Referati Topshirdi: Isoqova z qabul qildi: Maxmudov M



Yüklə 199,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix22.12.2022
ölçüsü199,59 Kb.
#77194
növüReferat
1   2   3
referat z

2. O’zbekiston 
Respublikasi 
Qonunlariga 
muvofiq 
O’zbekiston 
Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar. 
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi 
bilan yohud fuqaroligi bo’lmagan shaxs bilan nikohdan o’tish, shuningdek, bunday 
nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligini to’xtatishiga olib kelmaydi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatinining teng 
huquqli sub’ekti va ajralmas bir qismi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya 
etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, strategik rivojlanish, jahon 
hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik kuchli huquqiy davlat va 
ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda. 
1997-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mamlakatda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini 
jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy 
davlat qurilishi jarayonlariga moslashning huquqiy asoslarini yaratdi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va 
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim 
tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. 
Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan bilim 
olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi 
bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi. 


Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va 
nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil 
rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib boriladi. 
O’zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi 
sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash 
sohasida jahon ilg’or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash 
tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanish omillaridan biridir. 
O’tgan yillarda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda 
mustahkam huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual 
salohiyati yuqori va barkamol yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashning mazmunini 
yangilashga ko’maklashdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta’lim-tarbiya 
tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor 
yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq, o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim 
sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini 
ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob 
bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko’rsatdi
9


Yüklə 199,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin