Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Hududdagi uchastkalarni, turar joylarni, inshootlarni va boshqa



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
O

19-modda. Hududdagi uchastkalarni, turar joylarni, inshootlarni va boshqa 
obyektlarni o‘rab olish (to‘sib qo‘yish) 
Ichki ishlar organlari tuman, shahar ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) 
boshlig‘ining va boshqa yuqori turuvchi rahbarlarning og‘zaki yoki yozma qaroriga ko‘ra 
hududdagi uchastkalarni o‘rab olishni (to‘sib qo‘yishni) quyidagi hollarda amalga oshirish 
huquqiga ega: 


avariyalar, tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan falokatlar hamda boshqa 
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda, epidemiyalar va epizootiyalar vaqtida 
karantin tadbirlarini o‘tkazishda; 
ommaviy tartibsizliklarga hamda transport harakatini, aloqa vositalarini va 
tashkilotlar ishini izdan chiqaruvchi boshqa harakatlarga chek qo‘yish bo‘yicha tadbirlarni 
o‘tkazishda; 
qamoqdan qochgan shaxslarni va jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan 
shaxslarni qidirishda; 
ji
noyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib etishda; 
terrorchilikka qarshi operatsiyani o‘tkazishda, portlovchi moddalar yoki portlatish 
qurilmalari yoxud zaharli yoki radioaktiv moddalar topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
tekshirishda; 
ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayramlar, xalq sayillari, mitinglar, ko‘cha 
yurishlarini o‘tkazishda. 
Agar fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash, tergov harakatlarini, 
tezkor-
qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni
hodisa joyini qo‘riqlash, shuningdek xavf tahdid solayotgan mulk obyektlarini himoya 
qilish uchun zarur bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda 
hududdagi uchastkalarni o‘rab olish (to‘sib qo‘yish) chog‘ida transport vositalari va 
piyodalar qatnovi cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin. 
Agar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavfning oldini olish uchun zarur bo‘lsa 
va ula
rni boshqacha usulda himoya qilish mumkin bo‘lmasa, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish) 
jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli turar joylarga, imoratlarga va boshqa obyektlarga 
nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Ichki ishlar organlari ushbu moddada ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirishda 
bo‘lg‘usi o‘rab olish (to‘sib qo‘yish) haqida aholini xabardor qilish, aholining normal hayot 
kechirishini ta’minlash choralarini ko‘radi, fuqarolarga yuzaga kelgan vaziyatda eng qulay 
harakatlanish yo‘nalishlarini tushuntiradi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin