MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Multimedia aloqa tarmoqlari fanidan
AMALIY ISH 3
Bajardi OCS002-1 guruh talabasi
Muhammadjonov Komronbek
Tekshirdi: Sherjanova Kamila Saparbayevna
TOSHKENT – 2022
3- amaliy mashg‘ulot
MULTIMEDIALI UZATISH TIZIMLARI ELEMENTLARINING IShONChLILIGI
3.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini asosiy parametrlarini o‘rganish, multimediali uzatish tizimlarini ishonchliligini, telekommunikatsiya tarmoqlarida axborotlarni uzatish va qabul qilish traktlarini ishonchliligini xisoblash.
3.6. Nazariy qism
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi
Ishonchlilik nazariyasi bilan telekommunikatsiya tizimi, murakkab dinamik tizimdan, ya’ni aniq funksional o‘zaro aloqa asosida ishlab chiqarish vazifalarini bajarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiluvchi texnik qurilmalar yoki elementlar majmuidan tashkil topgan.
Ishonchlilik nazariyasida ob’ekt asosiy tushuncha bo‘lib, loyihalash, sinov va foydalanish davrida aniq maqsadli buyum hisoblanadi. Ob’ektlarga ko‘p kanalli uzatish tizimi, ularning apparaturasi va uskunasi, qurilmalari, tugunlari, bloklari va elementlari kiradi.
Tizim – bu elementlar majmuidan iborat bo‘lgan ob’ektdir. “Tizim” va “element” tushunchalari esa nisbiy hisoblanadi. Ob’ekt, bir xil tadqiqotlarda tizim bo‘lib hisoblanadi, agar katta masshtabdagi ob’ekt o‘rganilayotgan bo‘lsa unda element sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tizim ishonchliligi deb, normativ-texnik hujjatlarda (NTX) belgilangan chegaralarda kanallar va traktlarning parametrlarini vaqt bo‘yicha saqlagan holda abonentlar o‘rtasida, belgilangan foydalanish sharoitlarida axborot uzatilishini ta’minlaydigan xususiyatiga aytiladi. Ishonchlilik, tizim va uning elementlaridan texnik foydalanishni barcha tomonlama qamrab oladi va ularning samarali ishlashini belgilaydi.
Element ishonchliligi, element uchun belgilangan barcha parametrlarni vaqt bo‘yicha saqlagan holda, axborotni uzatishda belgilangan funksiyalarni, jumladan, foydalanish va berilgan ishlash muddati davri davomida elementlarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradigan xususiyatidir.
Tizim ishonchliligi va uning elementlari kompleks xususiyat bo‘lib hisoblanadi va foydalanish sharoitlariga hamda vazifasiga ko‘ra, buzilmasdan ishlash, saqlanuvchanlik, ta’mirga yaroqlilik va ko‘pga chidamlilik bilan tavsiflanadi.
Ishonchlilik nazariyasida ko‘rib chiqiladigan barcha tizimlar qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan turlarga bo‘linadi. Qayta tiklanadigan tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlar almashtiriladi va tizim ishini davom etdiradi. Qayta tiklanmaydigan tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlarni almashtirish amalga oshmaydi.
Multimediali uzatish tizimining talab qilingan ishonchlilik ko‘rsatkichlari hisoblari
Barcha tizimlarning ishonchliligi uni tashkil etgan elementlarning ishonchliligi orqali aniqlanadi. Multimediali aloqa tarmog‘ining ishonchliligini aniqlash uchun, xar bir satxni va uning komponentlarini ishonchliligini aniqlash zarur. Tarmoqning ishonchliligi xizmat ko‘rsatish sifati (QoS-quality of service) parametrlari bo‘yicha talab etilgan ishonchlilikka teng bo‘lishi yoki kichik bo‘lishi kerak.
HMAT ≤ NTALAB. (QoS)
Turli segmentlarni birlashtiruvchi oxirgi punktda kommutator, kiritish-chiqarish multipleksor yoki turli telekommunikatsion texnologiyalar tarmoqlarini birlashtirishda tarmoqlararo o‘zgartirgich (shlyuz) vazifasini bajaruvchi maxsus uskunalar o‘rnatilishi mumkin.
Tugun punkti (node point) yoki tarmoq tuguni (node) bu ikki va undan ortiq aloka liniyalari birlashgan punkt. Tarmoq tugunida bir vaqtda yoki xar xil vaqtda turli vazifalar amalga oshiriladi, ulardan asosiysi kommutatsiya, konsentratsiya, multipleksorlash va marshrutizatsiyalashdir.
Kommutatsiya (switching) - marshrutizatsiya sxemasiga muvofiq tarmoqda axborot oqimlarini taqsimlashda tugunda birlashadigan liniyalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni. Kommutatsiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va uzoq muddatli (krossli), ya’ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash yo‘li bilan amalga oshiriladigan bo‘ladi.
Konsentratsiya (concentration) - liniyaning samarali yuklanishini ta’minlash maqsadida, quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish axborot oqimlarini birlashtirishdir.
Multipleksorlash (multiptxing) - liniyaning o‘tkazish qobiliyati resursini ma’lum qismini axborot oqimining xar biriga berish yo‘li bilan bitta liniyadan bir nechta axborot oqimlarini uzatishni ta’minlab beradi. Bu o‘rnatilgan taqsimlash uzatilayotgan axborot yo‘qligida ham saqlanib qoladi, ya’ni bu yerda konsentratsiya vazifasi mavjud emas.
Marshrutizatsiya (routing) - adres axborot va marshrutlar trassasi jadvali asosida tarmoqning ikki punkti o‘rtasida yo‘l qidirish jarayoni.
Berilgan magistral uzunligiga bog‘liq holda zona ichkarisi birlamchi tarmoqlarining hisoblari keltiriladi. Barcha ma’lumotlar quyidagi formulalar orqali kerakli parametrlarni hisoblashga olib keladi.
Liniyaviy kabel inshoatlari va apparaturalar, shuningdek odatdagi va optimal qayta tiklanish strategiyasining turib qolish koeffitsientini aniqlaymiz. Berilgan statistika bo‘yicha tashqi shikastlanishlar tufayli kabeldagi rad etishlarning o‘rtacha soni (zichligi), 1 yilda 100 km ga M1 = 0,34 ni tashkil etadi. Unda optik kabelning L uzunligi uchun 1 soatdagi rad etishlar jadalligi quyidagicha aniqlanadi:
, 1/c (4.1)
Bajarilishi
Dostları ilə paylaş: |