Ichki ishlar organlari to‘G‘risida



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
ICHKI ISHLAR ORGANLARI TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2016-yil 24-
avgustda ma’qullangan 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining 
(bundan buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan 
iborat. 
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari 
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni 
himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini 
ta’minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat. 
Oldingi tahrirga qarang. 
3-
modda. Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilik 
Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik 
hujjatlaridan iboratdir. 
(3-
modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-
sonli “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan 
yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarori. 
4-modda. Ichki ishlar organlari fao
liyatining asosiy yo‘nalishlari 
Ichki ishlar organlari faoliyatni o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy 
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi: 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 
jamoat tartibini saqlash va jam
oat xavfsizligini ta’minlash; 
Oldingi tahrirga qarang. 
tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat 
ishlari bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o‘tkazish; 
(4-
moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 38, 39
1
, 344-
moddalari. 
jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik 
harakatlariga chek qo‘yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo‘li 
bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon 
berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir 
etishga moyil shaxslarni aniqlash; 
Oldingi tahrirga qarang. 


ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-
huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa 
choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish; 
(4-
moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, ma’muriy jazolarni 
qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash; 
pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasidan 
chiqish va unga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun 
ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va 
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat 
qilishni amalga oshirish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o‘q-dorilarining, sanoat uchun 
mo‘ljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, 
giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning 
muomalada bo‘lishi sohasini nazorat qilish; 
(4-
moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-
maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son 
— 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi) 
Oldingi tahrirga qarang. 
(4-
moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-
dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan 
kuchga kiradi) 
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish; 
davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan obyektlarni va boshqa obyektlarni, 
jismoniy va yuridik shaxslarning mol-
mulkini qo‘riqlash; 
litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek 
litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish; 
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish; 
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy 
madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin