Ishtirokchilik”



Yüklə 9,93 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü9,93 Kb.
#46617
imlo


XXI asrda dunyo boʻylab guruh tarkibida sodir etilgan jinoyatlar koʻpayib bormoqda. Hozirgi kunda dunyo bo'ylab huquqni muhofaza qiluvchi organlar roʻyxatga olgan jinoyatlarning 10-15 foizini ishtirokchilik asosida sodir etilgan jinoyatlar tashkil etadi.

Ishtirokchilik” soʻziga taʼrif beradigan boʻlsak, ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi jinoyatda ishtirokchilik deb topiladi.



Achinarli jihati shundaki, guruh tarkibida sodir etilgan jinoyatlar dunyo miqyosida yiliga 1 foizdan oʻsib bormoqda.

Bunga imkon berayotgan har xil sabablarni ko'rishimiz mumkin. Avvalo bu yo'nalishda dunyoda ilmiy rivojlanishning yetarli emasligi, keyingi oʻrinlarda esa jinoyat qonunchiligidagi amaliy muammolar, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashning eskirgan metodlaridan foydalanilayotganligida ko'rishimiz mumkin.

Yuqorida keltirilgan sabablarning barchasi qoʻshimcha ilmiy ish, ilmiy izlanishlar va ilmiy tadqiqotlarni talab etadi albatta.

Ishtirokchilik instituti muammolari boʻyicha koʻplab olimlar tadqiqot olib borganlar. Bulardan eng mashxurlari R.R.Galiakbarov, R.A.Zufarov, S.S.Niyazova, N.G.Ivanov, M.I.Kovalev ba boshqalarni sanab oʻtishimiz mumkin.

Ishtimoiy xavfi yuqori boʻlgan jinoyatlar koʻp hollarda bir necha shaxslar ishtirokida sodir etiladi. Bu shubhasiz uning ishtirokchisi oshgani sari uning imkoniyatlari va ijtimoiy munosabatlarga koʻproq zarar yetkazishi bilan bogʻliqdir.

Bundan tashqari, guruh tarkibida sodir etilgan jinoyatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bir qator qiyinchilik tugʻdiradi. Misol uchun guruh tarkibida sodir etilgan jinoyatlarda har bir ishtirokchining vazifasi oldindan belgilab qoʻyiladi va ishtirokchilar tomonidan yagona maqsadga intilinadi bu esa har bir ishtirokchining oʻziga belgilab berilgan vazifasini mukammal bajarilishiga sabab boʻladi. Buning natijasida puxta reja tuzgan guruh oʻzidan iz qoldirmaslikka, guvoh, kuzatuv kameralari va dalillarni yoʻq qilishga harakat qilishadi.

Lekin shuncha urunish va harakatlarga qaramasdan Oʻzbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tun-u kun fidokorona xizmati guruh tarkibida nafaqat sodir etilayotgan, balki sodir etilishi ehtimoli bo'lgan jinoyatlarni oʻz vaqtida oldini olib, ularning keyingi faoliyagiga nuqta qoʻyishmoqdalar.

Bu koʻrinishdagi jinoyatlar barcha davlatlarda mavjudligi shubhasiz albatta. Unga qarshi kurashish uchun esa butun dunyo bosh qotirmoqda. Chunki bunday jinoyatlar kecha yoki bugun paydo bo'lib qolgan emas. Insoniyat mavjudki, bu kabi jinoyatlar mavjud bo'lgan. Buning oldini olish uchun bir qator konvensiyalar qabul qilinmoqda. Ulardan biri Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2000-yil 15-noyabr kuni Nyu-Yorkda qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi" konvensiyadir. Shuni alohida takidlash kerakki, mazkur konvensiya O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2003-yil 30-avgustda "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilish to'g'risida"gi 536-II-sonli qarori bilan ushbu illatga qarshi kurashayotgan bir qator mamlakatlar qatorida O'zbekiston Respublikasi ham dastlabkilardan bo'lib ratifikatsiya qildi.

Jamiyat hayoti uchun katta tahdid bo'lgan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, korrupsiya, odam savdosi va narkotrafikka qarshi kurash kuchaytirilmoqda. Bu borada ilm-fan yutuqlari va ilg'or texnologiyalardan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda deb takidladi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o'zining Ichki ishlab organlari hodimlariga yo'llagan tabrigida.

O'zbekiston Respublikasini uyushgan jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashayotganligini biz ko'plab davlatlar bilan hamkorlik olib borishida ham ko'rishimiz mumkin. So'zimning dalili sifatida 2002-yil 17-iyun kuni Toshkent shahrida Latviya Respublikasi bilan "Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy yurgazilishiga qarshi kurashda hamkorlik to'g'risida" deb nomlangan bitimdir. Shunga o'xshash bitimlardan yana biri 2008-yil 17-mart kuni Abu Dabida O'zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirligi o'rtasida "Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik to'g'risida" gi bitim imzolangan. Ushbu bitimlar asosida xalqaro jinoyatchilik, ayniqsa uning uyushgan shakliga, terrorizm, narkotrafik, noqonuniy qurol-yarog' savdosi, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar, ekologiya sohasidagi jinoyatlar, kiber jinoyatlar va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi birgalikda kurashish uchun mo'ljallangan. Xulosa o'rnida shuni aytmoqchimanki, O'zbekiston Respublikasida uyushgan jinoyaychilikka qarshi tizimli va kompleks kurashish hamda uni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Yuqoridagi so'zimning davomi sifatida O'zbekiston Respublikasida "Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risida"gi qonun qabul qilinishi zaruriyati mavjudligidan kelib chiqib, ushbu qonunni qabul qilishni taklif qilaman.
Yüklə 9,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin