O‘zbekiston respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 35,03 Kb.
səhifə1/6
tarix15.04.2023
ölçüsü35,03 Kb.
#98635
  1   2   3   4   5   6
8-mavzu


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILAR, BAGAJ VA YUK BAGAJ TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 30-noyabr, 314-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining ichki yo‘nalishlarida temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishning yagona tartibini belgilash, shuningdek vokzallarda va yo‘lovchi poyezdlarida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini so‘zsiz bajarilishiga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish
QOIDALARI
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, qo‘l yuki, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishida tashuvchi va yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi.
2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha umumiy foydalanish temir yo‘llarida temir yo‘l transporti bilan yo‘lovchilar, qo‘l yuki, bagaj va yuk bagaj tashishlariga tatbiq etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha umumiy foydalanish temir yo‘llarida xalqaro temir yo‘l aloqalari yo‘lovchilar poyezdlari va boshqa davlatlar temir yo‘l tashuvchilariga tegishli bo‘lgan vagonlar bilan yo‘lovchilar tashishda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari me’yorlariga amal qilinadi.
4. Barcha foydalanuvchilarga xizmatlar ko‘rsatishda bir xil xizmat ko‘rsatish va to‘lovlar shartlari taqdim qilinadi. Xizmatlardan foydalanuvchi ayrim toifalarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qonun hujjatlariga binoan to‘lovning boshqa shartlari berilishi mumkin.
5. Tashuvchilar, yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaj jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilar mazkur Qoidalarga hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yo‘l vokzallari (stansiyalari)da yo‘lovchilar va boshqa shaxslarning bo‘lishlari Qoidalariga rioya qilishlari shart.
6. Yo‘lovchi poyezdda yurishi, bagaj tashilishi (uni topshirganda), jo‘natuvchi esa — bagaj, yuk bagaji tashilishi uchun to‘lovlarni belgilangan tariflarga asosan to‘lashi shart.
7. Yo‘lovchi tashish shartnomasi tuzilganligi temir yo‘lda harakatlanish hujjati (chipta) bilan, yo‘lovchi bagaj topshirganligi — bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi. Yuk bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi va uni tashuvchiga topshirilganligi yuk bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi.
8. Temir yo‘llarda yo‘lovchilar tashish sohasida umumiy va umumiy bo‘lmagan foydalanish joylarida ishlar (xizmatlar) bajarilishi bilan bog‘liq tariflar, yig‘imlar va to‘lovlar, shuningdek ularni joriy qilish (o‘zgartirish) tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vokzallarda va chipta kassalarida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan, chiptalar sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar uchun barcha turdagi qo‘shimcha yig‘imlarni undirish, tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
10. Xizmatlar ko‘rsatishda mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilmagan tashuvchi va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
11. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

Yüklə 35,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin