5-laboratoriya mashg’uloti. Turar joy binolari elektromontaj sxemalarini va yoritish qurilmalari montajini tadqiq qilish. Ishdan maqsad. Turar joy binolari elektromontaj sxemalari bilan tanishish va yoritish qurilmalari montajini o’rganish.
Nazariy ma’lumotlar. Elektr montaj ishlarini olib borish uchun eng muhim amallardan biri bu o’tkazgichlarni tanlash hisoblanadi. O’tkazgich to’g’ri tanlash montaj sifati va ishonchliligini ta’minlab berishda muhim omil hisoblanadi. O’tkazgich tanlashdan avval montaj qilinadigan obyektni tuzilishini, holatini o’rganish talab etiladi. Agar bu jihatlarga e’tibor qaratmasak, keyinchalik montaj qilingan obyektda ayrim muammolar yuzaga chiqishi mumkin.
Turar joy binolari elektromantaj sxemasini tuzishda statsionar uskunalarning joylashishi va quvvatini, elektr jihozlaridan foydalanish sharoitlarini, rozetkalar va kalitlarning qulay joylashishini hisobga olish kerak.
Bir xonali turar – joyning o'ziga xos xususiyati shundaki, boshqa variantlarga nisbatan elektr jihozlarining minimal soni mos ravishda kamroq ulangan liniyalar hosil bo'ladi. Ammo bu oshxona yoki hammom uchun alohida guruhlarni rejalashtirishning hojati yo'q degani emas – umumiy tamoyillarni saqlab qolish yaxshiroqdir.
Ishni bajarish tartibi. Elektr tarmog'ining asosiy parametrlarini tanlanadi;
Ulanish sxemasini tanlanadi (1 yoki bir nechta guruh).
Elektr energiyani eng ko’p istemol qiladigan qurilmalar asosan kuch(силовие) qurilmalari hisoblanib, u asosan rozetkalarda bo’ladi. Kuch qurilmalari uchun o’rtacha 4 mm 2 (mis uchun 2,5 mm2) tanlasak bo’ladi.
Montaj ishlarini olib borishda belgilangan standartlar borki, ular yordamida montaj qiladigan xonamizda o’tkazgich simlarni qanday va qayerda o’tqazish nazarda tutiladi. O’tkazgich simlar shiftdan 30 sm pasda o’tqaziladi, devor qirralaridan ham 20 sm masofada o’tqazish maqsadga muvofiq. Elektr rezetkalar va viklyuchatellar poldan 85-95 sm tepada joylashtiriladi. Ular ko’pincha yonma-yon joylashtirish maqsadga muvofiq.
Uyda yoki xonadonda elektr tarmoqlarini yotqizishdan oldin, o’tkagich simlar sxemasi albatta tuziladi. Kabel liniyalarida qo'shimcha ravishda ko'plab boshqa belgilar qo'llaniladi. Ko'pgina montaj ishlari mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin, chizmalardagi rozetkalar va vklyuchatellar belgilanishini to'g'ri o'qish va belgilar nimani anglatishini bilish kerak. Bunday bilimlar o'rnatishda xatolarining oldini olishga yordam beradi va har bir qurilma sxemada belgilangan joyga o’rnatish uchun muhim sanaladi.