Termiz muhandislik texnologiya instituti qurulish fakulteti Arx 22 A guruh talabasi Xoliqov Husniddinning Bino va inshoatlar tipalogiyasi fanidan tayorlagan Slayti
Termiz muhandislik texnologiya instituti qurulish fakulteti Arx 22 A guruh talabasi Xoliqov Husniddinning Bino va inshoatlar tipalogiyasi fanidan tayorlagan Slayti
Mavzu: Sanoat binolari manzilgohlarini rejalashtirish,obodonlashtirish asoslari,Sanoat binolari turlari
1.Sanoat binolari turlari
2.Sanoat binolariga qo’yilgan talablar.
3.Sanoat binolarini rejalashtirish
4.Sanoat binosini yoritish
5.Toshkent to’qimachilik kambinati.
Sanoat binolari turlari
Sanoat binolari xalq xo‘jaligining ma’lum bir qismi, ishlab chiqarish sohalariga ko‘ra, sanoat korxonalaridan tashkil topadi. O‘z navbatida sanoat korxonalari ishlab chiqarish–texnologik jarayonlarini joylashtirish uchun, ya’ni to‘g‘ridan–to‘g‘ri biron bir mahsulot yoki yarim fabrikatlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat binolaridan iborat bo‘ladi. Sanoat binolari tarmoqlardan qat’iy nazar sanoat binolarini to‘rt guruhga, ya’ni
1.Ishlab chiqarish 2. Energetika, 3.Transport 4.Ombor xo‘jaligi binolari turlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarish binosi
Ishlab chiqarish binolari intererini loyihalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:
Asosiy texnologik maydonchalarni katta bo‘lgan zallarga yig‘ish;
Dastgohlarni maksimal zich joylashishiga erishish;
Texnologik o‘tkazuvchi quvurlarni guruhlash va ishlatishda o‘ng‘aylikni nazoratda tutib guruhlash;
Ishchilarning kechqurun hamda kunduzgi paytlarda ko‘rish sharoitini ta’minlashda tabiiy yorug‘lik bilan sun’iy yorug‘likdan unumli foydalanish;
Kishilarning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi manba hisoblanadigan yorug‘likdan unumli foydalanish;