Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O

11-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan 
hamkorligi 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, 
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va 
boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni almashishni, shu 
jumladan elektron shaklda almashishni, shuningdek boshqa axborotni almashishni 
amalga oshiradi. 
(11-moddaning birinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son) 
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa 
tashkilotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, 
j
amoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar va ma’muriy 
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularni fosh etishda, 
jinoyat ishlarini tergov qilishda, jinoyatchilarni qidirishda, bedarak yo‘qolganlarning turgan 
joyini aniqlashda, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasida ichki ishlar organlariga o‘z 
vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart. 
12-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot 
tizimlaridan foydalanish 
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy 
texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi. 


Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu organlarning 
vakolatlariga taalluqli elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul 
qilish va ro‘yxatga olishning, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘g‘risidagi 
xabarnomalarning elektron shakllari qo‘llanilishini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi. 
(12-moddaning ikkinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar, 
ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qo‘yishda, 
ularni fosh etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning sodir 
etilishi holatlarini, hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda, shu jumladan jamoat joylarida
shuningdek o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari 
xodimlarining harakatlarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, 
foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin. 
Ichki ishl
ar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa 
sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni 
qo‘llagan holda texnik jihatdan muhofaza qilish ta’minlanadi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin