(16-
modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga,
hodisa joyiga darhol yetib
kelishi, g‘ayriqonuniy qilmishlarga chek qo‘yishi, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni
bartaraf etishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa
holatlarini
hujjatlashtirishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanishini
ta’minlashi;
jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa xonalariga
mulkdorlarning va ular vakillarining x
ohishiga xilof tarzda yoki ular yo‘qligida ichki ishlar
organlari xodimlari kirganligining barcha hollari to‘g‘risida yigirma to‘rt soat ichida
prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi;
jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan
fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki
boshqa xil yordam ko‘rsatilishini
tashkil etishi;
o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlar faktlari bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishi,
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishi;
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish va ularni fosh etish,
shuningdek ularni tayyorlash va sodir etishga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash
hamda topish choralarini ko‘rishi;
Dostları ilə paylaş: