7-mavzu. Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari. Reja



Yüklə 218,28 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.05.2023
ölçüsü218,28 Kb.
#120869
7-Ma\'ruza (2) (1)



7-mavzuIshlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb 
kasalliklari. 
Reja
1. Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan jarohatlanishlar. 
2. Ishlab chiqarishda yuzaga kasb kasalliklari 
3. Kasb kasalliklarida beriladigan imtiyozlar 
 
Tayanch so’z va iboralar: kasb kasalliklari, jarohatlanishlar, imtoyoz, tibbiy 
ko’rik, harorayt, namlik, energiya, tanadagi namlik, imliy manba, mushaklar, 
jarayon. 
 
Avvalo shuni aytish lozimki, korxonalarning xodimlari O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz xodisalar va 
kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilinishlari shart (“Mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunining 22- moddasi). 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish 
beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o‘z vaqtida tekshirish va hisobga 
olib borishi shart. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil
6 iyundagi 286- sonli qarori bilan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va 
xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish 
to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan (kelgisida Nizom). O‘zbekiston Respublikasi 
hududida mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda, 
shuningdek mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat 
faoliyati bilan bog‘liq holda xodimlar bilan ro‘y bergan baxtsiz xodisalarni 
tekshirish va xisobga olib borish tartibi belgilab berilgan. Mazkur Nizom: 
– sud hukmiga binoan jazoni o‘tayotgan fuqarolarga ishlab chiqarishdagi ish 
davomida; 
– ish beruvchilarga; 
– pudrat va topshiriq shartnomalari bo‘yicha fuqarolik-huquqiy (kontraktlar) 
bitimlar asosida ish bajarayotgan shaxslarga; 
– tabiat xodisalari va texnogen xarakteridagi favqulodda xodisalarning 
oqibatlarini tugatishda ishtirok etayotgan shaxslarga
– yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga, basharti maxsus xalqaro 
shartnomalarda o‘zgacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa; 
– harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish, qishloq xo‘jaligi 
va boshqa ishlarni bajarish uchun korxonalarga ishlashga yuborilgan harbiy 
xizmatchilarga, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga; 
– korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va 


o‘quvchilarga nisbatan tadbiq etiladi, tekshirib ko‘riladi. 
Nizomga muvofiq, korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida 
mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini 
ko‘zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan xodisalar, korxona transportida 
ishga kelish va qaytish vaqtida yo‘lda, korxona territoriyasida (tanaffus vaqti ham 
shunga kiradi), shanbaliklarni o‘tkazish vaqtida, ishlab chiqarish ob’ektlarida yuz 
bergan avariyalar, vaxta usulida ish tashkil qilingan posyolka territoryasida yoki 
smena tugagan, dam olish vaqtida, ish vaqtida o‘zining shaxsiy transportida, basharti 
bunga ish beruvchi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lsa, yuz bergan xodisalar ish 
beruvchining topshirig‘i bo‘yicha transportda yoki yayov kelayotgan xodim bilan, 
shuningdek faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rtasida qatnash bilan bog‘liq 
xodimlar bilan ish vaqtida yuz bergan, shanbaliklar vaqtida uning joyidan qat’iy 
nazar, otalikka olingan korxonalarga yordam ko‘rsatish vaqtida, o‘z xizmat 
vazifalarini bajarayotganda xodimga boshqa shaxs tomonidan ish vaqtida etkazilgan 
tan jarohati va boshqalar baxtsiz xodisalar sanaladi. 
Tabiiy o‘lim, o‘z-o‘zini o‘ldirish, jabrlanuvchi o‘z sog‘lig‘iga qasddan 
shikast etkazilganligi, shuningdek jabrlanuvchi jinoyat qilayotgan paytda olgan 
jarohatlar kabi xodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi. 
Nizomga ko‘ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa tufayli xodim kamida bir 
kun mehnat qobiliyatini yo‘qotsa yoki uni tibbiy xulosaga muvofiq boshqa engilroq 
ishga o‘tkazish zarurati kelib chiqsa, bunday baxtsiz xodisa N-1 shaklidagi akt bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Jabrlanuvchining talabiga binoan, tekshiruv tugagan kundan e’tiboran, uzog‘i 
bilan 3 kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz xodisa to‘g‘risida dalolatnoma berishi 
shart (Mehnat kodeksining 222-moddasi). 
Ish beruvchining buyrug‘iga asosan, ish beruvchining vakillari hamda kasaba 
uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi xodimlaridan iborat 
tarkibda komissiya tuziladi. Komissiya 3 kun ichida tekshiruv o‘tkazib, uch nusxada 
akt tuziladi va bunda baxtsiz xodisaning kelib chiqish sababi, kimning aybi bilan 
ro‘y berganligi va uning oldini olish choralari ko‘rsatiladi. Akt ish beruvchi 
tomonidan tasdiqlanadi va jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi 
shaxsga, korxonadagi mehnat muhofazasi xizmati rahbariga (muhandis, 
mutaxassis), barcha tekshirish materiallari bilan davlat mehnat-texnika 
inspektsiyasiga yuboriladi. 
Guruh tarzidagi (ikki va undan ortiq) xodimlar bilan roy bergan baxtsiz 
xodisalar alohida tartibda tekshiriladi. Shuningdek, baxtsiz xodisa tufayli o‘lim sodir 
etilgan yoki nogironlik kelib chiqqan bo‘lsa, shunday alohida tekshiruv o‘tkaziladi. 
Mehnat muhofazasi bo‘yicha davlat inspektori zarur hollarda: shikoyatga 
asosan, baxtsiz xodisa ochiq qolganda va boshqa sabablarga ko‘ra uning qachon 


sodir bo‘lgan vaqtidan qat’iy nazar, mustaqil ravishda tekshiruv o‘tkazilishi 
mumkin. Davlat inspektori tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa tuzadi, bunda u 
baxtsiz xodisa va unga oid holatlarga xarakteristika berib, baxtsiz xodisaning asosiy 
sabablari va mehnat muhofazasi qoidalarini buzgan shaxslarni ko‘rsatib o‘tadi. Ro‘y 
bergan baxtsiz xodisa tufayli besh va undan ko‘p bo‘lgan kishilar xalok bo‘lgan 
bo‘lsa, bunday xodisa Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tuzilgan komissiya 
tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi. Maxsus tekshiruv komissiyasi 15 kun ichida 
baxtsiz xodisani tekshiradi, korxonada mehnat muhofazasining holati yuzasidan 
tekshirish o‘tkazadi, maxsus tekshiruv yuzasidan akt tuzadi va uni barcha materiallar 
bilan qo‘shib rasmiylashtiriladi. Davlat bosh mehnat texnika inspektori tomonidan 
barcha tekshiruv materiallari prokurorga, Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligiga, tegishli vazirliklarga, kasaba uyushmalarining yuqori organlariga 
yuboriladi. 
Nizomga ko‘ra, barcha baxtsiz xodisalar hamma vaqt hisobga olinib, maxsus 
jurnalda ro‘yhatdan o‘tkaziladi. 
Mazkur nizomda: 
1) 
guruh tarzidagi baxtsiz xodisalar haqida xabar berish
2) 
ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz xodisani ro‘yhatga olish tartibi; 
3) 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oqibatlari haqida ma’lumot 
berish; 
4) 
baxtsiz xodisa haqidagi N-1 shaklidagi aktni to‘ldirish tartibi tasdiqlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-
sonli qarori bilan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa to‘g‘risida xabar berish 
sxemasi tasdiqlangan. 
Bosh davlat texnika inspektori maxsus tekshiruv o‘tkazayotgan 
komissiyaning xulosasi bilan kelishmasa, zarur deb topgan hollarda, o‘zining 
xulosasini berishi mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlamoq lozimki, mehnat qonunchiligida baxtsiz xodisalar 
yuzasidan tuzilgan xulosalar xususida kelib chiqqan nizolarning qaysi organ 
tomonidan va qanday hal qilish tartibi belgilanmagan. 
Ish beruvchi dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tmagan shaxslarning 
ishlashiga ruhsat bergani, shuningdek tibbiy ko‘rsatmalarga zid holda ishga 
qo‘ygani uchun javob beradi. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazishda xodimning ishga 
yaroqliligi masalasi har bir alohida shaxsiy tarzda, tananing funkional holati
patomantiqiy jarayon xarakteri va qanday ifodalangani, yoshi, kasb tayyorgarligi, 
ish staji va mehnat sharoitlari hisobga olingan holda hal qilinadi. Kasbga yaroqlilik, 
salomatligiga qarab vaqtincha yoki doimiy boshqa ishga o‘tkazish haqidagi xulosa 
ish beruvchi tomonidan bajarilishi zarur. 
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganda kasb kasalliklari alomatlari aniqlansa, 


xodimlar tashxis va kasallikning kasbga aloqadorligini oydinlashtirish maqsadida 
maxsus tekshiruvga tegishli tibbiyot muassasalariga, jumladan sanitariya-gigiena va 
kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tibbiyot oliy o‘quv 
klinikalariga yuboriladilar. 
Kasb kasalligi klinikasida tekshiruv davri ichida tekshiriluvchiga kasallik 
varaqasi berilmasdan, amaldagi qonunchilikka binoan uning ish haqi saqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 
300-sonli buyrug‘i bilan kasb kasalliklarini xabar qilish, tekshirish, qayd qilish, va 
hisobga olish tartibi haqida Yo‘riqnoma ham tasdiqlangan. Mazkur yo‘riqnoma 
barcha davolash profilaktika muassasalari uchun zaruriy va asosiy hujjat bo‘lib 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida kasb kasalliklarini hisobga olish tizimi 
quyidagilar uchun mo‘ljallangan: 
– kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanepidstantsiyalarga zudlik bilan xabar 
qilish; 
– kasb kasalliklari xodisalarining maxsus tekshiruvini o‘tkazish; 
– zararli ishlab chiqarish omillarining odam salomatligiga ta’sirini bartaraf 
etish va ularning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazish; 
– O‘zbekiston Respublikasi kasb kasalligiga chalinish holatini tahlil etish va 
kasb kasalliklarini profilaktika qilishning mukammal dasturlarini va nazorat etish 
usullarini amaliyotga joriy etish; 
– aholi salomatligi haqidagi ma’lumotlarning umumiy tizimida ayrim 
xastaliklar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash. 
Xulosa, Mazkur yo‘riqnoma xodimlar va aholi orasida kasb kasalliklarini 
tekshirish, qayd qilish va hisobga olishning umumiy tartiini belgilab beradi. 
Bugun O‘zbekiston hududida kasb kasalliklari hodisalari maxsus ravishda 
hisobga olinadi va tekshiriladi. Bu xastaliklar ro‘yxati yuqorida ta’kidlanganidek, 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 
Yuqorida eslatilgan Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan kasb 
kasalliklari ro‘yhatini qo‘llashga doir yo‘riqnoma ham tasdiqlangan. 
Kasb kasalligiga tashxis qo‘yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga 
aloqadorligida, mehnat qobiliyatini aniqlash ekspertizasida, tibbiy va mehnat 
qobiliyatini tiklash masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sog‘lig‘iga 
yetkazilgan zararni korxonalar va tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan qoplashga 
aloqador masalalarni ko‘rib chiqishda ushbu ro‘yxat asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. 
Mazkur ro‘yhatga noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokneozlar, tebranish 
kasalligi, zaharlashnish va boshqalar) ta’sir ko‘rsatishi tufayli kelib chiqadigan kasb 
kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili-kasb omili ta’sir 


ko‘rsatishiga aloqador ekanligi va organizmda huddi shunday o‘zgarishlar (bronxit, 
allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rostmana ta’siri keltirib chiqargan 
boshqa xastaliklar kiritilgan. Mazkur xastalik kasbga aloqador ekanligi to‘g‘risidagi 
masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi 
shaklining tavsifi, etimantiqiy omil va bajariladigan ishlar turi, mehnat staji, 
muayyan ishlab chiqarish sohasidagi aniq mehnat sanitariya-gigiena sharoitlari 
hisobga olinishi zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 
300-sonli 
buyrug‘i 
bilan 
kasb 
kasalliklariga 
chalingan 
bemorlar 
dispanserizatsiyasini o‘tkazish tartibi haqida nizom tasdiqlangan (9-ilova). Mazkur 
Nizom bemorlarni amaliy sog‘lom va kasallanishga moyil no‘qsonlarni 
ambulatoriya-poliklinika muassasalarida dispanserizatsiya o‘tkazishning bir qismi 
hisoblanadi. Dispanser hisobiga kasb kasalliklari, jumladan, kasallikning 
boshlang‘ich va klinik belgilari ham ifodalangan (kam ifodalangan) shakllari bilan 
kasallangan bemorlarning dispanserizatsiyasi tizimida ularni mehnatga to‘g‘ri 
joylashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarning sog‘lig‘ini qayta 
tiklashning asosiy shartlaridan biridir. 
Kasb kasalliklarining zo‘rayishi va asoratlarining oldini olish maqsadida kasb 
kasalliklari ifodalangan turi bilan kasallangan barcha bemorlar kasb kasalliklari 
klinikalarida har yili davolanadilar va ular butun umri davomida dispanser nazorati 
ostida bo‘lishlari lozim. 

Yüklə 218,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin