlat qiyoslovchisi maqomi beriladigan o‘lchash vositalarini turlari ko‘rsatilgan holda uchtadan ko‘p bo‘lmagan sohalarda qiyoslovchi sifatida attestatlanishi mumkin.
O‘lchash vositalarini qiyoslash huquqi uchun akkreditlangan Yuridik shaxsning metrologik xizmatni xodimi, o‘lchashning faqat bitta sohasiga qarashli o‘lchash vositalarining aniq turlarini qiyoslovchisi sifatida attestatlanishi mumkin.
O‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha ish staji besh yildan kam bo‘lmagan, o‘lchash vositalarini qiyoslash huquqiga akkreditlangan O‘zR MV metrologik xizmat xodimiga attestatlash komissiyasining qarori bilan turlari ko‘rsatilgan o‘tchash vositalarini qiyoslovchisi maqomi beriladigan o‘lchashlarning ikkitadan ko‘p bo‘lmagan yondosh sohalarida qiyoslovchi sifatida attestatlanishi mumkin.
Dastlabki va davriy attestatlash belgilanadi.
O‘z RH 51-008ga muvofiq ma’lum o‘lchash sohasidagi o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yoicha maxsus tayyorgarligiga ega bo‘lgan, ushbu o‘lchash sohasiga tegishli bo‘lgan qiyoslash bo‘linmalarida kamida bir yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar dastlabki attestatlashga qo‘yiladi.
Attestatlash komisiyasi qaroriga binoan, metrologiya va o‘lchash texnikasi soxasiga iqtisoslashgan oliy o‘quv yurtini tamomlagan va qiyoslash bo‘linmalarida kamida olti oy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar, maxsus tayyorgarlik olmasdan dastlabki attestatlashga qo‘yilishi mumkin.
Davriy attestlash kamida besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
Attestatlash davriyligini:
- davlat metrologik xizmatining xodimlari uchun - o‘zdav-standart rahbari;
- o‘lchash vositalarini qiyoslash huquqi uchun akkreditlangan metrologik xizmatning xodimlari uchun - mazkur hujjatning 4.3-bandi bo‘yicha qiyoslovchlarni attestatlashini o‘tkazayotgan Yuridik shaxs rahbari belgilaydi.
O‘z RH 51-008 talablariga muvofiq muayyan o‘lchash sohasiga tegishli o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha maxsus qayta tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar davriy attestatlanishiga qo‘yiladi.
Qiyoslovchi sifatida attestatlangan shaxslar, o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha me’yoriy hujjat talablarini buzgan holda, shu jumladan qiyoslash tamg‘alarini qo‘llash va saqlash bo‘yicha O‘z RH 51-008 talablarini yoki qiyoslovchi maqomiga noloyiq harakatlar qilganida o‘lchash vositalarini qiyoslash huqu-qidan mahrum etiladi.
Ko‘rsatilgan shaxslarning o‘lchash vositalarini qiyoslash huquqidan mahrum qilish uchun, davlat metrologik xizmati idorasi boshlig‘i yoki yuridik shaxsning buyrug‘i asos bo‘ladi.
Metrologik xizmat xodimlari, mazkur hujjat begilangan tartibda qiyoslovchi sifatida attestatlangandan so‘ng o‘lchash vositalarini qiyoslashini o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Qiyoslovchilarni attestatlashni davlat metrologik xizmati idorasi o‘tkazadi.
Asoslangan hollarda o‘zdavstandart bilan kelishilgan holada O'z DSt 8.006 talablariga muvofiq, o‘lchash vositalarini qiyoslash xuquqi uchun akriditlangan Yuridik shaxslarni ayrim metrologik xizmatlariga mazkur hujjat bilan belgilangan tartibda, qiyoslovchilarni attestatlashga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Republikasi Mudofaa Vazirligi (O‘zR MV) qiyos-lovchilarini attestatlash O'z DSt 8.006 talablariga muvofiq, o‘lchash vositalarini qiyoslash huquqi uchun akriditlangan O‘zR MV metrologik xizmati tomonidan mazkur hujjat bilan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Attestatlash natijalari bo‘yicha o‘lchash vositalarini qiyoslashini o‘tkazishga ruxsat berilgan metrologik xizmat xodimlariga:
- davlat metrologik xizmati idoralarining akkreditlangan bo‘linmalari xodimlariga - davlat qiyoslovchisi;
- o‘lchash vositalarini qiyoslash huquqiga akkreditlangan Yuridik shaxsning metrologik xizmat xodimlariga - qiyoslovchi maqomi beriladi.



Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin