jazoni ijro etish muassasalarida hamda qamoqda
saqlash joylarida mahkumlar
va qamoqqa olingan shaxslarning saqlanish sharoitlarini va ularning huquqlarini
ta’minlashi;
ruhiy holati buzilgan
shaxslarni keyinchalik majburiy yo‘sinda davolash uchun,
ushlab turilganlarni, qamoqqa
olinganlarni va mahkumlarni, shuningdek ma’muriy
qamoqqa olingan shaxslarni qo‘riqlab borishni va boshqa erga ko‘chirishni amalga
oshirishi;
uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasining ijro etilishini nazorat qilishni amalga
oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari,
ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi
jinoiy jazolarni,
shuningdek jinoiy-
huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini
qonunga muvofiq ijro etishi;
(16-
moddaning
birinchi
qismi
yigirmanchi
xatboshisi
O‘zbekiston
Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ustidan ma’muriy
nazoratni sudning qarori asosida amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasini boshqarishga bo‘lgan huquqdan mahrum qilish, fuqaroviy va
xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ularning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish,
ma’muriy qamoqqa olish, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni
O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy
tarzda chiqarib yuborish, voyaga
yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish to‘g‘risidagi
sud qarorlarini ijro etishi;
Dostları ilə paylaş: