Ichki ishlar organlari to‘G‘risida



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
O

(17-
moddaning birinchi qismi yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston 
Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni 
amalga oshirish
(17-modda 
birinchi 
qismining 
yigirma 
ikkinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun imtihonlar qabul qilish 
hamda guvohnomalar berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha 
faoliyatni amalga oshirayotgan ta’lim muassasalari ustidan nazorat olib borish; 
avtomototransport vositalarining hamda ularning tirkamalarining majburiy davlat 
texnik 
ko‘rigini va ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkil etish hamda o‘tkazish, yo‘l harakatini 
tartibga solish; 
yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish; 
avtomototransport vositalaridan foydalanishda atmosfera havosi ifloslanishi 
ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish; 
zarur bo‘lgan hollarda, transport vositalarini to‘xtatish hamda uni boshqarish va 
undan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni, transport vositasiga, shuningdek 
tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish, haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan 
shaxs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni tashqi ko‘zdan kechirish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda transport vositalarini va 
shaxslarni ushlashni, ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish, shaxslarni transport vositasini 
boshqarishdan chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni 
olib 
qo‘yish, shuningdek transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qo‘yish uchun olib 
borish; 
(17-modda birinchi qismining yigirma sakkizinchi xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
maxsus avtomobillarni, chet el delegatsiyalarini, avtomobil kolonnalarini, 
qimmatbaho, yirik gabaritli va xavfli yuklarni kuzatib borishni amalga oshirish; 


yo‘llar va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini 
tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
belgilangan pasport tizimi qoidalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va 
mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida 
bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda o‘tish qoidalariga chet el 
fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni 
amalga oshirish; 
pasport rejimi qoidalariga, shuningdek bajarilishi ustidan nazorat qilish ichki ishlar 
organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish amalga 
oshirilayotganda fuqarolarning turar joylariga va boshqa binolariga ularning roziligi bilan 
soat 6-00 dan soat 22-00 gacha kirish; 
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlikda gumon qilinayotgan 
shaxslarni ularning organizmida alkogol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki 
aql-
iroda faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar mavjudligini aniqlash uchun 
tekshirishni amalga oshirish; 
jamoat joylarida alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’sirida 
mastlik holatida bo‘lgan va mustaqil ravishda harakatlanish yoki adashmay yo‘l topish 
qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 
reabilitatsiya va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borish; 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin