“Xush kelibsan o`lkamga - Navro`z” bayram ssenayrisi
(Sahna ortidan samolyot qo`nishi ovozi eshitiladi. Samolyotdan rus va ingliz millati farzandlari tushib kelishadi, ularni o`zbek farzandlari kutib oladi).
O`zbek qizi : Xush kelibsiz Yurtimizga . Ishonamizki sayohatingiz davomida yurtimiz jamolini ko`rib lol qolasiz, xalqimizning mehmondo`stligiga milliy qadriyatlarimining naqadar go`zalligiga tan berasiz.
Ingliz farzandi:
O`zbek o`gli: Qani marhamat sayohatimizni vatanimizning yosh va navqiron shahri bo`lmish Navoiy shahridan boshlasak .
Rus farzandi:men Navoiy shahrini sanoatlashgan shahar deb eshitganman.
O`zbek farzandi : Xuddi shunday , ayni damda shahrimizda Bayram shukuhi .
1-o`quvchi :
Bugun shodiyona Navro`zi olam
Orziqib kutilgan navbahor to`yi .
Assalom yangi yil , Assalom bayram
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
2-o`quvchi :
Bugun Navro`z bayrami
Zo`r tantana, hamma shod .
Ona yurtda quvnaymiz
Baxtiyormiz umrbod.
1-o`quvchi :
Yayrab quvnar bolalar ,
Qaldirg`ochday chug`urlab .
Navro`z keldi yurtimga
Dalalarga shoshaylik
Keling do`stlar barchamiz
Kuy qo`shiqlar kuylaylik.
(bolalar chiqadi )Exeeee xee .
(Navro`z keldi popuri ).
Ingliz : Nima u navro`z
Rus : Ha qanaqa bayram u Navro`z?
O`zbek qizi : Navro`z yangi kun , yangilanish bayrami hisoblanadi. Navro`z bayrami bahor faslida nishonlanadi .
O`zbek o`g`li: Bahor fasli yangilanish fasli bo`lganidek Navro`z bayrami ham yangilanish yasharish bayrami hisoblanadi.
3-o`quvchi :
Yuraklarga solib hayajon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon
Yelkasida bayram libosi
Qo`llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag`ishlab chiroy
Yurtga keldi yana ko`klamoy.
Bahor :
Men bahorman , salomim cheksiz ,
Meni kutgan har insonga
Har bir zarra, quyosh va osmon
Har bir jonzot , hatto hayvonga .
Quyosh jilmayib boqsin
Har yon bo`lsin lolazor .
Menday ko`rkam faslda
Hexh kim chekmasin ozor .
Qaldirg`ochlar tizilsin
Yurtning tinch osmonida .
Har bir giyoh uyg`onsin
O`zining makonida.
O`zbek qizi :
Assalomu alaykum Ko`klamoy . Xush kelibsan yurtimizga .
O`zbek o`g`loni : Bizning shahrimizga aziz mehmonlar kelishgan , ularni yurtimiz tabiati, yurtimizdagi urf-odatlar bilan tanishtirishimizga bizga ko`maging kerak.
O`zbek qizi : Bizga hamroh bo`lasanmi?
Bahor: Albatta , bajonidil .
Voy bolalar , Boychechak chiqibdi bugun Navro`z ekan
Hamma bir biriga shirinso`z ekan
Olam ham barobar kecha – kunduz ekan ,
Boychechak chiqibdi bugun Navro`z ekan.
(boychechak qo`shig`I )
O`zbek o`gloni: Do`stlar mehmonlar biz bilan ekanligini eshitib Yosh olimlarimiz o`zlarining ilmiy markazlariga bizni taklif etishyapti.
O`zbek qizi : qani ketdik unda.
1-olim : Assalomu alaykum xush kelibsiz mehmonlar. Bugungi Navro`z bayrami hammamizga muborak bo`lsin.
O`zbek o`g`li : Olimjon bizga hamda mehmonlarimizga Navro`z bayrami haqida ma`lumot bera olasizlarmi.
1-olim : Albatta , Navro`z –yashnash , yasharish bayrami , tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir. ``Navro`z `` forscha so`z bo`lib `` yangi kun `` degan ma`noni anglatadi.
2-olim : Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil , Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin –tekin ishlarini boshlash pallasiga to`g`ri keladi.
3-olim : Buyuk mutaffakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta`riflaydi:
M uvofiq kiydilar , bo`lmish magar Navro`z ila bayram , Chaman sarvi yoshil xil`at , mening sarvi ravonim ham .
4-olim : Chaman az maqdamat jon yofta , n-az bodi Navruzist ,
Taharruk dar shajarho , jilva dar gulhoyu rayhonno!
3-olim : Vasli aro ko`rdim , teng emish bo`yi-yu sochi,
Tun –kun ekan , zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
4-olim : Zulfu ruxsor ila komimg`a meni yetkursang ,
Har tuning Qadr o`lubon , har kunung o`lsun Navro`z.
Rus : rahmat do`stlar, biz navro`z bayrami haqida ko`plab ajoyib ma`lumotlarga ega bo`ldik.
O`zbek qizi : Endi bizning tengdoshlarimiz haqida ma`lumotlarni berib o`tsak , bizning tengdoshlarimiz qanday iqtidorga ega ekanliklarini o`zlarining amliy ihlari bilan ko`rsatishmoqchi .
-------- oxirida Axmadova Jasmina gimnastika .
O`quvchi sumalak olib keladi : qani do`stlar sumalagimiz ham tayyor bo`ldi. Niyat qilib sumalagimizdan totib ko`ringchi.
Rus : A? Nima u sumalak ?
(Sahna ko`rinishi sumalak).
Navro`z kirib keladi:
Osmonni to`ldirgan Navro`zman Navro`z
Iymonni uyg`otgan navro`zman Navro`z
Borliqni uyg`otgan oddiy irodam
Insonni uyg`otgan Navro`zman, navro`z.
O`zbek qizi:
Sening iltifoting ehsoning bilan
Do`stlar diydoriga bir - bir to`yaylik,
O`zbek o`g`loni:
Adirlar qo`ynida aytib sho`x o`lan,
Shaddod bolakayday yayrab kulaylik.
Ikki millat vakillari mehmondorchilik uchun o`z minnaddorchiligini bildirishadi. Bayram bilan tabriklashadi.
Dostları ilə paylaş: |