KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI,SOHLIQNI
SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
Fan: JAMOAT SALOMATLIGI,SOHLIQNI SAQLASHNI TASHKIL
ETISH VA BOSHQARISH
MAVZU: Mexnat kobilyatini vaktincha
yukotganlikni ekspirtiza kilish. (VKK) Vrachlik
mehnat ekspertizasini tashkil etish. (VTEK)
Mexnat kobilyatini doimiy yukotganlikni
ekispertiza kilish. Nogironlik guruxlari
.
• O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (37
modda) «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va
qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir» (39 modda) «har
kim qariganda, mehnat layoqatini yuqotganda,
shuningdek boquvchisidan mahrum bo'lganda va
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda
ijtimoiy ta'minot huquqiga ega» va «voyaga
yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz
keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir» deb
belgilab qo'yilgan.
• Ijtimoiy sug'urta – bu shunday sistema bo'lib,
hamma ishchilarni vaqtincha ishga yaroqsiz
bo'lganda,keksayganda,shu bilan birgalikda
boquvchisini yo'qotganda(ishlab chiqarish
vaqtida bo'lganda) moddiy taminlanadi.
O'zR da mehnatkashlar ksaba uyushmasi
tamonidan taminlanadi.
• Ijtimoiy sug'urtaning asosiy tamoyillari
• Ijtimoiy sug'urta davlat tomonidan tashkil etilib, unga mablag'
davlat
tomonidan ajratiladi. Hozirgi kunda ijtimoiy sug'urta fondi ish haki
fondining 4,4 dan 9% i gacha bo'lagini tashkil etadi.
• Davlat ijtimony sug'urtasining barcha shakllari, so'zsiz barcha ishchi,
xizmatchi, kolxozchilarga taaluqlidir.
• Davlat ijtimoiy sug'urtani boshqarishning keng demokratik asosida
tashkil etiladi.
• Moddiy ta'minot turlarining xilma xilligi va uni keng ommani
qamrab olish.
•
• Ijtimoiy taminot – bu shunday sistema
bo'lib,keksalarni va nogironlarni(umumiy
kasallanishda,bolalikdan
nogiron)boquvchisini yo'qotganda,ko'p bolali
va beva ayollarni,maxsus
muassasalarda,protezlashda,kasbiy
taminlashda va nogironlarni mehnat bilan
taminlashda mablag' bilan taminlaydi. Bular
O'zRdagi Ijtimoiy taminot vazirligi tamonidan
taminlanadi.
• Vrachlar tomonidan kishilarni mehnatga
layoqatlilik darajasi va uning davrini aniqlash
uchun insonlarni ishga layoqatliligini tekshirish
-vrachlik mehnat ekspertizasi deyiladi.
• Mehnatga layoqatlilik deganda - inson
organizmi jismoniy va ruhiy jihatidan ishni
ma'lum hajmda va sifatda bajara olish
imkoniyati tushuniladi.
• Mehnatga layoqatsizlik ikki xil bo'ladi:
• Vaqtinchalik ayrim xastaliklar tufayli kasblari
bo'yicha mehnat vazifasini vaqtincha bajara
olmaslik. Bu o'tkinchi xarakterga ega va
vaqtinchalik mehnatga layokatsizlik deyiladi.
• Doimiy - yoki uzoq muddatli
mehnat qobiliyatini yo'qotish bo'lib,
nogironlikka olib keladi. Nogironlik tufayli
odamlar uzoq muddat davomida yoki bir umr
mehnatga layokatsiz bo'lib qolishi mumkin.
• Mehnatga yaroqsizlik varaqasi (MYaV) – bu
yuridik, moliyaviy va statistik xujjatdir.
• Mehnatga layoqatsizlik varaqalari ishlamaydigan
shaxslarga, ish haqi saqlanmagan holda mehnat
ta'tiliga chiqqanlarga, harbiy xizmatchilarga (erkin
yollanganlardan tashqari), shuningdek, ichki ishlar
vazirligining attestatsiyasidan o'tgan xodimlarga
berilmaydi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi
quyidagi ahamiyatga ega:
• a) ishdan ozod etish huquqini beradi;
• b) ijtimoiy sug'urta mablag'i shaxslarga
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan bog'liq
holatlarda nafaqa olishni ta'minlaydi.
• v) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan
bog'liq bo'lgan kasalliklarni o'rganish.
• Mehnatga layoqatsizlik varaqalari yoki ma'lumotnomalar
ma'muriy jihatdan qaysi tashkilotga bo'ysunishidan qat'iy
nazar, davlat davolash-profilaktika muassasalarining
vrachlari, hamda tibbiyot oliygohlari, vrachlar malakasini
oshirish instituti, tibbiy ilmiy tekshirish institutlari
(markazlari) vrachlari tomonidan biriktirilgan DPMda
davolash ishlarini olib borayotgan vaqtda beriladi va
uzaytiriladi. Bundan tashqari, ba'zi holatlarda mehnatga
layoqatsizlik varaqalarini yoki ma'lumotnomalarini berish
hukuqi vrach-epidemiologlar (sanitar vrachlar) va
feldsherlarga beriladi.
• Mehnatga layoqatsizlik varaqalari yoki ma'lumotnomalar ishga
layoqatsiz shaxslarning turar joyidagi yoki ishxonasidagi DPM tomonidan,
shuningdek ushbu yo'riqnomaga ko'ra boshqa DPM tomonidan beriladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi quyidagi holatlarda beriladi:
• A) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo'qotish bilan bog'liq bo'lgan
kasallanishlar (jarohatlarda);
• B) homiladorlik va tug'ish bo'yicha beriladigan ta'tilda;
• V) bemor oila a'zosini uy sharoitida parvarish qilish zarur bo'lganda;
• G)sanatoriya-kurortlarda (ambulator-kurort) davolanganda;
• D) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o'tkazilganda;
• Ye) karantinda;
• J) protez-ortopedik statsionar sharoitida protezlashda.
• Bemor ambulator-poliklinika sharoitida davolanganda
davolovchi vrach kasallik varaqasini bir vaqtning o'zida
5 kalendar kunigacha berishi mumkin. Kasallik
varaqasini 5 kalendar kunidan ortiq bo'lgan muddatga
uzaytirish, davolovchi vrach va bo'lim mudiri
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda har doim kasallik
varaqasi 10 kundan oshmagan muddatga uzaytiriladi,
agar bo'lim mudiri bo'lmasa, u holda davolovchi vrachi
VKK raisi bilan birgalikda bemor sog'ayib ketguncha
yoki TMEKga yuborilguncha kasallik varaqasini
uzaytiradi.
• Uzoq muddat kasal bo'luvchilar oxirgi 12 oy ichida
bitta kasallik bilan (sil kasalligidan tashqari)
mehnatga layoqatliligini yo'qotgan kunning 3-chi
oyidan kechikmay yoki mehnatga
layoqatsizlikning 4-chi oyidan kechikmay xulosa
berish, noxush klinik ko'rinishlar va mehnat
faoliyatini kelgusida davom ettirish mumkin
emaslik xavfi tug'ilganda, hamda nogironlik
belgilari paydo bo'lganda ular tibbiy mehnat
ekspertiza komissiyasiga (TMEK) yuboriladi.
• Spirtli ichkiliklarni ichib, mast bo'lishi oqibatida olingan
jarohatlar va kasalliklarda kasallik varaqasi berilmaydi,
bunda mehnatga layoqatsizlik holati ro'y bersa,
kuyidagi holatlarda ma'lumotnoma beriladi:
• a) spirtli ichimlikni suiste'mol qilish oqibatida
(alkogoldan o'tkir zaharlanish, alkogol psixozlar va hk.);
• b) surunkali alkogolizmda;
• v) alkogol iste'mol qilish bilan bog'liq ravishda
vujudga kelgan o'tkir
kasallik yoki surunkali kasallikning avj olishi oqibatida;
• g) mastlik holatda yuz bergan jarohatlarda.
• Homiladorlikda va tug'ruq bo'yicha kasallik
varaqasi ayollar m aslahatxonalari yoki tug'ruq
komplekslari, bo'limlari, umumiy DPM
akusher-ginekologlari tomonidan
homiladorlikning 30-haftasidan boshlab, ja'mi
126 kalendar kunga beriladi.
• Tug'ruqlar og'ir kechsa yoki ikki va undan ortiq
bola tug'ilganda, tug'ish sodir bo'lgan DPM
tomonidan kasallik varaqasi yana 14 kalendar
kuniga uzaytiriladi.
• Homiladorlikning 30-haftasigacha sodir
bo'lgan tug'ruqlarda kasallik varaqasi DPM
tomonidan 126 kalendar kuniga (agar tirik
bola tug'ilsa) beriladi, agar o'lik bola tug'ilsa
yoki bola tug'ruqdan keyingi dastlabki 168
soat (birinchi 7 kun) ichida o'lsa, kasallik
varaqasi 70 kalendar kuniga beriladi.
• Tug'ruq vaqtida yoki tug'ruqdan keyingi
davrda ona vafot etsa, kasallik varaqasi qolgan
kunlar uchun parvarish qiluvchi shaxsga
beriladi.
• Bevosita tug'ruqxonadan bola asrab olgan yoki
ularni o'z qaramog'iga olgan shaxslarga
kasallik varaqasi 56 kunga beriladi. Ikkita va
undan ortiq chaqaloqlarni asrab olganda
(qaramog'iga olganda) kasallik varaqasi yoki
ma'lumotnoma bola tug'ilgan kunidan boshlab
70 kalendar kuniga beriladi.
• Vaqtincha mexnatga yaroqsizlik qobiliyatini
tasdiqlovchi xujjatlar:
• MYaV – mexnatga yaroqsizlik varaqasi.
• Yaroqsizlik to'g'risida beriladigan
ma'lumotnoma F.095-1
• Ichkilik bilan zaxarlanish xolatida VMYa
qobiliyati to'g'risida beriladigan
ma'lumotnoma F.094.
• Boshqa ma'lumotnomalar.
• Ma'lumotnomalarni berilish tartibi
• Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan bog'liq
kasalliklarda ma'lumotnomalar vrachlar (feldsherlar)
tamonidan qo'yidagi holatlarda beriladi:
• a) vrachlar bo'lmagan salomatlik punktiga ishchi
kechqurun yoki tunggi vaktda o'tkir kasallik yoki
jarohatlanish bo'lganda murojaat etganda;
• b) mastlik yoki alkogolni bilan suiste'mol kilish
oqibatidagi kasalliklar va jarohatlanishlarda;
• v) ishchilar, xizmatchilar,kolxozchilarning davriy
profilaktik tibbiy
ko'rikdan o'tish vaqtiga;
• g) chaqirilivchilarni tekshirganda;
• d) xalq sudining qarori bo'yicha majburiy
davolanishni o'tkazganda;
• ye) talabalar, aspirantlar, doktorantlar, klinik
ordinatorlarga, maktablar,
kasbiy o'quv yurtlari, texnikumlar o'qituvchilariga;
• j) bemor bolani parvarish qilganda, agar kasallik
14 kalendar kunidan ortiq davom etganda.
• Erkin shakldagi ma'lumotnoma berish tibbiy
hujjatlarga yozish orqali asoslanadi va maxsus
jurnalda ma'lumotnomaning nomeri va uning
berilish vaqti ko'rsatilgan holda ro'yxatga olinadi.
• Turg'un mehnatga yaroqsizlik ekspertizasi
• Doimiy mehnatga yaroqsizlikning tibbiy
mehnat ekspertiza-komissiyasi (TMEK)
aniqlaydi. Bu hay'atlar 2 xil bo'ladi.
• Birlamchi tuman va tumanlararo;
• Oliy xay'at - shahar, viloyat, Respublika.
• Birlamchi hay'at 5 kishidan iborat bo'lib,
ularga terapevt, xirurg, nevrolopatolog,
ijtimoiy ta'minot organlarining vakili, kasaba
uyushma organinig vakili kiradi.
• Nogironlik - bu uzoq vaqt yoki doimiy
mehnatga yaroqsizlik qobiliyatini yo'kotishdir.
Bu vaziyat uzoq vaqt mobaynida kasal bo'lib
yoki jarohat olib, organizm faoliyatini
buzilishiga olib kelgan hollarda bo'ladi.
Nogironlikni aniqlashda ekspertiza komissiyasi
kasalanish va nogironlikni o'rniga qarab
kuyidagi turlarga bo'linadi:
• Birlamchi komissiyalar katta yoshdagi 120-130
ming aholisiga hisoblangan holda tashkil
qilinadi. Tarkibi besh kishidan iborat komissiya
a'zolari 3 ta vrach hamda ijtimoiy ta'minot va
kasaba uyushma organi vakillari kiradi,
shulardan biri komissiya raisi lavozimida
bo'ladi. Bu umumiy profildagi komissiya
turkumi.
• Ixtisoslashtirilgan komissiyada 2 ta vrach-
ekspert bo'lib, yana 1ta umumiy profildagi
vrach bo'ladi. Bulardan biri rais bo'lib
saylanadi.
• TMEKning asosiy vazifalari:
• Ish qobiliyati holatini aniklash, uzok vaqt yoki turg'un;
• Nogironlik gruppasini va ularning sabablarini aniklash;
• Nogironlarni sog'ligiga mos ravishda ish bilan ta'minlash, ularni
komissiya xulosasi binoan mos ish bilan ta'minlanganligini nazorat
qilish;
• Aholini salomatligini saqlash, mustahkamlash, nogironlikning oldini
olish tadbirlarida ishtirok etish;
• Sog'liqni saqlash organlari, korxona ma'muriyati, kasaba qo'mitasi
bilan birgalikda ish qobiliyatini yo'qotish sabablarini o'rganish
va ish qobiliyatini tiklash hamda nogironlikning oldini olish
chora tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Birlamchi TMEKning asosiy vazifalari
• Ish qobiliyati holatini, uni uzoq va turg'un yo'qotishni, nogironlik
guruhlarini, mehnatga yaroqsizlik va nogironlik sabablarini
(foizlarda), ishi bilan bog'liq bo'lgan sog'lig'iga zarar yetgan ishchilarni,
shuningdek, ularni qo'shimcha yordamga ehtiyojini aniqlash.
• Ijtimoiy - mehnat reabilitatsiya tadbirlarini belgilash.
• Oila a'zolarini boquvchisini ishlab chiqarish jarohati, kasb kasalligi tufayli
yoki frontda xalok bo'lganligi sababli ularga ijtimoiy yordam, nafaqa berish.
• Fuqarolarga vrach-mehnat ekspertizasiga hujjatlarni tayyorlashda yordam
berish.
• Komissiya ko'rsatmasiga asosan nogironlarni ish bilan to'g'ri
ta'minlanganligini tekshirish.
• Ish sharoitini o'rganishda ishchilar sog'lig'iga va ish qobiliyatiga ishlab
chiqarish jarayonining yoki omillarning salbiy ta'sirini o'rganish hamda
ularni bartaraf etish chora - tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Oliy TMEKningtuzilishi va vazifalari
• Oliy TMEK 4 vrachdan tashkil topgan bo'lib, ijtimoiy
ta'minot va kasaba uyushmasidan vakil buladi. Vrachlardan
biriga psixolog yoki sotsiolog olinib, ulardan biri komissiya
raisi etib tayinlanadi.
• Birlamchi TMEK ka tashkiliy - uslubiy yordam berish
va ularning faoliyatini nazorat qilish; Komissiya qarorlarini
ko'rib chiqadi, zarur bo'lsa o'zgartirish kiritadi.
• Birlamchi TMEK xulosalari bo'yicha aholi shikoyatlarini
ko'rib chiqadi.
• Nogironlik sabablarini o'rganish hamda ularning
oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi.
• TMEK vrachlarini va vrach - mehnat ekspertizasi tarkibidagi
vrachlarni malakasini oshirish borasidagi tadbirlarda
ishtirok etadi.
• Bemorlarni komissiyaga yuborish qoidalari va ularni
tekshiruvdan o'tkazish
• Kommisiyalarga yuborilgan kasallarni VKKning bergan
xulosasiga ko'ra qabul qiladi, chunki bu bemorlarni
nogironligini aniqlash kerak buladi. Davolovchi vrach
kasalni VTEKka yuborish uchun " «VTEKka yuborish
yullanmasi»ni to'ldiradi (forma-088-U). Bu yo'llanmada
quyidagilar ko'rsatiladi: kasallikni kechishi, olgan
davosini foydasi, laborator tahlillar va qo'shimcha
tekshirish usullari ma'lumotlari, maslahatchining
xulosasi va hk. Diagnoz to'liq ko'rsatilishi kerak,
kasallikning davom etishi, ish sharoitining asosiy
ko'rsatkichlari ham ko'rsatib o'tiladi.
• Nogironlik guruhi
• Nogironlik guruhini belgilash, uning soglig'ini, ish
qobiliyatini yo'qotish darajasiga bog'liq va 2 guruhga
bo'linadi.
• Nogironlik guruhiga VTEK qarori bilan surunkali
kasalliklari bor, anatomik kamchiliklari bor, ish
qobiliyatiga keskin ta'sir etuvchi funksional buzilishlari
bor kishilar chiqariladi. Guruhga chiqishning asosi
bo'lib, bemorning kasb faoliyatini davom ettirishga
qarshilik ko'rsatuvchi, mehnat qobiliyatini keskin
pasaytirib yuborgan kasallik hisoblanadi. Mehnat
qobiliyatini turg'un yo'qotish darajasiga ko'ra to'liq va
qisman mehnatga yaroqsizlik farqlanadi.
• Birinchi guruh nogironligi
• a) Doimiy qaramoqqa muhtoj, mehnat qilish
qobiliyatini turg'un
yo'qotganlarga beriladi.
• b) Doimiy ish qobiliyatini funksional
imkoniyatlarini . keskin
kamayganligi bilan biron bir maxsus yaratilgan,
individuallash-
tirilgan sharoitda ayrim ishlarni bajarishi mumkin
shaxslarga ham
beriladi, masalan: ko'zi ojizlar.
• Birinchi guruh nogironligini belgilash uchun asos bo'lib,
bemorning hatto o'z-o'ziga xizmat qila olmasligi,
birovning doimiy yordamiga muhtojligi xizmat qiladi
• Ikkinchi guruh nogironligi
• a) Funksional imkoniyatlari keskin chegaralangan,
lekin o'zgalar yordamiga
doim muhtoj bo'lmagan shaxslarga;
• b) Mehnat tufayli kasbga bog'liq ravishda mehnat
tufayli kasalligini
kechishi og'irlashib ketadigan, doimiy yoki turg'un
mehnatga layoqatsiz
kishilarga;
• v) Og'ir surunkali kasalliklar bilan birgalikda tayanch
harakat sistemasiga
putur yetgan yoki ko'rish qobiliyati ancha
pasaygan, maxsus yaratilgan
sharoitlarda mumkin bo'lgan shaxslarga beriladi;
• Nogironlikda olib boriladigan chora -
tadbirlar:
• Nogironlik darajasini aniqlash.
• Nogironlik sabablarini aniqlash.Nogironlikning
salomatlikka ta'sirini inobatga olgan holda
ularga loyiq ish sharoitini belgilash.
• Mehnatga layoqatsizlikni tiklash bo'yicha
chora-tadbirlar o'tkazish.
• Nogironlar ish sharoitini o'rganish, ish bilan
to'g'ri ta'minlash.
E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT !
Dostları ilə paylaş: |