7-modda. Yagonalik prinsipi Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va O‘zbekiston
Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni tashkil etadi.
8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsipi Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni
hurmat qilish asosida amalga oshiradi.
Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeyidan qat’i nazar, himoya qilinishini ta’minlaydi.
Ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
cheklovchi faoliyati, agar qonuniy maqsadga erishilgan bo‘lsa yoki ushbu maqsadga
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash orqali erishib
bo‘lmasligi yoki erishilmasligi kerakligi aniqlansa, darhol to‘xtatiladi.
Qiynoqlarga solish, zo‘ravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-
qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bo‘lish ichki ishlar organi xodimiga
taqiqlanadi. Ichki ishlar or
ganining xodimi fuqaroga qasddan og‘riq, jismoniy yoki
ma’naviy azob yetkaziladigan xatti-harakatlarga chek qo‘yishi shart.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlari
fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan, uning
shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlari har
bir fuqaroga o‘zlarida mavjud bo‘lgan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish
imkoniyatini ta’minlashi shart.
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida:
o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning
talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng murojaat qilishining
sababi va maqsadini ma’lum qilishi;
fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan
taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek
fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga
tushuntirishi shart.
Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o‘z lavozimini,
unvonini, familiyasini, ismini,
otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z
vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning
vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.