l.So'roq va taajjub yuklamalari — mi, -chi, -a(ya), nahotki: sen-chi, bordingmi?, shunga-ya.
2. Kuchaytiruv, ta'kidyuklamalari — hatto, -ku, ham, -u(yu), -da, -oq, -yoq: Sen ham bor, kitob ham oldim, bordi-yu ko'rdi, kelibsan-u, ko'ribsan-da, bugunoq, ertagayoq.
3.Ayiruv, chegaralovyuklamalari — gina (kina, qina),faqat,faqatgina, xolos. Bolalardan bittasigina keldi, faqat o 'qishdi, shu xolos.
Ba'zan yolg'iz so'zni ham ayiruv-chegaralov yuklamasi vazafasada keladi (faqatga sinonim): Qizlardan yolg'izff<""")Ra'no keldi.
4.0'xshatish, qiyoslash yuklamalari — goyo, go'yoki, xuddi, naq: Nag bo 'riday, xuddi o 'ziday.
Bog`lovchilar va uning grammatik xususiyatlari haqida fikringizni bayon eting
Reja:
1. Teng bog‘lovchilar
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar
Bog‘lovchilar gapdagi uyushgan bo‘laklarini va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘laydigan yordamchi so‘zlardir. Masalan: Haqiqat va to‘g‘rilikni sevuvchi odamlar doimo vijdon amriga bo‘ysunadilar.
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) yakka bog‘lovchilar uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo‘llanadi: va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki, yoki, yoxud, yo, gar, agar, agarda, basharti, chunki, garchi, go‘yo, go‘yoki, -ki, -kim; 2) takroriy bog’lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari bilan, shuningdek, qo‘shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi: dam..., dam, ba’zan..., ba’zan, ham..., ham, bir..., bir, yoki..., yoki, yo..., yo, goh..., goh, xoh...., xoh.
Takroriy bog’lovchilar takrorlangan gap bo‘lagi yoki ayrim gaplarning oldida qo‘llanadi. Takroriy bog‘lovchilarning bir qismi yakka holda ham qo‘llanishi mumkin. Masalan, yo, yoki bog‘lovchilari ana shunday bog‘lovchilardandir: Sen bu gaplardan xabaring yo‘q, yoki bilib bilmaslikka olayapsan.
Takroriy borlovchilarning ayrimlari faqat takrorlangandagina bog‘lovchi hisoblanadi, yakka qo‘llanganda esa o‘zi mansub bo‘lgan so‘z turkumiga taalluqli bo‘ladi. Masalan:bir.....bir bog‘lovchi, bir — son, ham... ham bog‘lovchi, ham — yuklama, ba’zan.... ba’zan bog‘lovchi, ba’zan — ravish kabi.
Bog‘lovchilar grammatik jihatdan o‘zgarmaydi va lug‘aviy ma’noga ham ega emas. Ular o‘zi bog‘lagan ayrim so‘zlar va sodda gaplarni o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini, shuningdek, shu munosabatlarning xilini ko‘rsatadi. Shunday vazifasiga ko‘ra bog‘lovchilar teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |