Yil davomida oylar buyicha sarflanayotgan gazning miqdori –
foiz hisobida.
4.2.1 –jadval
Iste'molchi-lar
|
O y l a r
|
I
|
II
|
III |
IY
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
Ja-mi
|
Turar joy binolari,xonadonlarga
|
10,3
|
9,6
|
10
|
9,3
|
8,6
|
7
|
5
|
5,2
|
7
|
8,7
|
9,4
|
9,9
|
100
|
Komunal-maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar
|
10,6
|
9,6
|
9,8
|
9,2
|
9
|
7,8
|
4,6
|
4,8
|
7,9
|
8,8
|
8,9
|
9,6
|
100
|
Oshxonalar va restoranlarga
|
9,5
|
8,6
|
9,5
|
8,6
|
8,2
|
7,7
|
6,8
|
6,8
|
7,7
|
8,5
|
8,6
|
9,5
|
100
|
Non zavodlari va non pishiruvchi korxonalar
|
10,2
|
8,7
|
9,8
|
8,7
|
7,6
|
7,2
|
6,4
|
6,6
|
7,1
|
8,5
|
8,8
|
10,4
|
100
|
Xammomlarga
|
11,5
|
10,4
|
10
|
9,2
|
6,6
|
6,1
|
5,4
|
4,9
|
6,1
|
8,2
|
9,6
|
12
|
100
|
Kir yuvish korxonalari va kiyim tozalovchi kameralarga
|
9,4
|
8,5
|
8,9
|
8,5
|
7,4
|
8
|
7,5
|
7,5
|
8,3
|
8,5
|
8,2
|
9,3
|
100
|
Bino ichki xarorati uzgarmaydi 18-200S deb qabul qilinadi.
Tashqi haroratning o‘rtacha qiymati qurilish miyori va qoidalari (QM iQ) dan qabul qilinadi.Oy da'vomida sarflanayotgan gaz foiz hisobida quyidagi formula orkali xisoblanadi.
( tu – tur,oy) ŋoy
qoy= 100;
Σ (tu- t ur,oy) ŋoy
Bu erda;tur,oy -o‘rtacha oylik xarorat;
ŋoy - oy da'vomida isitiluvchi kunlar soni;
Mavsumiy (oylar) bo‘yicha sarflanayotgan gazning notekis sarflanish qiymati Koy kuyidagi nisbatlikdan ya'ni, hisoblanayotgan oy davomidagi gaz miqdorining, yil davomidagi o‘rtacha oylik miqdorga nisbati orqali hisoblanadi.
Biroq bunday usulda hisoblanish bir oz bo‘lsada aniqroq emas, bunga sabab oylardagi kunlar soni bir xil emas, ya'ni 28 – kundan 31 kungacha o‘zgarib turadi. Aniqroq hisoblash uchun, hisoblanayotgan oy uchun o‘rtacha yil davomidagi o‘rtacha sutkalik miqdorga nisbati olinadi. Bunday holda oylardagi jami kunlar soni hisobga olinadi.
Misol uchun aholi turmushi uchun sarflanayotgan gazning oylik notekis sarflanuvchi qiymatini 4.2.1-jadvaldan foydalanib qo‘yidagicha xisoblashimiz mumkin.
10,3 365
KIoy = . = 1,21 ; yanvar oyi uchun
100
9,6 365
KIIoy = . = 1,25 ; fevral oyi uchun
28 100
9,3 365
KIVoy = . = 1,13 ; aprel oyi uchun
30 100
5,2 365
KVIIIoy = . = 0,612 ; avgust oyi uchun
31 100
YUqoridagi hisoblardan ko‘rinib turibdiki, aholi turmushi uchun xonadonlarda sarflanayotgan gazning notekis sarflanish kiymati fevral va avgust oylariga tug‘ri keladi. Bu qiymatlardan ko‘rinib turibdiki, yoz oylarida qish oylariga nisbatan gaz sarfi miqdori ikki marotabadan ortiq kamayib ketadi.
Sutka davomida soatlar bo‘yicha istemolchilarga gazning sarflanish tartibi. SHahar gaz tarmoqlari maksimal soatbay gaz o‘tkazuvchanlik quvvatga mo‘ljallanadi. Maksimal soatbay miqdorini aniqlash uchun, soatlar bo‘yicha gaz sarfining o‘zgarib turishi haqida etarlicha ishonchli ma'lumotlar bo‘lgandagina aniqlash mumkindir. Sutkalik gaz sarfining tartibini bilish, gaz tarmoqlari va gaz kurilmalaridan tug‘ri foydalanish uchun va sutkalik gaz sarfining notekis taksimlanishni ta'minlash uchun kerakli bo‘lgan yig‘ma sig‘imni hisoblash uchun ham keraklidir. SHahar gaz istemolchilarning har bir turida soatbay gaz sarflanishning notekisligi kuzatiladi. Eng katta gaz sarfining notekis taqsimlanishi, aholi turmushi, maishiy va kommunal istemolchilarda bo‘ladi. Binolarni isituvchi va havo almashtiruvchi yirik qurilmalarda gaz sarfi sutka davomida kariyib bir hilda taksimlanadi. Mayda isituvchi kurilmalarda doimiy ishlovchi isituvchi pechlarda sutka davomida gaz sarfi notekis sarflanadi. Sanoat korxonalarida gaz sarfining tartibi asosan ularning ish smenasiga bog‘likdir. Korxonalar uch smenada ishlaganda gaz sarfi deyarlik bir hilda bo‘ladi. Gazdan foydalanuvchi istemolchilarning soni oshib borgan sari gaz sarfining soatbay notekis taksimlanishi kamayib boradi. Turar joy binolarida, xonadonlarda sutkalik gaz sarfining tartibi, aholining turmush tarziga, hafta kunlariga, ish kuni dam olish, bayram oldi kunlariga va gazlashtirilgan xonadonlar soniga bog‘liqdir.
Sutkalik istemolchilarga sarflanayotgan gazning tartibi ikkita eng ko‘p chukki sarfiga ya'ni: ertalabki va kechki yuqori sarflanish bilan xarakterlanadi. Ertalabki chukki istemol soat 8-11 oraligiga, kechki istemol esa soat 18-21 oralikga tug‘ri keladi. Xafta davomidagi oddiy ish kunlarida sutkalik gazning tartibi deyarlik uxshash bo‘lib, dam olish kunlari, bayram oldi kunlar mutlok fark qiladi.
Gazning notekis taqsimlanish qiymati soatbay gaz sarflanish miqdorining, o‘rtacha sutka davomidagi soatbay miqdorga nisbati orqali aniqlanadi.
Istemolchilarga sutka davomida soatbay gaz sarfining notekis taqsimlanishi maksimal qiymati shahar yoki qo‘rgonlardagi xonadonlarda, gaz ta'minotining hajmiga va gaz jixozlarining harakteriga qarab qo‘yidagiga teng bo‘ladi, ya'ni: Kmaksoat,sut=1,62,2;
Kommunal maishiy va madaniy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar uchun esa bu qiymat Kmaksoat,sut=2,62
Sutka davomida soatlar bo‘yicha gazning eng farqli notekis taksimlanishi kuyidagicha:
Hammomlarda - Kmaksoat,sut =1,65;
Kir yuvish korxonalarida – Kmaksoat,sut=2,25;
Isituvchi pechlarda – Kmaksoat,sut=2,4;
Dostları ilə paylaş: |