11-amaliy mashg'ulot. Gaz tarmoqlarini xisoblash



Yüklə 343,5 Kb.
səhifə1/7
tarix08.09.2023
ölçüsü343,5 Kb.
#142025
  1   2   3   4   5   6   7
11-mavzu


11-AMALIY MASHG'ULOT.
Gaz tarmoqlarini xisoblash
Loyihalanayotgan shaharda sarflanayotgan gazning yillik miqdorini hisoblash. Gaz ta'minoti sistemasi loyihasini tuzishning asosida, shahar, tuman yoki qo‘rg‘onlardagi istemolchilarga sirflanayotgan gazning yillik miqdorini aniqlash turadi. Sarflanayotgan gazning yillik miqdorini aniqlashda istemolchilarga gaz sarflanishining me'yoriy miqdorlaridan gaz ta'minoti sistemasining 10-20 yil muddatda rivojlanishidagi gaz sarfi hisobga olinadi.
SHahar, qo‘rg‘on, turli xil istemolchilarga sarflanadigan gaz ta'minoti sistemalarini loyihalashda, kerakli loyiha smeta hujjatlarini (LSH) ni tayyorlash uchun qo‘yidagi ishlar bajarilishi kerakdir:

  • gazning hisobli miqdorini aniqlash;

  • gaz tarmoqlarining tasvirlarini tanlash;

  • gaz quvurlarining gidravlik hisobini bajarish.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa qo‘yidagi birlamchi asosiy ma'lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
a) loyihalanayotgan shahar (qo‘rg‘on va h.k.z) larning bosh rejasi, turli xil kommunikatsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
b) bino qavatlari soni yoki aholi zichligi;
v) sanoat korxonalarining soni va joylanishi;
g) loyihalanayotgan shahar (hudud) ning iqlimi ma'mulotlari;
d) gaz yoqilg‘isining manbaisi, gazning tarkibi;
e) loyihalanayotgan shahar (tuman) ning gaz ta'minoti hajmi buyicha 15-20 yillik muddatda rivojlanish istiqboli va h.k.z.
SHahar gaz ta'minoti sistemalarida istemolchilarning turlarini qo‘yidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
a) aholi turmushi uchun gaz sarfi (turar joy binolariga);
b) kommunal va umum jamoa binolariga gazning sarflanishi;
v) binolarni isitish va xavo almashtirishga;
g) sanoat korxonalariga;
d) issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarflanishga.
Aholi turmushi va kommunal-maishiy korxonalarga gazning sarflanish miqdorini aniqlashda juda ko‘p qiyinchiliklar mavjud. Bunga sabab gazning bu turdagi istemolchilarga sarflanishi ko‘p faktorlarga bog‘liqdir, ya'ni; gaz uskunalarinning turlariga, loyihalanayotgan shaharning obodonlashtirilganligi darajasiga, gaz bilan ta'minlangan-ligi chegarasiga; markaziy issiq suv ta'minotining mavjudliligi, iqlim sharoitiga, aholining turmush tarziga, milliy urf-odatlariga va h.k.z. larga bog‘likdir.
YUqorida keltirilgn faktorlarning ko‘pchiligida gaz sarfining aniq miqdorini hisoblash qiyindir. SHuning uchun istemolchilarga sarflanayotgan gazning o‘rtacha miqdori orqali hisoblaniladi. Bu miqdor ko‘p yillik istemolchilarga gaz sarflanish miqdorining tajribasini tahlil etish asosida yig‘ilgan ma'lumotlarga tayanib olinadi.
Aholi turar joy binolarida gaz sarfining miqdorini aniqlash juda qiyindir. Gaz sarflanishini belgilovchi me'yoriy xujjatlarda keltirilganki, aholining bir qismi ovqatlanishda umumiy ovqatlanish korxonalari, bufet, restoran oshxonalar va yakka tartibdagi ovqat tayyorlovchi joylardan, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalardan foydalanadi.
SHuning uchun ham me'yoriy xujjatlarda (qurilish me'yori va qoidalari) QM va Q,2.04.08.96 da, turar joy binolari, xonadonlarda, hovlilarda, kommunal maishiy korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari va h.k.z.larda yil davomida gaz sarfining me'yoriy miqdori issiqlki birligi ko‘rinishida 4.1.1 jadvalda keltirilgan. QM va Q 2.04.08.96 da keltirilgan gaz sarfining mikdori, xonadonlarda markazlashgan issiqlik ta'minoti mavjud bo‘lganda, ovkat pishirish uchun bir yilda bir kishiga – 2800 MJ mikdorda issiqlik miqdori kerak bo‘ladi. Agarda markazlashgan issiq suv ta'minot bo‘lmaganda, gaz sarfining miqdori issiqlik birligi ko‘rinishida – 4600 MJ ni tashkil etadi va h.k.z. SHifoxonalarda, hammomlarda, non pishiruvchi korxonalarda xaqiqiy sarflanayotgan sarf miqdorini hisoblashda, bir o‘rin uchun yoki bir tonna kir yuvish, non pishirish uchun kerakli bo‘lgan gaz sarfi miqdori, shartli birlikda issiqlik birligi ko‘rinishida (MJ da) keltirilgan. Bunday turli xil ulchov birligi ko‘rinishidan foydalanish yillik gaz sarfini hisoblashda qiyinchilik to‘g‘diradi. SHuning uchun ham yillik sarflanayotgan gaz miqdorini hisoblashda har bir guruh istemolchilari uchun alohida hisoblash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 343,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin