Referati Topshirdi: Isoqova z qabul qildi: Maxmudov M


 Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam



Yüklə 199,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.12.2022
ölçüsü199,59 Kb.
#77194
növüReferat
1   2   3
referat z

2. Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam 
huquqiy bog’lanishiga aytiladi. Bunda fuqaroning shu davlatga nisbatan 
huquq va burchlari hamda uning suveren hukumatga bo’ysunishida 
ifodalanadi. 
Mazkur huquqiy aloqa insonning tug’ilganida yuzaga kelib, uning butun umri 
davomida saqlanib qoladi. Ushbu bog’liqlik insonning tug’ilgan va yashayotgan 
hudud bilan cheklanmay, davlat tashqarisida ham o’z kuchini yo’qotmaydi.
Fuqarolar huquqi va burchlarini davlat o’zi belgilab beradi. Turli mamlakatlarda 
fuqarolarning huquq va burchlari bir xil emas. Ular mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy va madaniy darajasiga bog’liq. Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi 
davr demokratik, huquqiy davlati tomon rivojlanishida katta yo’lni bosib o’tdi. U 
jamiyatning demokratik rivojlanishida qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. 
Fuqarolikning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy tomoni shudan iboratki, mamlakatda 
istiqomad qilib turgan har bir kishining muayyan, aniq sanab o’tilgan huquqlari, 
jamiyatdagi o’rni mamlakatning konstitutsiyasida, maxsus qaror yoki qonunda 
yozib qo’yilgan va ularga rioya qilish, ularni bajarish barcha fuqarolardan talab 
qilinadi. Ya’ni jamiyatda boshboshdoqlik, o’zboshimchalik, zo’ravonlik, 
qonunsizlikga o’rin qo’ymaydi. Chunki, bunday xatti-harakatlar fuqarolik haqidagi 
qonunga xilofdir. 
Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunoniston va Rimda mavjud bo’lsa-da, asosan, 
feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot 


demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga o’ta boshlaganda, hozirgi shaklida 
paydo bo’la boshladi va ilk bor “shaharli“ ( fransuzcha “situayyan”, inglizcha 
“situzen”, ruscha “gorojanin- grajdanin” va h. k ), ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid 
feudal munosabatlardan ozod degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon 
qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi “grajdanlik” so’zi o’rniga “fuqarolik” 
degan atama qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqib olgach, o’z oldiga 
asrlar davomida o’zbek xalqi orzu qilgan demokratik, adolatli, fuqarolar jamiyati va 
huquqiy davlat qurish vazifasini qo’ydi, qabul qilgan fuqarolik to’g’risidagi huquqiy 
hujjatlarda esa o’zining insonparvarlik ruhida ekanini namoyon qildi. 
Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy- huquqiy tomondan himoyalanishi 
va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi 
tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi, yangi turdagi jamiyat va shaxs 
o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqib, quyidagi ijtimoiy qoidalarga asoslanadi: 

mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlar 
tili, dinidan qat’I nazar teng huquqliligi; 
erkaklar va ayollarning tengligi; 

fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, ijtimoiy 
mavqeidan qat’I nazar qonun oldida tengligi; 

fuqarolikni qay tarzda qilganligidan qat’i nazar, ularning huquqiy 
holatining bir xil belgilanganligi; 

butun O’zbekiston hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi; 

“ikki davlat fuqarosi” bo’lish qonun bilan man etilganligi; 

fuqarolikni olish va to’xtatish tartibi huquqiy hal etilganligi; 

ota-onalarning fuqaroligi o’zgarganda bolalar fuqaroligining o’zgarishi 
tartibi aniq belgilanganligi; 



fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy aktlarni qabul qiluvshi va 
ijrosini tekshiruvchi davlat organlari tizimi birligi; 

fuqarolik masalalariga oid qarorlar yuzasidan shikoyat qilish tartibining 
aniq ravshanligi; 

fuqarolik bo’yicha xalqaro shartnomalar turlari, xarakteri qonunda aniq 
belgilanganligi. 
1948-yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari to’g’risidagi 
Umumjahon Deklaratsiyasiga binoan, har bir kishi tabiiy, ajralmas, daxlsiz huquq 
va erkinliklarga egadir. Barcha davlat idoralari inson huquqlari va erkinliklarini oily 
ijtimoiy qadriyatlari, deb bilib, ularni ta’minlashga va muhofaza qilishga 
majburdirlar. 
O’zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining 
butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi. 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasining 
fuqarosi 
ayni 
vaqtda 
O’zbekiston 
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. 
Fuqaro tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa kishilarning huquqlariga 
zid bo’lmasligi lozim. Har bir kishi Konstitutsiyada belgilangan vazifalarni bajaradi, 
jamiyatning normal rivojlanishi uchun shu vazifalar bajarilishi zarur. 
Konstitutsiyaning qoidalariga bevosita amal qiladi va barcha davlat idoralari, 
mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari, fuqarolar tomonidan ijro etilishi 
majburiydir. Konstitutsiyada mustahkamlab berilgan barcha huquqlar va erkinliklar 
sud yo’li bilan himoya qilinishi lozim. O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 
tomonidan 
1992-yil 
2-iyulda 
“O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to’g’risidagi” qonunda fuqarolik masalalari, uning huquqiy holati qonun yo’li bilan 
mustahkamlangan. 
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy- 
huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o’zaro huquq va burchlarida 
ifodalanadi. O’zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo’lishi huquqiga 
egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan mahrum 
qilinishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi o’z idoralari va mansabdor 


shaxslar orqali fuqarolar oldida mas’uldirlar, fuqaro esa davlat oldida 
mas’uldir.Quyidagilar 
O’zbekiston
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, 
siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlaridan, mashg’ulotining turi va saviyasidan qat’iy 
nazar, ushbu qonun kuchga kirgan vaqtda O’zbekiston Respublikasida doimiy 
yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lmagan hamda O’zbekiston 
Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslar; 
1.
Davlat yo’llanmasi bilan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida 
ishlayotgan, harbiy hizmatni o’tayotgan yoki o’qiyotgan shaxslar, agar ular 
O’zbekiston Respublikasining hududida tug’ilgan bo’lsalar yoki doimiy 
yashaganliklarini isbot qilgan bo’lsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari 
bo’lsalar va ushbu qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida 
O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lishi istagini bildirgan bo’lsa; 

Yüklə 199,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin