13 1 - modda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent
viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining
boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida,
ularning o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida
har chorakda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq
deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
(13 1 - moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27- oktabrdagi O‘RQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son) Oldingi tahrirga qarang. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari
huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikas
i holati to‘g‘risida har chorakda,
ularning o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida
har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
(13 1 - moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27- oktabrdagi O‘RQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son) Oldingi tahrirga qarang. Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat
xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar)
Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
(13 1 - modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-797- sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining
hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining,
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning,
tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning,
ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi y
uzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va
ishlarning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari
rahbarlarining hisobotlarini eshitish chog‘ida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi,
ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan
lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida tavsiyalar qabul qilinadi.
(13 1 - modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446- sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)