O‘zbekiston respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 35,03 Kb.
səhifə5/6
tarix15.04.2023
ölçüsü35,03 Kb.
#98635
1   2   3   4   5   6
8-mavzu

§ 2. Chiptalarni berish
20. Temir yo‘llarda yurish huquqini beruvchi hujjat bo‘lib belgilangan tartibdagi chipta xizmat qiladi, uning old qismida familiyasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat tartib raqami va seriyasi, yo‘lovchi tashish poyezd, vagon va joy tartib raqamlari, jo‘nash sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Chiptani rasmiylashtirish shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi. Xizmat transport talablari bo‘yicha chipta rasmiylashtirilganda, yo‘lovchi tomonidan qo‘shimcha ravishda xizmat guvohnomasi taqdim qilinadi.
Temir yo‘l transportida chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qiymatida sotiladi, qonun hujjatlari bilan imtiyozli harakatlanish belgilangan fuqarolar bundan mustasno. Imtiyozli harakatlanish kompensatsiyasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Chipta naqd pulga, plastik kartochkalar bo‘yicha sotiladi yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan chipta olish huquqini beruvchi hujjatlar taqdim qilinganda, bepul yoki rozilik berilgan to‘lov topshiriqnomasi va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa to‘lov turlari orqali taqdim qilinadi.
22. Chipta kassalarida chipta sotib olish bo‘yicha ustunlik huquqi:
a) 10 yoshgacha (bu yoshga to‘lgan) bolali yo‘lovchilarga, shuningdek yo‘llanmalar chipta kassasiga taqdim qilingan holda yo‘llanmalar bo‘yicha sanatoriya-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yo‘lovchilarga;
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlariga;
(22-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilariga, xizmat ko‘rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko‘rsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yo‘lga chiqishlarda tibbiyot xodimlariga, veterinariya va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga;
(22-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
g) tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslarga;
d) avariya yoki yong‘inni bartaraf etish uchun safarbar qilingan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, gaz nazorati, gaz, kimyo, neft, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilariga taqdim qilinadi.
23. Mazkur Qoidalarning 22-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun (“a” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari) bo‘sh joylar mavjud bo‘lmaganda, ularning roziligi bilan umumiy vagonlarga mavjud joylardan ortiq chiptalar beriladi.
24. To‘g‘ri olib boradigan yo‘nalish vagonlariga chiptalar birinchi navbatda, asosiy yo‘nalishdan chetga og‘ish uchastkalarida joylashgan stansiyalargacha ketayotgan yo‘lovchilarga sotiladi, boshqa yo‘lovchilarga esa — faqat unda bo‘sh joylar yo‘lovchi tashish poyezdlari jo‘nash kunida mavjud bo‘lganda chiptalar sotiladi.
25. Chipta kassalarida navbatsiz chipta olish bilan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinganda quyidagilar foydalanadi:
a) Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch darajadagi Shon-shuhrat, “O‘zbekiston Qahramoni”, “Sog‘lom avlod uchun” ordenlari va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(25-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
v) Chernobil AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan shaxslar;
g) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari;
d) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;
e) “Faxriy temiryo‘lchi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Joylari raqamlangan vagonlar (platskart, kupe)ga chiptalar sotishda, ikki va undan ortiq chipta sotib oladigan yo‘lovchilarga, teng miqdorda pastki va yuqori joylar taqdim etiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, kasal yoki katta yoshdagilar bundan mustasno bo‘lishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Yo‘lovchilarga vagondagi mavjud joylar sonidan ortiq chiptalar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy, platskart, kupe vagoni kuzatuvchisi chiptalarni saqlash uchun yig‘ib olganda, yo‘lovchilardan chiptalarda ko‘rsatilgan joylar soniga mos keladigan miqdorda chiptalar olishi shart.
27. Chiptalar qayta sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 35,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin