5-Amaliy ish Portlovchi materiallarni (ashyolarni) yо‘q qilish



Yüklə 17,43 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü17,43 Kb.
#186028
5 (2)


5-Amaliy ish
Portlovchi materiallarni (ashyolarni) yо‘q qilish
Portlovchi materiallarni, shu jumladan standartlar va TSH talablariga javob bermaydiganlarini ham, yо‘q qilish standartlar, TSH va PA ni yо‘q qilish uchun foydalanish bо‘yicha qо‘llanma talablariga binoan korxona (shaxta, kon, karyer va shu kabilar) rahbarining yozma farmoyishi bо‘yicha portlatish, yoqish yoki suvda eritish bilan bajariladi.
Portlovchi materiallarni soni va nomini, yо‘qotish sabablari va usullarini kо‘rsatgan holda, PAni har bir yо‘qotilishi yuzasidan dalolatnoma tuzilishi zarur. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, PA omboriga va korxona buxgalteriyasiga mо‘ljallanadi.
Portlovchi materiallar yо‘q qilinadigan joy korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan loyihaga muvofiq ravishda jihozlanishi kerak. Bunda xavfli zona aniqlanishi kerak.
Portlovchi materiallarni yо‘q qilish, PA ombori mudiri ishtiroki bilan portlatish ishlariga rahbarlik qilish huquqi ega bо‘lgan texnik nazorati shaxsining rahbarligi ostida, portlatuvchilar tomonidan bajarilishi kerak.
Portlatib yо‘q qilish sifatili PA yordamida quyidagicha bajarilishi lozim:

  • patronlashtirilgan PM lar о‘rami (pachkasi) bilan yо‘q qilinadi;

  • detonatorlar, DSH va pirotexnik rele ixtiyoriy о‘ramda yerga kо‘mish bilan yoki portlamagan buyumlarni sochilishiga yо‘l bermaydigan usullar bilan yо‘q qilinadi;

  • noelektrik detonatorlar foydalanish bо‘yicha qо‘llanmalarda kо‘rsatilgan usullar yoki detonatorlar va zarb-tо‘lqinli naychalarning tо‘liq yо‘qotilishini, hamda ishlar bajarish xavfsizligini ta’minlovchi boshqa usullar bilan yо‘q qilinadi.

Portlatishga moyil bо‘lmagan PA, yoqish bilan yо‘qotiladi. Detonatorlar va tarkibida ular bо‘lgan buyumlarni yoqish bilan yо‘qotish taqiqlanadi.
PAni yoqish bilan yо‘qotishda xavfsiz masofa hisoblash tegishli miqdordagi PMlarni portlatish kabi bajariladi.
PAni yoqish faqat foydalanish bо‘yicha qо‘llanmalarda (yо‘riqnomalarda) kо‘rsatilgan miqdorda va ob-havo quruq bо‘lganda bajariladi.
Portlovchi moddalar, OSH va DSH larni alohida-alohida yoqish zarur, bunda gulxanda bir martada kо‘pi bilan 20 kg ni yoqishga ruxsat etiladi. Poroxlarni yoqish bilan yо‘q qilishda, ularni yо‘lakcha kо‘rinishda, qatlam qalinligini 10 sm gacha bо‘lganda enini kо‘pi bilan 30 sm va yо‘lakchalar orasidagi masofani 5 m qilib tо‘kish kerak. Bir vaqtda poroxli yо‘lakchalarning kо‘pi bilan uchtasini yoqishga ruxsat etiladi.
PM patronlarini yoqishda, ularni bir qatlam qilib shunday joylashtirish kerak, toki bir-birlariga tegmasin.
PAni о‘zlarining idishlarida yoqish taqiqlanadi. PMlarni yoqishdan oldin, ularda TV yо‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Keyinchalik foydalanishga yaramaydigan quti, quticha, qog‘oz, xalta va boshqalari, shu jumladan ekssudat (modda oqishi) izlari bо‘lganlari ham, kо‘rikdan о‘tkazilib, PM va TV lardan tozalanganidan keyin, ulardan alohida yoqilishi kerak.
PA bо‘lgan gulxanni yoqish uchun, shamol esayotgan tomondan OSH qо‘yish yoki osonalangalanuvchi materialdan uzunligi kamida 5 m bо‘lgan yо‘lakchani qilish lozim. Yoqilgandan keyin portlatuvchi zudlik panagohga yoki xavfli zonadan chiqib ketishi kerak.
Yoqish faqat barcha tayyorgarlik ishlari tugallanganidan va odamlar xavfsiz joyga chiqarilganidan keyin bajarilishi mumkin.
Gulxan shunday darajada katta bо‘lishi kerak, toki PA ni yoqish paytida unga yoqilg‘i materiallarini qо‘yish zarur bо‘lmasin. PA bо‘lgan gulxan tо‘liq yonib bо‘lmaguncha yoqish joni kо‘rikdan о‘tkazish taqiqlanadi.
Suvda eritish bilan faqat ammiak selitrasi va tutunli porox asosidagi suvga beqaror PM larni yо‘q qilishga ruxsat etiladi.
Eritishlarni bochkalarda yoki shunga monand idishlarda о‘tkazishga ruxsat etiladi.
Erimagan qoldiqlar yig‘ib olinishi va yoqish bilan yо‘q qilinishi kerak.
PM larni yо‘q qilish tugatilishi bilan, tegishli amallarni bajaradigan xodimlar, shu jumladan ishlar rahbari PM ni tо‘liq yо‘q qilinganiga ishonch hosil qilishi majburiydir.
Yüklə 17,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin