4-modda O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta’minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin. 5-modda



Yüklə 9,36 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü9,36 Kb.
#202829

4-modda
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta’minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin.

5-modda.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xot, ham orkestr ham xor tomonidan yoki o’zga vokal va cholg’u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal ham vokal-cholg’u asboblari bilan ijro etilgan taqdirda to’liq ijro etiladi, cholg’u asboblarining o’zida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yo’l qo’yiladi – ashulaning boshlanish va naqorat bir martadan aytiladi


7-modda.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko’pchilik huzurida ijro etilganda, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, hozir bo’lgan kishilar madhiyani tik turib va o’ng qo’l kaftini chap tomonga qo’yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatdagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo’lini bosh kiyimiga qo’yib tinglaydi.

9-modda
O’zbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini o’tkazish vaqtida O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo’yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
Xalqaro sport musobaqalarini o’tkazish vaqtida O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro tashkilotning mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi.

10-modda.
Xorijiy davlatlar hududida O’zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari o’tkazadigan tadbirlar vaqtida O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’sha mamlakat tajribasi va mahalliy urs-odatlarini inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilab qo’ygan qoidalarga muvofiq irjo etiladi.

11-modda.
Ichki ishlar organlarida, ta’lim muassasalarida, sport musobaqalari vaqtida, shuningdek xorijiy davlatlar hududida O’zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari tegishli tadbirlar o’tkazgan vaqtda O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari ushbu Qonun talablariga asoslanib belgilanadi.

13-modda.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O’zbekistonda turgan boshqa shaxslar O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
Yüklə 9,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin