Mavzu: og’irlik o ‘lchash vositalari, ularning ishlash prinsiplari mundarija: Kirish I bob. O`Lchash vositalari va tizimlari. O`Lchash to`G`risida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 141,64 Kb.
səhifə1/13
tarix07.01.2024
ölçüsü141,64 Kb.
#205280
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishi SHUXRAT


MAVZU: OG’IRLIK O ‘LCHASH VOSITALARI, ULARNING ISHLASH PRINSIPLARI
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………
I BOB. O`LCHASH VOSITALARI VA TIZIMLARI. O`LCHASH TO`G`RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR…………………………………

    1. O`lchash vositalari va tizimlari haqida ma`lumot. O`lchashlarning tasnifi. O`lchash usullari. ………………………………………………………

    2. O`lchash xatoliklari va o`lchov asboblari haqida umumiy ma`lumotlar……..

II BOB. OG ‘IRLIK O ‘LCHASH VOSITALARI HAQIDA…………………
2.1. O‘girlik o ‘lchash vositalari. Ularni ishlatilishi……………………………….
2.2. Hisoblash tarozilari…………………………………………………………….
Xulosa……………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………….

KIRISH


Zamonaviy metrologiyaning mohiyati, ahamiyati fan-texnikaning rivojlanishida nihoyatda beqiyos boʻlib, u bilan bogʻliq muammolarni yechishda keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Metrologiya sohasida keng koʻlamda olib borilayotgan ishlar uning fantexnikadagi va kishilik jamiyatining taraqqiyotidagi roli nihoyatda yuqori ekanligidan dalolat beradi va albatta jamiyatning taraqqiyoti oʻlchashlarning holati, imkoniyatlari va uning metrologik ta’minoti bilan belgilanadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va uning yuqori sifatliligini ta’minlash, texnologik jarayonlarni boshqarish, sifatni nazorat qilish va boshqarish jarayonlarida metrologik bilimlarning ahamiyati juda kattadir.
Hozirgi vaqtda hech bir mutaxassis ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni sifatli tavsiflaydigan aniq oʻlchashlarsiz tasavvur qilolmaydi. Muammo qanchalik murakkab boʻlsa, uning yechimida oʻlchashlarning ahamiyati shunchalik katta boʻladi.
Bugungi kunda oʻlchash natijalari foydalanilmaydigan inson faoliyati doirasi yoʻq. Ishonchli oʻlchash axboroti xalq xoʻjaligi boshqaruvining barcha darajada iqtisodiyot va tekshiruvning asosi boʻlib hisoblanadi.
Shunday qilib, har qanday xalq xoʻjaligi masalasining muvaffaqiyatli yechimi, hoh u energetikani, transportni yoki qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻlsin, bugun uni mustahkam metrologik poydevorsiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Insoniyatning koʻp yillik tajribasidan kelib chiqqan holda fizik kattaliklarning sonli qiymati bilan bogʻliq quyidagi xulosaga kelingan: bilish uchun oʻlchash kerak. Mantiq yana davom etadi: oʻlchash uchun oʻlchovni oʻrganish kerak, ya’ni kattalik qiymati birligini – birlikni oʻrganish lozim. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, fizik kattalikni sonli qiymatini aniqlash uchun malum aniqlikdagi va tavsiflari barqaror boʻlgan birlik etaloni zarur.
Ma’lumki, kattaliklarni oʻlchash amaliyotini bajarishdan oldin mutxassislar nazariy bilimlar bilan, ya’ni oʻlchashlar nazariyasiga oid bilimlar bilan tanish boʻlishlari lozim. Chunki nazariyasiz amaliyot yoʻq.

Yüklə 141,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin